G qarshiboyeva, J. Majidov
*** Sen bog‘imning bahori, Sen umrimning nahori. Sen qalbimning oxori, Onajoning shunqori, alla-yo, alla
Download 1.63 Mb. Pdf ko'rish
|
4447-Текст статьи-13865-1-10-20201029
***
Sen bog‘imning bahori, Sen umrimning nahori. Sen qalbimning oxori, Onajoning shunqori, alla-yo, alla. 42 *** Baxmal po‘stin kiyasan, alla-yo, alla, Zo‘r pahlavon bo‘lasan alla-yo, alla. Tezroq voyaga yetgin alla-yo alla, Mehriboning boqasan, alla-yo alla. Shirin erkam, oppog‘im alla, Jon dilim ko‘z qarog‘im alla. Oy ham botdi chirog‘im alla, Qo‘zichog‘im, alla. *** Ulg‘ay bolam gul vatanda, alla, Botir bo‘lib o‘sgin qo‘zim alla. Seni ko‘rib bu chamanda alla, Yayray quvonay, yulduzim, alla. Ko‘z tutar xalq butun o‘lka alla, Kelajagim orzuim deb alla. O‘sib burka uni gulga alla, Katta bo‘lgach shu qarzim deb, alla. Alla o‘zbek xalqining qadimiy muhim tarbiyaviy harakterga ega qo‘shiq turlaridan hisoblanadi. Ona allasidan baxra olmagan bola qalbida ota-onaga, vatanga nisbatan mehr muhabbat hissi bo‘lishi qiyin. Alla aytish onalarga xos xususiyat bo‘lib, u farzandiga nisbatan, butun mehr-muhabbatini, qalb haroratini, orzu -o‘ylarini shu qo‘shiq orqali bola qalbiga yetkazadi va shu ruhda uni tarbiyalab boradi. Alla tinglab katta bo‘lgan bolada ota-onaga nisbatan o‘zgacha muhabbat, hurmat hissi shakllanadi. Beshikda yotgan chaqaloq alla so‘zlarini tushunmasa-da, uning qalb va ruhini uyg‘otadi. Alla xalq tarbiyasining eng buyuk yutug‘idir. Onalar kuylayotgan allani nafaqat bola, balki uni eshitib qolgan katta yoshdagi kishilar holatida ham, bir zumga bor shuurini ta’momila bir kuch egallab, jon qulog‘i bilan tinglashga tushganini ko‘rishimiz mumkin. U balki bolaligini eslatar, balki uning qalb va ruhiyatini yana bir bor uyg‘otar, balki ilohiy kuchi bordir, alla insonni o‘ziga ohanrabodek tortaveradi. 43 Alla shundayki, u qaysi tilda kuylanmasin u bola uchun tushunarli, ta’sir kuchi yo‘qolmas va ijobiydir. Uni buvi va momolarimiz ta’riflaridan ham bilsak bo‘ladi. Ular allani tinglagan bola tinch uxlaydi, onasiga mehri ortadi. Onaning pahlovonim, toychog‘im, yurtim tayanchi deya alqab erkalashlari asnosida bolaga o‘g‘il bolaga xos xususiyatlar shakllana boradi. Qiz bolani allalash chog‘ida gul-u lolaga o‘xshatilib erkalashlarida ham noziklik bo‘lishi, qiz bolaga xos tuyg‘u va hislarni uyg‘otadi - deya ta’kidlaydilar. Alla eshitgan bolaning qalbida mehr hissi paydo bo‘ladi. Keng dala-yu bog‘larning ta’rifini keltirib, yurtning jamolini allalarda aks ettirilishi tabiat bilan, ona vatan bilan ilk tanishtiruv jarayonidir. Baxt va shodlikkni kuylagan ona o‘z bolasida ham shu kayfiyatni ko‘radi. Horg‘inlik hayot tashvishlaridan norozilik kayfiyati chaqaloq qarashlarida o‘zini tutishlarida sezilganday bo‘ladi. Ushbu jarayonlar bolaning chaqaloq paytlaridagi holatlar bo‘lsada uning ertangi yetuklikka erishish ostonalarida ham o‘z ta’sirini o‘tkazmasdan qolmaydi. Bolasini ertangi kunda qanday bo‘lishini, kim bo‘lishini istagan orzu qilgan ona o‘z qalbida shunga ishonch hissini tuyadi. Uni o‘z allalarida aytib o‘tadi. Avvalo tarbiya ona suti ona allasi bilan qalbimizga singgar ekan, ona allasining nechog‘lik muhim ekanligi ko‘zga tashlanmasdan qolmaydi. Aziz onalar bolangizga alla aytib berishdan charchamang. Ularning quloqlarini ochib qalb va ruhiyatini uyg‘oting. Allangizda ezgu niyat istaklaringizni bildirib orzu qilishdan charchamang. Bolangizga yaxshi tarbiyalar yetkazish alladan boshlansin. Download 1.63 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling