G qarshiboyeva, J. Majidov
Download 1.63 Mb. Pdf ko'rish
|
4447-Текст статьи-13865-1-10-20201029
Gipoproteksiyaning ham haddan ziyod shakli borki, unda bola
ota-ona nazoratidan ataylab tashlab qoldirilgani sababli, uning notо‘g‘ri yо‘llarga kirib ketayotganligiga ham kattalar befarq bо‘ladilar. A. Ye. Lichko, A. A. Vdovichenkolarning Rossiyada о‘tkazgan tadqiqotlarida yomon yо‘lga kirib ketgan, voyaga yetmagan jinoyatchilarning ota-onalarida jiddiy xatoliklar aniqlangan. Ular bolasining notо‘g‘ri xatti-harakatini oqlamoqchi ham bо‘ladi, yoki aybni boshqalarga, masalan, kо‘cha bolalariga, maktabdagi intizomsizlikka, о‘qituvchilarning befarqligiga tо‘nkamoqchi bо‘ladi, faqat о‘zlarining aybini sezmaydi yoki tan olmaydi. Oilaviy tarbiyaning yana bir shakli – ziddiyatli tarbiya. Bunda oila a’zolarining har biri bitta bolaga nisbatan turlicha tarbiya uslublarini qо‘llaydi, masalan, otasi о‘ta qattiqqо‘l, ona о‘ta mehribon, yoki ota-ona bolaning xulqini juda nazorat qilib, mas’uliyat bilan uning axloqiy tarbiyasi bilan shug‘ullalanadi, buvilari esa aksincha, uni erkalatib, izdan chiqib ketishini – “hali yosh, katta bо‘lganda о‘zi yaxshi bо‘lib ketadi”, qabilida ma’qullayveradi. Bunday beqaror 81 tarbiya uslublarini E. Eydemiller, V. Yustitskiy, N. Lengardlar о‘rganib, uning oqibatida bolada salbiy xarakter xususiyatlari, masalan, qaysarlik, obrо‘li shaxslarning tazyiqini notо‘g‘ri baholash kabilar shakllanishini isbotlaganlar. Ota-ona tarbiyadagi beqarorlikning oqibatlarini tasavvur qilsalarda, uning oldini olishni bilmaydi. Kо‘pincha bu – bolalikka xos sifatlar ekanligi fikri ularni tinchlantiradi. Aksariyat ota-onalar bolasini yо‘qotib qо‘yish yoki uning kо‘ngli qolishidan qо‘rqib ham notо‘g‘ri tarbiya yо‘llarini tutadi. Shuning uchun oilaviy tarbiya о‘ta murakkab jarayon bо‘lib, unda ota-onalar oldindan psixologik jihatdan tayyor bо‘lishlari kerak. Download 1.63 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling