G qarshiboyeva, J. Majidov
Bir yigitga qirq hunar ham oz; Yuzga kirsang ham hunar o‘rgan
Download 1.63 Mb. Pdf ko'rish
|
4447-Текст статьи-13865-1-10-20201029
Bir yigitga qirq hunar ham oz; Yuzga kirsang ham hunar o‘rgan;
Hunar bo‘lsa qo‘lingda, non topilar yo‘lingda, Hunari yo‘q kishining, mazasi yo‘q ishining; hunarli moy oshar, hunarsiz loy oshar; Hunarni o‘rganib qo‘ysang, sendan osh-non so‘ramaydi 47 kabi maqollar, farzandni kasb -hunar egallashga turtki bo‘lgan. Xalq doim o‘z bolasini hunarli bo‘lishi uchun ustozlar oldiga olib borganlar. Hunarning qadr qimmatini juda yaxshi tushunganlar. Bolalarni tarbiyalashda maqollarning ta’sirchan xulosalaridan foydalansak, ularni yod oldirsak, ularni o‘z ong-u shuriga singdirsak, udagi ibrat namunalariga hayotda amal qilishga chorlasak, hayotda qiyinchilik mashaqqatlarni yengishga orzulari va maqsadlariga yetishish uchun qadam qo‘yishga o‘rgatgan bo‘lamiz. Chunki maqollar butun tarbiya mezonlarini o‘z ichiga qamrab olganligini kuzatishimiz mumkin. Oilada ota-ona o‘z farzandini tarbiya qilar, farzandlarning avvalo bir biriga axil inoq bo‘lib munosabatda bo‘lishini xohlashadi. Ular o‘z pand-u nasixatlarida, so‘zlarini maqollar vositasida ta’sirchanliklarini oshirishlari mumkin. Chunki xalqning boshidan kechirgan xulosalari, ibrat so‘zlari o‘z ahamiyatini oqlayotganini barchamiz ko‘rib turibmiz. Masalan, kuch birlikda deyish bilan, ahil bo‘lishni, bir biriga ko‘maklashishni, qo‘llab -quvvatlashni bildirib, barcha to‘siqlarni yengish kuch qudratning birlashuvi natijasida erishilishi ta’kidlanadi. Maqollarda insonning yaxshi fazilatlarini ulug‘lash bilan birga, undagi xasislik, ochko‘zlik, o‘g‘rilik, manmanlik, yalqovlik, bezorilik kabi hollar ayovsiz ravishda fosh etiladi. Maqollarda botirlik, saxiylik, adolat, insof, otashin sevgi, vafodorlik, do‘stlik donolik kabi insoniy xislatlar ulug‘lanadi. Maqollar xushyor bo‘lishga, do‘stni dushmandan farq qilishga, insonparvar, xushfe’l, shirin so‘z, sadoqatli bo‘lishga, ota-ona, qarindosh urug‘ va do‘stlarni qadrlashga kattalarni hurmat qilishga, kichiklarga nisbatan izzatli bo‘lishga o‘rgatadi. Download 1.63 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling