G qarshiboyeva, J. Majidov
Download 1.63 Mb. Pdf ko'rish
|
4447-Текст статьи-13865-1-10-20201029
Otalik psixologiyasi onalik psixologiyasiga nisbatan kam
о‘rganilgan soha. Otalar xulqini о‘rganish shuni kо‘rsatdiki, ular ham g‘amxо‘rlik va samimiylik jihatidan ayollardan kam emas, kerak bо‘lsa, ulardan ham mehribon bо‘lishlari mumkin. Dastlab ota ham, ona ham bolaga nisbatan bir xil mehribonlik timsolida namoyon bо‘lgani uchun, ular о‘rtasidagi farqni chaqaloq deyarli his etmaydi. Bir yoshga tо‘lgach, bola otasini alohida mustaqil shaxs sifatida idrok eta boshlaydi, о‘zaro munosabatlar triada shakliga о‘tadi. Otasi va onasining о‘zaro munosabatlarini kuzatib, bola tobora ayrim alohida olingan mustaqil, distansion munosabatlarning ma’nosini tushuna boradi. Godfruaning olgan natijalariga kо‘ra, bir yoshlik bola otasi bilan bо‘ladigan о‘zaro munosabatlarni qadrlaydigan, xohlaydigan bо‘lib boradi. Onaning munosabatlaridan farqli, ota bolasining jinsiga qarab о‘ziga xos munosabatni о‘rnata oladi; о‘g‘il bolaga erkaklarcha, qiz bolaga boshqacha. Shu tariqa bolaning о‘z jinsini anglashi, gender tafovutlar tо‘g‘risida tasavvurlar shakllanadi. Umuman, oilada otaning bо‘lishi bolaning ijtimoiy kо‘nikmalari shakllanishida katta ahamiyat kasb etadi. Buni bizning kuzatishlarimiz ham tasdiqlagan. Otaning mehri qiz bola uchun ham shu qadar muhimki, u ota-ona munosabatlarini hayoti mobaynida kuzatib borib, kelajakda о‘z turmush о‘trog‘iga qanday munosabatda bо‘lish lozim, degan savolga javob topadi. Ona xulqiga qarab esa, turmush о‘rtog‘i bilan baxtiyor yashash uchun ayol qanday bо‘lishi kerak, degan savolning mag‘zini chaqadi. Shuning uchun ham qiz bola uchun ham, о‘g‘il bola uchun ham oilaning butligi, ota-ona munosabatlarining iliq, samimiy, gumanistik bо‘lishi katta hayotiy ahamiyat kasb etadi. Download 1.63 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling