G qarshiboyeva, J. Majidov


Download 1.63 Mb.
Pdf ko'rish
bet30/75
Sana02.01.2022
Hajmi1.63 Mb.
#199076
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   75
Bog'liq
4447-Текст статьи-13865-1-10-20201029

Onalik deprivatsiyasi. Onalik deprivatsiyasi ochiq (agar ona о‘z 
onalik  burchini  bajarmay,  boladan  ayrilgan  bо‘lsa)  va  yashirin 
(boladan  yashirin  voz  kechish,  uni  yoqtirmaslik  yoki  biror  sabab 
tufayli  bolaga  yaqin  kela  olmaslik  holatlarida)  bо‘lishi  mumkin. 
Ikkala  holatda  ham  bola  taraqqiyoti  uchun  nihoyatda  salbiy,  xavfli 
vaziyat  yuzaga  keladiki,  ayrim  hollarda  bola  hattoki,  nobud  ham 
bо‘ladi.  Masalan,  chaqaloq  tug‘ilgach,  xasta  bо‘lgani  uchun  uning 
uzoq 
vaqt 
mobaynida 
kasalxonada 
qolishi 
ham 
onalik 
deprevatsiyasiga  sabab  bо‘ladi.  Bu  orada  unda  onalik  mehri 
uyg‘onmaydi,  u  yangi  chaqaloqqa  befarq  bо‘lib  qoladi.  Buning 
oqibatlari  qanchalik  og‘ir  bо‘lishi  onaning  yoshiga  va  ayriliqning 
muddatiga  bog‘liq.  Agar  shunga  о‘xshash  holatni  boshidan  kechigan 
ona  juda  yosh  bо‘lsa,  unda  bolaning  psixik  taraqqiyotida  jiddiy 
asoratlar  qoladi,  u  о‘z  xulq-atvorini  nazorat  qila  olmaydigan,  jizzaki, 
odamovi,  jinoyatga,  hattoki,  о‘z  joniga  qasd  qilishga  ham  moyilligi 


75 
 
yuqori bо‘lib voyaga yetadi.  
Ona  bolaning  yonida  bо‘la  turib,  undan  yashirin  tarzda  voz 
kechgan  holatda  ham  bolada  nevrotik  xususiyatlar  rivojlanadi, 
ayniqsa,  bola  shaxslararo  munosabatlarda  nо‘noq,  urushqoq  bо‘lib, 
qarorlar  qabul  qilishda  qiynaladi,  ijtimoiylashuv  jarayoni  nihoyatda 
murakkab  kechadi.  Kо‘rib  turganimizdek,  onaning  bolaga  psixologik 
yaqinligi  uning  istiqbolini,  shakllanajak  ijobiy  fazilatlari,  jamiyatdagi 
о‘rni va nufo‘zini belgilovchi muhim omildir.  

Download 1.63 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   75




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling