G qarshiboyeva, J. Majidov
Download 1.63 Mb. Pdf ko'rish
|
4447-Текст статьи-13865-1-10-20201029
Tarbiya usullari. Ibrat na’muna usuli yaxshi xulq-atvor
o‘rgatish, o‘rni kelganda nasihat qilish, jiddiy tanbeh berish, unga nisbatan munosabatni o‘zgartirish, ishontirish, jamoatchilikning, mahallaning ta’siri, rag‘batlantirish kabilardan iboratdir. Har bir ota- ona tarbiyasining o‘ziga xos nazariy hamda amaliy qonun-qoidalarini o‘zlashtirib ularga amal qilish lozim. Negaki, oilada bola tarbiyasi g‘oyat nozik murakkab masala bo‘lib, ota-onadan pedagogik bilim, katta tarbiyachilik mahorati, bolalarning har birini o‘ziga xos xususiyatlari haqida tushunchalar bo‘lishini talab etadi. Ota-onaning namunasi uning oilada, jamoada, mahallada tutgan mavqeidan kelib chiqadi. Zero, u sog‘lom, jismonan tetik, ongli, axloqli, xushmuomala, kasbining jonkuyari, vatanparvar, didli bo‘lishi, mehribon ota yoki ona sifatida atrofdagilar diqqatini o‘ziga qaratishi, jamoatchilik o‘rtasida obro‘-e’tibor qozonishi shart. Kattalarga hurmat o‘zbek oilalaridagi an’anaviy tarbiya uslublaridan biridir. Oilada bolalarni to‘g‘ri tarbiyalash ota-onalarnigina emas, balki xonadondagi katta yoshli kishilarning namunasi, oila shaxsini 69 shakllantiruvchi, uning dunyoqarashiga, xulq-atvoriga, jamoa orasida o‘zini tuta bilishiga tayyorlovchi omildir. Ota va onaning bir-biriga do‘stona munosabati mehribonligi, g‘amho‘rligi o‘z navbatida oilada farzandlarining munosabatlarini normal o‘stirishga yordam beradi. Ona qiziga muloyimlik, shirinsuhanlik, qizlarga xos bo‘lgan oriyat, uyatchanlik, ibo, iffat kabi fazilatlarni shakllantirish bilan birga, unga uy-ro‘zg‘or yumushlarini mukammal o‘rgatmog‘i zarur. Yoki aksincha ma’naviy qashshoq, yengil-yelpi hayotga ko‘nikib, tubanlik botqog‘iga botib qolgan ayrim ayollarning ayanchli qismatidan misollar keltirish ham maqsadga muvofiqdir. Ota-ona nazokati degan ibora zaminida katta ma’no bor. Farzandlarga oqilona tarbiyaviy ta’sir o‘tkazishning eng muhim jihatlaridan biri ayni shu ota-onaning tarbiyachilik nazokatidir. Tarbiyachilik nazokati ota-onadan o‘g‘il-qizlar bilan to‘g‘ri munosabatda, iliq muomalada bo‘lishni, ularga hamisha g‘amho‘rlik ko‘rsatishni, ularning oldiga omilkorlik bilan talablar qo‘yishni, inson qadr-qimmatini hurmatlashga o‘rgatishni taqozo etadi. Boshqacha qilib aytganda, ota-onaning murabbiylik nazokati – oila a’zolariga tarbiyaviy ta’sir o‘tkazishning noyob tuyg‘usi, turmush tajribasida sinalgan haqiqiy mezoni, muloqotga kirishishning me’yori hisoblanadi. Binobarin, nazokat bu – farzandlar izzat nafsiga tegmasdan, o‘rtaga hech bir nizo tushirmasdan, ularni ro‘yi rost tarbiyalashdan iborat ota-onaning tarbiyachilik san’atidir. Psixolog va sotsiologlarning tekshirishlariga qaraganda, oilaviy tarbiya kamchiliklari turli-tuman ekanligi dalillab ko‘rsatilgan, ularni keltirib chiqaruvchi sabablar ochib berilgan: bolalarga kattalar tomonidan diqqat e’tiborning yetishmasligi; farzandlar bilan muloqotga kirishish istagining mavjud emasligi yoki xohishning yo‘qligi; ota-onalar bilan farzandlar o‘rtasida o‘zaro tushuntirishning yo‘qligi va unga ikki tomonlama intilishing yetishmasligi; ota-onalarning o‘g‘il va qizlarga nisbatan qo‘pol muomalada bo‘lishlari; ko‘r-ko‘rona otalik va onalik mehr-muhabbatning hukm surishi va uning barqaror ahamiyat kasb etmasligi; 70 oila davrasida, muhitida doimiy janjallarning qaror topganligi va ularni kamaytirish uchun intilishning yo‘qligi; ota-onalarning barqaror his-tuyg‘ulari, kayfiyatlari, ularning tartibsiz, tasodifiy harakterga ega bo‘lishi; ota-onalar shaxsiy qiziqishlarining o‘zaro mos tushmasligi va qarama-qarshiligi; katta-kichik yoshdagi farzandlar davrasida ota-onalarning salbiy xulq-atvorlari hamda ularning ichkilikbozliklari, giyohvandligi; ota-ona o‘rtasidagi o‘zaro tushunmovchiliklarning surunkasiga davom etishi; oila muhitida adolatsizlik, ikkiyuzlamachilik, o‘g‘rilik, tovlamachilik illatlarining namoyon bo‘lishi; oila turmushining to‘ralarcha qonun-qoidasi, shaxsiy manfaatdorlikka ruju qo‘yilganligi; ota-onalarning bilim saviyalari va madaniy darajalarining past ekanligi; oilada yaxshi an’analar, rasm-rusumlar yo‘qligi va ma’lum qolipdagi salbiy xatti-harakatlarga rioya qilishi kabi qator kamchiliklar o‘g‘il va qizlarni oqilona tarbiyalashga halal beradi, ko‘zlangan maqsad sari intilishga g‘ov bo‘ladi. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling