G qarshiboyeva, J. Majidov


Download 1.63 Mb.
Pdf ko'rish
bet23/75
Sana02.01.2022
Hajmi1.63 Mb.
#199076
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   75
Bog'liq
4447-Текст статьи-13865-1-10-20201029

 
 


63 
 
3. 6. Xalq og‘zaki ijodi - dastlabki kitob  
mutolaasi va mushohadasidir 
 
Fan  va  texnikaning  yutuqlari  sabab  barchamizning  qo‘limizda 
eng so‘nggi rusumdagi mobil telefon, zamonaviy televizor, kompyuter 
xizmatlari, uyimizda o‘tirib butun dunyoni tomosha qilish imkoniyati 
mavjud.  Bu  biz  uchun  juda  katta  imkoniyat  bo‘lsa-da,  yoshlarning 
vertual  olam  bilan  suhbati,  bilim,  dunyoqarash  kengligini  talab 
etmoqda.  Bu  esa  o‘z  -o‘zidan  shakllanmaydi.  Uni  bolalikdan 
tarbiyalab borishimiz zarur.  
Ota-ona  esa  farzandi  uchun  vaqti  e’tiborini  ayamasligi  zarur. 
Ayni bir kattalar bilan muloqotga ehtiyoj sezayotgan, muhtoj bo‘lgan 
paytda  vertual  olam  bilan  suhbat  qurib,  o‘z  savoliga  "javob" 
izlayotgan 
yoshlarni 
kuzatishimiz 
mumkin. 
Bu 
oiladagi 
munosabatlarni  uzoqlashtirmoqda.  Bolasining  savolidan  qochib,  yoki 
tinch  o‘tirishini  xohlab  kompyuter  o‘ynatishi,  qo‘liga  mobil  telefon 
tutqazishi,  telvizorni  yoqib  bola  uchun  tushunarsiz  multfilm  tomosha 
qilishga  o‘rganib  qolish  holatlari  kuzatilmoqda.  Bolalar  tarbiyasiga 
jiddiy  e’tibor  talab  qilinayotgan  bir  davrda,  biz  o‘zimiz  uchun  oddiy 
ko‘ringan  harakatlar  jiddiy  xatolarga  sababchidir.  Chunki  bola 
tarbiyasida kichkina narsaning o‘zi bo‘lmaydi.  
Oiladagi  muhitni  yaxshilash,  tarbiya  tizimini  olib  borish, 
bolaning odam va olam munosabatlariga immunitetini oshirishda, xalq 
og‘zaki 
ijodining 
o‘rni  haqida  to‘xtalmoqchimiz.  Bolalarni 
tarbiyalashda xalq og‘zaki ijodi namunalari muhim o‘rin tutishini ota-
onalar, tariyachilar, pedagoglar tomonidan to‘g‘ri baholanishi kerak.  
Ayniqsa  ota-onalarga  farzandlarining  kitobga  mehr  qo‘yishida 
ularga bolalikdanoq, ibratli ertaklar hikoyalar va boshqa xalq og‘zaki 
ijodining  ta’sirchan  vositalaridan  foydalanib  borishi  anglatilsa, 
farzandlarda 
ma’naviy 
sifatlarni 
rivojlantirish 
imkoniyatlarini 
kengaytirgan bo‘lar edik.  
Xalq  pedagogikasi  hayotning,  tafakkurning,  odob-axloq,  ta’lim 
tarbiyaning  hamma  jabhasini,  barcha  muammolarini  qamrab  olishi 
bilan xarakterlanadi. 

Download 1.63 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   75




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling