G qarshiboyeva, J. Majidov
Download 1.63 Mb. Pdf ko'rish
|
4447-Текст статьи-13865-1-10-20201029
Qattiqqо‘llik – bir qarashda emotsional rad etishga о‘xshaydi,
lekin undan ochiqroq va og‘irroqdir. Qattiqqо‘llik tо‘g‘ridan-tо‘g‘ri bolani yoshligidan kaltaklash, haqorat qilish, kamsitish shaklida yoki bola ehtiyojlariga tо‘la befarqlik, uning bor-yо‘qligini gо‘yoki sezmaslik kabi kо‘rinishlarda bо‘lishi mumkin. Ikkala holatda ham bola yoshligidan nima qilib bо‘lsa-da, tezroq katta bо‘lish, о‘zi amallab tirikchiligini qilish, ota-ona tazyiqidan qutulishni о‘ylab yashaydi. Bunday oilada bolani u yoki bu xulqi uchun jazolash odat tusiga kirib qoladi, bola qо‘rqqanidan ota-ona hukmiga itoat 79 etayotganligi, buning istiqbolda yomon asoratlari borligini kattalar bilmaydilar, bilsalar ham bu usul ular uchun samarali tuyuladi. Aybdorlik, aybga yarasha jazo kabi usullar bola xulq-atvorini boshqaruvchi psixologik omilga aylanadi, u ham kelajakda doimo aybdorlarni qidirishga о‘rganib boradi. A. Freyd nazariyasiga kо‘ra, ana shunday jazoga hukm etilgan bola tobora agressiv bо‘lib borib, о‘zida alamni qaysidir bir obyektdan (о‘zidan kichiklardan, begonalardan, hayvonlardan) olishga qasd qiladigan, qasoskor bо‘lib о‘sadi. Amerikalik olim S. D. Sherrits (2003) oiladagi ana shu kabi qattiqqо‘lliklarning bola va ota-ona xulq- atvoriga salbiy ta’sirini о‘rganib, ularning xarakterida rо‘y beradigan о‘zgarishlarga tо‘xtalib о‘tgan. Jismoniy jihatdan bolaga zug‘um qilib, uni kaltaklash holatlari deyarli barcha ijtimoiy qatlam vakillariga xosdir. Hayotda, ish-faoliyatida omadi kelmagan yoki baxtsiz muhabbat qurboni bо‘lgan, lekin farzand kо‘rgan ayollarning aksariyati achchig‘ini bolasidan olishga moyillik tarkib topadi, bu tobora hayotiy kо‘nikmaga aylanib boradi. Ayniqsa, stress omillar ta’sirida ota-ona (masalan, ishsizlar, uyi yо‘qlar, ish qidirib boshqa yerlarga ketib qolgan migrantlar, etnik yoki moliyaviy ziddiyatlarning qurbonlari, kambag‘allar) о‘z ijtimoiy muammolarini hal qilaolmay, tug‘ilgan bolasidan о‘ch ola boshlaydi. Turmushdagi muammolar qanchalik ota yoki ona uchun murakkab tuyulsa, ularning bolasini kaltaklashi, undan о‘ch olish ehtimoli shuncha yuqori bо‘lishini olimlar о‘rganishgan. Shunisi xarakterliki, bolasini tez-tez dо‘pposlaydigan ota-ona ayrim holatlarga unga qattiqqо‘lliklarining sababini aytib, bu kabi harakatlarni nima uchun, nima sababdan amalga oshirayotganligini tushuntirishga ham jazm qiladi, bolani ularni tushunishga, hattoki, kо‘mak berishga chaqiradi. Masalan, topganini о‘zi kо‘chada yeb, alkogolga almashtirib kelib, achchig‘ini yana boladan oladi-da, puli asli kam ekanligini, ichmasa turolmasligini bolaga tushuntiradi. Bunda bolaning yoshi unchalik ahamiyatli ham emas, 2 yoshdan о‘tgan bolaga nisbatan jazo choralari kо‘rilganligini ayrim holatlarda OAVda aks ettiriladi. Download 1.63 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling