46
natijalarga erishish mumkinligini, mehnatni sevish, yalqovlikdan
qochish kerakligini anglab yetganlar.
Inson tabiatan mehnatkashdir. U mehnat tufayli o‘zining
iste’dodi, qobiliyati, layoqatini namoyon etadi. Mehnat jarayonida
insonning dunyoqarashi kengayib, bilim saviyasi oshib, u o‘zini
jismoniy va ma’naviy jihatdan shakllantirib boradi. Inson mehnati
aqliy va jismoniy mehnat tarzida amalga oshiriladi. Shaxs har
ikkalasining umumiyligi natijasida voyaga yetadi. Aqliy mehnat inson
tafakkurini rivojlantirsa, jismoniy mehnat uning barkamol sog‘lom
o‘sishi uchun zamindir. Xalq maqollarida mehnat hamma narsaning
kaliti ekanligi aytiladi. Masalan,
Daraxt yaprog‘i bilan ko‘rkam,
Do'stlaringiz bilan baham: