G qarshiboyeva, J. Majidov
Download 1.63 Mb. Pdf ko'rish
|
4447-Текст статьи-13865-1-10-20201029
14 Jabborov I. O‘zbeklar - Т.: Sharq, 2008. -140 -b 86 XULOSA Xalq pedagogikasi hayotning, tafakkurning, odob-axloq, ta’lim- tarbiyaning hamma jabhasini, barcha muammolarini qamrab olishi bilan xarakterlanadi. Uning oldiga qo‘ygan maqsad vazifasi aniq, ravshan, ayni chog‘da xayrli, savobli va ilohiydir: hayot guli, sarvari, egasi insonni yuksak fazilatlar ruhida tarbiyalashdir. 15 Har bir xalq o‘z ma’naviy taraqqiyotida o‘zining turmush tajribalarini, o‘z qarash va g‘oyalarini ma’naviy me’ros sifatida o‘g‘zaki yoki yozma tarzda kelgusi avlodga qoldirgan. Bizning xalq og‘zaki ijodimiz vaqt sinovida toblangan, tajribalar sinovidan o‘tgan, millat dunyoqrashidan kelib chiqqan o‘lmas durdonalardir. O‘zbek xalqining har bir avlodi xalq ommasining bir necha asrlar mobaynida to‘plagan tarbiya an’analarini bolani hayotga va mehnatga tayyorlashda qo‘llab kelgan. Yani, xalq pedagogikasining imkoniyatlaridan amalda foydalangan. Bizning oldimizda esa zamonaviy o‘zbek oilasida o‘quv-tarbiya jarayonida milliy tarbiya madaniyatini qo‘llash uchun ularning imkoniyatlarini aniqlash va foydalana bilish masalasi turibdi. Bu xususida fransuz psixologi E. Dyurkgeym, ulg‘ayish - kishilarning his-tuyg‘ularni o‘zlashtirishi ekanligini, shu bois, idrok qilingan tasavvurlar bolaning ruhiy faoliyatini ifodalashini, bolaning tajriba, an’ana, urf-odatlarni taqlid orqali egallashini, biologiyada irsiyat qanchalik ahamiyatli bo‘lsa, taqlid ham jamiyatda shunday o‘rin tutishini aytib o‘tadi. 16 Shunday ekan biz ota-onalar o‘z farzandlarimizga ijobiy xulq - atvorni na’muna qilsak, xalq pedagogikasining ertak, maqol, doston, rivoyatlar va ularda ifodalangan ijobiy his tuyg‘ularni va ezgu sifatlarni singdirishga, bolada kitobga nisbatan mehr uyg‘otishga harakat qilsak, farzand tarbiyasida ko‘proq muvaffaqqiyatga erishamiz va ularni jamiyat koriga yaraydigan insonlar qilib voyaga yetkazgan bo‘lar edik. Yuqoridagilardan kelib chiqib quyidagicha xulosalarga kelishimiz mumkin: 1. Bugungi zamonaviy oila farzand tarbiyasida xalq pedagogikasining imkoniyatlarini yetarlicha baholay olmayapti yoki 15 M.Mutalipova Xalq pedagogikasi –o‘quv qo‘llanma- Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasi nashriyoti Toshkent - 2011 16 David G. Myers “Psychology ninth edition in modules”. NY, WORTH PUBLISHER-2010 . 185pages 87 qadriyatlarni anglash va ularga bo‘lgan munosabat bir qadar sustlashgan; 2. Ota-onalar o‘z farzandlariga birlamchi hayotiy saboq va tarbiya vositasi hisoblangan xalq pedagogikasining ertak, maqol, doston, rivoyatlar va boshqa na’munalarini o‘zining farzand tarbiyasi borasidagi ta’sirchan usul va vositalarini oshirishga intilib, bola bilan jonli munosabatlar o‘rnatishga e’tiborsiz bo‘lmoqda. 3. Oilalardagi kitobga bo‘lgan munosabat yoki “Oilaviy kitobxonlik” yaxshi yo‘lga qo‘yilmagan. Bu borada ota onalar faolligi oshsa maqsadga muvofiq bo‘lar edi. 4. Milliy ma’naviyatimiz asosi hisoblangan xalq og‘zaki ijodi, millat boyligi, taraqqiyotining boshlang‘ich poydevori ekanligini unutmaslik zarur. 5. Qadr- qimmat, mehr – oqibat, insoniylik va vatanparlik, vatan taqdiriga daxldorlik tuyg‘ulari avvalo xalq tarbiyaviy me’rosida aks etganligini, farzandlarni shu ruhda tarbiyalashda asosiy omil bo‘lib xizmat qilishini har bir ota –ona, pedagoglarimiz anglab yetishishi lozim. 6. Bugungi axborot oqimida mafkuriy xurujlarga qarshi kurashishda, milliy tarbiyaning o‘rni beqiyosdir. Bunda bolalikdan shakllangan ma’naviy immunitet har lahza kerak ekanligini kuzatib turibmiz. 7. Oilada farzand tarbiyasi ota – onaning ibrat- namunasi asosiga yo‘g‘rilganligini, xalqimizning bola tarbiyasidagi o‘ziga xos qarashlaridan anglab yetmoqdamiz. 8. Yosh ota-onalar uchun xalq pedagogikasi dastlabki hayot darsligi ekanligi bilan, isbot talab qilmaydigan haqiqat bo‘lib yuzaga chiqmoqda. 9. Dastlabki kitob mushohadasi va mutolaasi xalq og‘zaki ijodi na’munalari ekanligi, bola tafakkuri, tasavvuri va dunyoqarashi shakllanishida asosiy omil bo‘lib xizmat qilishini e’tiborda tutish zarur. 10. Farzand va ota-onaning o‘zaro munosabatlari va olib borayotgan tarbiya yaqinligi bevosita xalq pedagogikasi poydevoriga qurilishi bugungi kun ma’naviyatiga hamohangdir. 11. Bolalardagi tasviriy faoliyatning kurtaklari va tasavvur olamining tarkib topib borishida ayniqsa ertaklar muhim o‘rin tutadi. 88 Uslubiy qo‘llanmamizdagi ko‘rsatmadan kelib chiqib o‘zimizning bir qancha takliflarimizni bermoqchimiz: - Oilada bolalarga xalq og‘zaki ijodi orqali dastlabki hayotiy ko‘nikmalarini shakllantirsak, ularning hissiy, intelektual va tarbiyaviy olamiga kirib borgan bo‘lar edik. Zero, hissiyot hissiyotni uyg‘otadi; - Bolaning rivojlanishida taqlid yuksak o‘rin tushini anglagan holda ota-onalar xalq donishmandligidan unumli foydalansa, o‘zlari kitobxon bo‘lsa, shundagina farzandlarida kitobga ijobiy munosabat uyg‘ota oladi. Zero, kitob ma’naviyat gulshanidir; - Barcha ta’lim muassasalarida o‘quv-tarbiyaviy jarayonga xalq pedagogikasining imkoniyatlari kengroq tadbiq qilinsa, milliy mafkuramizga asos bo‘lgan milliy va umuminsoniy qadriyatlarni yanada sayqal toptirishga xizmat qilgan bo‘lar edik. - Xalqning ma’vaviy me’rosini avaylash uni kelgusi avlodga yetkazib berish shu millatning munosib davomchilari sifatidagi asosiy vazifamiz deb his etishimiz lozim Download 1.63 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling