G qarshiboyeva, J. Majidov
5. Dostonlarda ilgari surilgan inson
Download 1.63 Mb. Pdf ko'rish
|
4447-Текст статьи-13865-1-10-20201029
3. 5. Dostonlarda ilgari surilgan inson kamoloti xususiyatlari Doston o‘zbek xalq og‘zaki ijodining keng tarqalgan janrlaridan biridir. Uning paydo bo‘lish tarixi xalqimizning boy ma’naviy qiyofasi, ijtimoiy-siyosiy kurashlari, axloqiy estetik qrashlari, adolat, ozodlik, qahramonlik va vatanparvarlik haqidagi ideallari bilan chambarchas bog‘liqdir. “Doston” so‘zi qissa, hikoya, ta’rif va maqtov ma’nolarida ishlatiladi. Adabiy termin sifatida bu atama xalq og‘zaki ijodi va yozma adabiyotidagi yirik hajmli epik asarlarni anglatadi. M. Saidovning ta’kidlashicha doston murakkab san’at asari bo‘lib, uning doston bo‘lishi uchun adabiy tekst, musiqa bo‘lishi, kuylovchi hofizlik san’atini, puxta egallagan va soz cherta olishi zarur. Dostonlar haqiqiy va ideal tarix birlashib, chatishib ketgan olamshumul voqealarni tasvirlagan, xalqimizning axloqiy, falsafiy, diniy qarashlarini, hayoti urf-odatlari va qadriyatlarini munosib tarzda ifodalagan o‘tmish yodnomalaridir. O‘zbek xalq dostonlari, juda uzoq tarixiy taraqqiyot bosqichlarini bosib o‘tgan. Uning eng qadimgi namunalari saqlanib qolmagan. O‘zbek xalq og‘zaki ijodining yuksak professional san’at turi – doston va dostonchilikning paydo bo‘lishi taraqqiyoti baxshilar nomi bilan bog‘liqdir. X. T. Zarifovning yozishicha, baxshi mo‘g‘ulcha va buryatcha “baxsha”, “bag‘sha” so‘zlaridan olingan bo‘lib, ustod, marifatchi degan ma’nolarni bildiradi 9 . O‘zbeklarda baxshi –keng ma’noda xalq dostonlarini kuylovchi, yodda saqlovchi va nasldan – naslga o‘tkazuvchi san’atkor. Xalq dostonchilarini O‘zbekistonning ayrim yerlarida baxshi so‘zidan boshqa nomlar bilan ham atashgan. Masalan Surxondaryo va Qashqadaryoning ayrim joylarida yuzboshi, Janubiy Tojikistonning ayrim joylarida sozanda, Farg‘ona vodiysida sanovchi, ayrim tumanlarda jirov, jirchi, oqin, oxun va hokazo. O‘zbek xalqi 9 O‘zbek xalq og’zaki poetik ijodi. Toshkent O‘qituvchi 1990 yil 60 dostonchilaridan Jumanbulbul, Jossoq, Bo‘ron shoir, Jolmon baxshi, Sulton kampir, Tilla kampir, Xonimjon xalfa, Bibi shoira, Suyav baxshi, Amin baxshi, Yo‘ldoshbulbul, Sultonmurod, Qurbonbek, Xidir shoir, Yo‘ldosh shoir, Suyar shoir, Sherna yuzboshi, Haybat Soqilar xalq orasida shuhrat qozongan. Ergash Jumanbulbul o‘g‘li, Fozil Yo‘ldosh o‘g‘li, Po‘lkan shoir, Islom Nazar o‘g‘li Umir shoir, Abdulla shoir, Xolyor Abdukarim o‘g‘li kabi yetuk shoirlar dostonchilik maktabiga asos soldilar. Doston janrini tematik va g‘oyaviy mazmuniga ko‘ra, quyidagi xillarga ajratish mumkin: 1. Qahramonlik dostonlari. (“Alpomish”) 2. Ishqiy romantik dostonlar. (“Ravshan va Gorog‘li turkumidagi dostonlar”) 3. Tarixiy dostonlar. (“Shayboniyxon”, “To‘lg‘onoy” kabi) 4. Kitobiy dostonlar. (“Bahrom va Gulandom”, “Oshiq G‘arib va Shohsanam” va boshqalar. O‘zbek xalq dostonlari xalqning hayoti, kurashi orzu-umidlari ifodasigina bo‘lib qolmay, avlodlarni kamolotga yetaklovchi tarbiya vositasi, tarbiya qomusi ham hisoblangan. Dostonlar milliy mafkura, milliy g‘oya va milliy qadriyatlarimizni, xalqning baxtli yashash to‘g‘risidagi ideal orzu istaklarini ifodalagani sababli har bir avlod tomonidan qiziqib, ishtiyoq bilan tinglangan va har avlodning tafakkur dunyosi bilan boyitilgan holda keyingilariga asrab avaylab o‘tkazilgan. Dostonlarda tarixiy voqelik xalq fantaziyasi asosida umumlashgan obrazlarda o‘z ifodasini topadi. Binobarin, ularda epik umumlashtirish hukmronlik qiladi. Bunday umumlashtirish xalqning ijtimoiy-adolat haqidagi ideallari va orzu-umidlari bilan yo‘g‘rilgan. Demak, dostonga epiklik, monumentallik xos bo‘lib, kopmozitsion va syujet qurilishi jihatidan murakkab voqea-hodisalarni qamrab oladi. Bunday voqea va hodisalar mazmunan, qahramonlik harakteriga ega bo‘lib, ular xalq idealidagi bahodir atorofiga birlashtiriladi. Favqulodda kuch-qudratga ega bo‘lgan bunday yakka shaxslarda butun bir xalqning orzu-umidlari, imkoniyat va intilishlari mujassamlashgan. Xalq dostonlarining tematik va janr xususiyatlari, uning o‘ziga xos uslubi va shaklini belgilaydi, ya’ni kuy va ijro bilan mahkam bog‘liq bo‘lgan yirik hajmli va keng ko‘lamli poetik bayonida ko‘tarinkilik, tantanavorlik, an’anaviylik, she’riy va prozaik qismlarning davomiy almashinib kelishi xosdir. 61 O‘zbek xalq dostonlari juda uzoq tarixiy taraqqiyot bosqichlarini bosib o‘tdi. Uning eng qadimgi namunalar saqlanib qolmagan. XX asrdagina yozib olingan dostonlargina, bu janrning ko‘p davrlar osha xalq baxshilari hofizasida og‘zaki ravishda muayyan o‘zgarishlar bilan bizgacha etib kelganligidan dalolat beradi. Shuning uchun ham ularni xalq baxshilari faoliyatidan ajratib o‘rganish mumkin emas. Dostonlarimizda ilgari surilgan milliy g‘urur, or-nomus, qat’iylik, shijoatlilik, ilm-u hunarga ishtiyoq, vafodorlik, qahramonlig- u, botirlik sifatlari inson komolotining asosiy xususiyatlaridan biri sifatida qaraladi. Jumladan, Alpomish dostonida yurtga sodiqlik, vatan tuprog‘ining muqaddasligi, aka-uka jigarbandlarning sog‘inchi-yu, do‘stlik tuyg‘usining ulug‘vorligi, har qachon va har yerda er yigit uchun halollik, poklik, or nomus kurashi hamma narsadan muhimligi ta’kidlanadi. Biz Barchin timsolida o‘zbek qizlariga xos bo‘lgan, taqdir zarbalarida yemirilmagan sharm-u hayoni, muhabbat tuyg‘usining oila sha’ni va qimmatini asrab turgan hech bir sifat bilan ta’riflab bo‘lmaydigan e’tiqod kuchini har bir tasvir obrazida ko‘rishimiz mumkin. Alpomish Hakimbek timsolida mard o‘g‘lon avvalo yurt egasi, himoyachisi bo‘lishi kerakligini, aytilgan so‘zda turib, va’daga vafo qilishlik, vatan yor-u do‘stga sodiqlik tuyg‘usi yuragida jo‘sh urib turganligini ko‘rib kitobxon ham uni o‘ziga yuqtirishini ko‘ramiz. Xalq dostonlarida, jumladan «Zaydinoy» da nasihatlar, nasihat duolar, nasihat olqishlar epik o‘rin darajasiga ko‘tarilgan va syujet rivojining asosini belgilaydi. Biz yuzlab nasihatlardan birginasini- ideal qahramon Go‘ro‘g‘liga 40 chilton bergan nasihatnigina nazarda tutayapmiz. Chunki, 40 nasihat o‘zbek xalq didaktikasining chinakam mag‘zi bo‘lib, insonning inson sifatida buyukligi, uning aqliy, jismoniy, ruhiy, axloqiy kamolotga erishuvida nimalarga rioya qilish zarurligini asoslab ko‘rsatuvchi yo‘l-yo‘riq va dasturdir. Xalq o‘z o‘gitlarini, pandlarini chiltonlar nomidan bayon qiladi. O‘zbek xalq dostonlarining boshqa hech qaysisida odob-axloq haqida qarashlar bunday yig‘ma, tushunarli, falsafiy teran va badiiy mukammal tarzda bir joyda berilmagan. Ushbu nasihatlarning har birini bir saboq tarzida sharhlashga harakat qilish mumkin. Chunki bunday sharhlash kam vaqtni oladi va undan istagan dars (adabiyot, folklor, ona tili, tarix, huquqshunoslik, odobnoma va hatto aniq fanlarda ham) da foydalanish mumkin. 62 Darsning kirish yoki xulosa qismida, zaruriyat tug‘ilganda yangi materialni o‘tishda 4-5 minut vaqtni ajratib bir to‘rtlikni yod aytish yoki o‘qib izohlash mumkin. To‘rtlikni sharhlashni o‘quvchilardan so‘rash esa, ularning faolligini, qiziqishini oshiradi. Har bir nasihatning ruboiy shaklda berilib borishi yoxud yozma adabiyot vakillari ijodidagi ayrim hikmatlar bilan aloqasini kuzatish ham yangi ilmiy xulosalar chiqarishga imkon beradi. Biz uchun ushbu risolada yoritilishi lozim bo‘lgan mavzu xalq qadriyatlari, xalq pedagogikasining qamrovi nihoyatda kengligi, unga tugal rioya etish komil inson bo‘lib etishishining asosi ekanligini ta’kidlashdadir. Garchi u birgina yosh qahramonga aytilgan shunchaki maslahatlar, pandu-nasihatlar bo‘lib tuyulsa-da, aslida avlodlarimiz tomonidan necha ming yillar davomida ishlab chiqilgan, hayotiy tajribalar, ruhiy va milliy xususiyatlarni o‘zida jamlagan, ibrat saboqlaridir. Kuntug‘mish, Ravshan dostonlariga ham e’tibor qaratadigan bo‘lsak, hayotga muhabbatning yorqin tomonini, taqdir kurashlardan iboratliligini, do‘st tanlashda adashmaslik, odamlarning aldoviga yo‘liqmaslik bir tomonda tursa, hasad, ig‘vo, manmanlik xiyonatdan qochish, burch va mas’uliyat tuyg‘ulari bilan yashash muhimligi o‘ziga xos g‘oyalar bilan ifodalanadi. Umuman dostonlarimizda xalqimiz hayotining orzu istaklari yo‘lida intilishi, inson kamolotining yuksak fazilatlari shakllanishida asosiy omil bo‘lib xizmat qilishi shak- shubhasizdir. Negaki, xalqimiz ma’naviyatining boy merosi hisoblanmish dostonlar hayot tarbiyasi bilan o‘zbek xalqining turmush tajribasiga asosolanganligi bilan, alohida ajralib turadi. Ular qon- qonimizga singib ketgan tuyg‘ular, o‘lmas meroslarimizdir. Biz kelajak taqdirimizni ularsiz tasavvur qila olmaymiz. Download 1.63 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling