G qarshiboyeva, J. Majidov


    3. 2. Maqollarning bola tarbiyasidagi o‘rni va


Download 1.63 Mb.
Pdf ko'rish
bet12/75
Sana02.01.2022
Hajmi1.63 Mb.
#199076
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   75
Bog'liq
4447-Текст статьи-13865-1-10-20201029

 


44 
 
3. 2. Maqollarning bola tarbiyasidagi o‘rni va  
ahamiyati, uni qo‘llash imkoniyatlari 
 
Maqol  xalqning  ko‘p  asrlar  mobaynida  ijtimoiy-iqtisodiy, 
siyosiy  va  madaniy  hayotda  to‘plagan  tajribalari,  kuzatishlari  asosida 
yuzaga  kelgan  ixcham,  chuqur  mazmunga  ega  bo‘lgan,  og‘zaki  ijod 
janrlaridan  biridir.  Asrlar  davomida  og‘izdan-og‘izga  o‘tib  kelgan 
maqollar,  xalqimizning  dunyoqarashi,  jamiyatga  bo‘lgan  munosabati, 
tarixi va ruhiy holatini ifodalaydi.  
Dunyoda  o‘z  maqollariga  ega  bo‘lmagan  xalqning  o‘zi  yo‘q. 
Chunki har bir xalq hayotiy tajribalarini maqollar shaklida avlodlarga 
qoldiradi. Shuning uchun ham turli xalqlar og‘zaki ijodida mazmun va 
shakl  jihatidan  bir-biriga  yaqin,  hamda  hamohang  maqollar  ko‘p 
uchraydi.  Maqollar  chuqur  va  mukammal  mazmunga  ega  bo‘lib, 
ularda  mehnatkash  xalqning  donoligi,  milliy  an’anasi,  uzoq  asrlik 
hayotiy  tajribasi  kasb  etib  turadi.  Rus  yozuvchisi  Tolstoy  "Har  bir 
maqolda  men  shu  maqolni  yaratgan  xalq  siymosini  ko‘raman"  deb 
yozadi. 
8
 
 Maqollar  ota-bobolarimizning  uzoq  yillar  davomida  ko‘rgan 
kechirganlari,  tajribalari  asosida  yuzaga  kelgan  xulosaviy  ibratli 
so‘zlaridir.  "Maqol"  arabcha  "so‘z"  degan  ma’noni  anglatadi. 
Maqollarda  fikr  aniq,  xulosa  tugal,  ifoda  lo‘nda  bo‘lishi  kerak.  Va 
albatta  ibratli  fikr  aytilish  talab  etiladi,  bu  ibratli  fikr  hukm  shaklida 
bo‘lishi  kerak.  Xalq  maqollari  -  boyligimiz.  Ota-bobolarimizning 
bizga  qoldirgan  tarbiyaviy  ulkan  xazinalaridandir.  Maqollarni  o‘qib 
o‘rganishimiz,  nafaqat  yod  olishimiz,  ko‘nglimiz  to‘rida  saqlab 
unutmasligimiz  lozim.  Undan  unumli  foydalanishimiz,  har  bir 
gapirayotgan  gapimizni  ta’sirchanligini  oshirib,  sermazmunligini 
ta’minlaydi.  Maqollarda  ko‘pincha  so‘zlar  ko‘chma  ma’noda 
ishlatilgan  bo‘ladi.  Ularni  o‘z  ma’nosida  tushunsak  kutilgan  ma’no 
chiqmay  qoladi.  Masalan,  "O‘ylamay  qilingan  ish,  boshga  keltirar 

Download 1.63 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   75




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling