G qarshiboyeva, J. Majidov
Download 1.63 Mb. Pdf ko'rish
|
4447-Текст статьи-13865-1-10-20201029
Gipoproteksiya – shunday holatki, unda ota-onaning bola bilan
shug‘ullanishga yo vaqti yetishmaydi, yoki bu ishni boshqalarga yuklab qо‘yadi. Ayrim ota-onalar shu tarzda hayot kechirib, farzandlarini umuman nazorat ham qilmaydi, uning taqdiriga befarq 80 bо‘ladi, g‘amxо‘rlik kо‘rsatmaydi, bolasining kelajagiga qayg‘urmaydi. Gipopreteksiyaning yashirin shaklida ota-ona bola ustidan nomiga nimalardir qilganday bо‘ladi. Lekin aslida ularni faqat о‘zlarining kundalik muammolari qiziqtiradi. Bola bu holatlarni tahlil etib, о‘zining kerak emasligini, oilada ortiqcha ekanligini anglab boradi. Tashlab qо‘yilgan bolalar yoki tashlandiq bolalar – odatda yoshligidan na moddiy, na ma’naviy ehtiyojlari qondirilmagan bolalardir. Ular masalan, qorni tо‘ymaganidan jismoniy taraqqiyotdan orqada qolsa, nazorat va e’tiborning yо‘qligidan turli jinoyat yо‘llariga kirib qoladi, yaxshi, samimiy e’tibor va mehrning yо‘qligidan jamiyatda, odamlar orasida о‘z о‘rnini topishga qiynaladigan, odamovi, savodsiz bо‘lib о‘sadi. Bularning barchasi ularning kelajakda jinoyat yо‘llariga kirib qolishiga yoki zararli odatlarga о‘rganishi (giyohvand moddalar iste’mol qilish) ga sabab bо‘ladi. “Mehr tayanchi” markazi Toshkent shahrida aynan shunday bolalar toifasini tо‘g‘ri hayotga qaytaradigan, gipoproteksiyaning qurbonlarini oilaviy muhiti sharoitini о‘rganganidan sо‘ng ota-onasini chaqirtirib kelib, ular bilan pedagogik-korreksion, psixologik uslublarda ishlaydigan muassasa hisoblanadi. Markazdagi bolalarning barchasi oiladagi notо‘g‘ri tarbiyaning qurbonlaridir. Download 1.63 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling