G qarshiboyeva, J. Majidov
Download 1.63 Mb. Pdf ko'rish
|
4447-Текст статьи-13865-1-10-20201029
“Ahdning tug‘ilishi” rivoyatida aynan shunday erka-tantiq
farzand haqida so‘z yuritiladi: “Bir kishining yakka-yu-yolg‘iz farzandi bo‘lar ekan. Arzanda bo‘lgani uchunmi, u erka-taltang bo‘lib o‘sibdi. Kap-katta bo‘lsa ham bir ishning boshini ushlay demabdi, ota- onasining yelkasida og‘ir yuk bo‘lib yuraveribdi. Ota o‘g‘lini juda ko‘p hunar egalariga shogirdlikka beribdi, lekin arzanda biror kasbni egallash uchun hech yerda qo‘nim bilmabdi, ishga bo‘yin yon bermay juftakni rostlab qolar, jonining huzurini ko‘zlar ekan. Shunday bo‘lavergach, ota bolasini endi hunarga emas, savodxon-u mullo bo‘lsin deb, katta bir domlaga o‘qishga beribdi. Ilmning nozik va zahmatli talablariga arzanda o‘g‘ilning sabr va irodasi dosh berolmabdi. “Domlanikidan ham qochib uyga borsam, otam baribir meni qayergadir eltib beradi”, - deb o‘ylabdi arzanda va shahardan olisdagi xilvat yerlarga ketib qolibdi. Yo‘l yuribdi, mo‘l yuribdi. Bir o‘rmon chetiga yetib kelib, daraxt ostiga yonboshlabdi va atrofni diqqat bilan kuzata boshlabdi. Shu payt shundoqqina oyoqlari orasidagi chuqurcha ichiga tushib qolgan donni bir chumoli urinib tepaga chiqarayotganini ko‘rib qolibdi. Qizig‘i shunda ediki, chumoli jonivor donni ming mashaqqat bilan tepaga sudrar, don endi chuqur og‘ziga kelganda quyiga dumalab ketar, chumoli yana uni tishlab olib 83 yuqoriga tortar, don esa yana pastga dumalar edi. Bolaning butun fikri-zikri ana shu chumolida bo‘lib qolibdi. “Qani, oxiri nima bo‘larkin” - degan fikr bolani shu yerga mixlab qo‘yibdi. Kun peshindan o‘tibdi, hamon chumoli donni tortib, chuqur og‘ziga olib chiqaverar, bir bahya qolganda esa don yana sirpanib chuqurcha tubiga tushib ketaverarmish. Kun bota boshlabdi. Biroq chumolining don uchun kurashi hanuz davom etaveribdi. Bola ham bu savdo bir yoqlik bo‘lmaguncha shu yerdan jilmaslikka qaror qilibdi. Kun botay deganda, qarangki, mehnatkash, tirishqoq chumoli oxiri donni chuqurcha ichidan olib chiqishga muvaffaq bo‘libdi. Bola ham o‘zicha zahmatkash chumolini g‘alaba bilan tabriklagan bo‘libdi. Juda katta mehnati evaziga qo‘lga kiritgan nasibasini sudrab ketayotgan chumoliga havas bilan tikilib turgan arzandaga bu hodisa, negadir, qattiq ta’sir etibdi. "Oddiy chumoliki, bir dona yemish uchun kun bo‘yi tirishib mehnat qildi. Qanchalar qiyin bo‘lmasin, maqsadi yo‘lidagi ahdidan aslo qaytmadi. Shu chumoli oldida men kim degan odam bo‘ldim. axir!” - degan o‘y uning qalbini kemirib o‘tibdi. Chumolining harakatini ko‘rib, hamma muammo harakat bilan, g‘ayrat bilan hal etilishini bola qalban his etibdi. Arzanda ortiga qaytib, o‘z domlasi huzuriga kirib boribdi. So‘roqsiz ketib qolgani uchun ustozidan sidqidildan uzr so‘rabdi. Bola arzandalikning zararli xulq-atvorlarini o‘zidan soqit qilib, ilm chashmasiga sho‘ng‘ibdi”. Oila, oilada farzandning o‘rni haqida ham qator xalq maqollarini aytib o‘tishimiz mumkin: “Oila tinch - yurt tinch”, “Oila qo‘sh ustunli ayvon”, "Bol - shirin, boldan bola shirin", “ Bola ko‘ngli - podsho”, “ Bola o‘nga kirsa, otasi songa kirar”, “Davlatning boshi - farzand", “Bola xondan ulug‘”, “Farzand baxti - ona taxti”, “Farzand - belning quvvati”, “Farzand kamoli - ota jamoli”, “Farzand boqqan ota, jonni qoqqan ona”, “Farzand - dilband, farzand - qanot”, “Farzanding - davlating, fazilati - ziynating” va h. Shuningdek, oilada ota va onaning o‘rni haqida ham qator maqollar mavjud: “Ota - aql, ona - idrok”, “Ota - bilak, ona - yurak”, “Ona - daraxt, bola - meva”, “Onangni quyosh bilsang, otangni oy bil”, “Ota bola uchun taxt yasar, baxt yasay olmas”, “Otangga qilganingni bolangdan ko‘rarsan”, “O‘g ‘il-qiz yaxshi bo‘lsa, ota-ona xursand. O‘g‘il-qiz dono bo‘lsa, elu yurt xursand”. 84 Har bir o‘zbek oilasida qarindosh-urug‘chilik munosabatlariga katta e’tibor qaratiladi, yoshlarga qarindoshlar bilan quvonchli kunlarni baham ko‘rish, qayg‘uli kunlarda hamdard bo‘lish kabi munosabatlar bolaligidanoq singdiriladi. Buni quyidagi xalq maqollarida ko‘rishimiz mumkin: “Borsang - qarindosh, bormasang - begona”, “Do‘st safarda bilinar, og‘a-ini - kulfatda”, “Oziqli ot xorimas, qarindoshli qarimas”, “Yeb-ichganda yot yaxshi, qayg‘u kunda - qarindosh”, “Inisi borning irisi bor”, “Onangni kaftingda tutsang, singlingni boshingda tut”, “Ota - xazina, aka-uka - tayanch” va h. Ertaklarda ham ushbu masala keng yoritiladi. Masalan, “Aka - uka” ertagida hikoya qilinishicha, “Aka-uka dehqonchilik qilishadi. Kech kuzda hosil yig‘im-terimini teng ikkiga bo‘lishadi. Kechasi uka o‘yga toladi: “Akam menga qaraganda katta ro‘zg‘or, kel, o‘z ulushimdan bir ozini akamnikiga qo‘shib qo‘yay”. Shunday qilib, kechasi akasiga bildirmay, o‘z ulushidan anchasini akasinikiga qo‘shib qo‘yibdi, so‘ngra ko‘ngli tinchib, uyquga ketibdi. Bir vaqt akasining uyqusi qochib ketibdi. U o‘ylabdi: “Ukam kambag‘al, mendan boshqa yordamchisi yo‘q. Biz ko‘pchilik bo‘lsak ham, bor-yo‘qchilik unchalik bilinmaydi. Kel, ukam qiynalmasin - g‘allamdan bir ozini uning g‘allasiga qo‘shib qo‘yay”. Aka o‘z ulushining anchasini ukasinikiga qo‘shib qo‘yibdi. Shundan keyingina ko‘ngli tinchib, uyquga ketibdi”. Bu ertakning mazmunidan aka-ukaning bir-biriga bo‘lgan cheksiz mehrini his qildik va xalq pedagogikasida oilada farzandlar, aka- ukalarning bir-biriga mehribonligi, g‘amxo‘rligi, bir-birini qadrlashi eng avvalo oila tarbiyasining natijasi ekanligini isbotlovchi yuqoridagi kabi misollar juda ko‘pligiga amin bo‘ldik. Oilada bolalarni ma’naviy-axloqiy tarbiyalashda xalq pedagogikasi manbalariga kiruvchi milliy musiqa, qo‘shiqlar, raqs, tasviriy san’at turlari ham muhim ahamiyatga ega. Bola yoshligidan alla qo‘shig‘ini tinglab, o‘z ota-onasi, Vatani, xalqiga mehr-muhabbat ruhida tarbiyalanadi. Shuningdek, oilada farzandlarga yog‘och, ganch, mis o‘ymakorligi, zargarlik, zardo‘zlik, kashtado‘zlik, kulolchilik, milliy liboslarni tikish kabi xalq amaliy hunarmandchiligi turlarini o‘rgatish orqali ularda mehnatga muhabbat uyg‘ota olgan, va buning natijasi o‘laroq, oilada nafosat va mehnat tarbiyasi amalga oshirilgan. 85 Taniqli etnograf olim I. Jabborovning ta’kidlashicha, "Qadimdan o‘zbek oilalarida yoshiga, jinsiga va tabiatiga qarab bola tarbiyasiga alohida e’tibor berilgan. Masalan, o‘g‘il bolalarga yoshligidan otalar urug‘ining davomchisi, merosxo‘ri, oila or-nomusi va iftixori, himoyachisi, qizlarga nisbatan ustun turadigan erkaklik fazilatlarini ongiga singdirib, qizlarga esa bo‘lajak ona va uy bekasi vazifasini ado etuvchi shaxs sifatida tarbiya berishgan. Asta-sekin voyaga yetishi bilan o‘g‘il bola ota ta’sirida, qiz bola ona ta’sirida muayyan tartiblarga o ‘rgatila boshlangan. Odat bo‘yicha bolalar 6-7 yoshidan mehnatga o ‘rgatilib, dastavval yengil ishlarni, 10-12 yoshidan boshlab og‘ir xo‘jalik ishlarini bajara boshlaganlar. Bola tarbiyasiga ota-ona, mahalla, jamoatchilik, alohida e’tibor bergan, ayniqsa, ularning odob- ikromli bo‘lishi ko‘pchilikning diqqat markazida turgan” 14 . Demak, xalq pedagogikasida hunar yuksak baholangan. Xalq og‘zaki ijodining barcha janrlaridagi qahramonlar faqat ma’lum bir kasb egasi bo‘lib qolmay, balki aqliy, jismoniy va m a’naviy kamolotga erishgan, o‘z davrining yetuk kishilari sifatida tasvirlanishi bunga yorqin dalildir. Oilada ota-onalar o ‘z farzandlariga ma’naviy merosimiz bo‘lgan milliy urf-odatlar, an’analar, marosimlar, udumlarning o‘ziga xos xususiyatlari, ularning ijtimoiy, madaniy, tarbiyaviy ahamiyati va mohiyatini tushuntirib borishi ham barkamol shaxs tarbiyasida muhim ahamiyat kasb etadi. Yana shuni ta’kidlash joizki, milliy ong, milliy ruh aynan oilada ona tili orqali shakllanadi, bunga esa eng avvalo ota- ona mas’uldir. Yuqoridagilarni muxtasar qilib aytganda, xalq pedagogikasining barcha manbalarida oila tarbiyasi, unda ota-ona, farzandlarning o‘rni, oilada tarbiya turlari, usullari va vositalari, oila ma’naviyatiga xalqona qarashlar juda keng va atroflicha yoritilgan bo‘lib, hanuzgacha o‘z ahamiyatini yo‘qotmagan. Demak, biz bu bebaho qadriyatimiz - xalq pedagogikasi manbalaridan farzandlarimiz tarbiyasida foydalanishimiz zarurdir. Download 1.63 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling