G qarshiboyeva, J. Majidov
Download 1.63 Mb. Pdf ko'rish
|
4447-Текст статьи-13865-1-10-20201029
17 II. BO‘LIM. FARZAND TARBIYASIDA XALQ PEDAGOGIKASINI TADBIQ ETISH MUAMMOLARI 2. 1. Oilaviy hayot va oilaviy tarbiyaning milliy xususiyatlari O‘zbekiston sharoitida oilaviy tarbiyaning o‘ziga xos tomonlari borki, buni e’tirof etmasdan iloj yo‘q. Ko‘p bolalik o‘zbek oilalariga xosdir. Xalqimizda «Bolali uy bozor, bolasiz uy mozor» deb bejiz aytishmagan. Xalqimiz o‘zidan keyin zurriyot qoldirmaslikni qoralaydi. Erkak nomiga ega bo‘lish uchun 3 qoida amalga oshishi kerak. Bu uylanish, farzandli bo‘lish va uy qura olishdir. Xalq pedagogikasida oila pedagogikasiga alohida e’tibor beriladi. Chunki tinch-totuv yashaydiganlarning oilalaridan bolalar ham shu oilada mavjud bo‘lgan axloqiy xislatlar: xushmuomalalik, odoblilik, kattalarga hurmat, kichiklarga g‘amxo‘rlik qilish, oila a’zolari o‘rtasidagi o‘zaro hurmat, ayniqsa, ayollarga nisbatan ko‘rsatiladigan g‘amxo‘rlik kabi fazilatlardan ibrat oladilar. A. Avloniyning «Turkiy guliston yoxud axloq» nomli asarida: “Tarbiyani kimlar qilur? Qayerda qilinur?” - degan savol beriladi. Bu savolga birinchi - uy tarbiyasi, bu ona vazifasidur, ikkinchi - maktab tarbiyasiya bu- ota, muallim, mudarris va hukumat vazifasidir - deya ta’kidlab o‘tadi. Ma’lumki, bola maktabga kelgunga qadar ham, maktabda o‘qish davrida ham, asosan oilada tarbiyalanadi. Azaldan o‘zbek xalqida oila muqaddas hisoblangan. U avvalo, nikoh bilan mustahkamlangan. Nikohdan tashqari oila qonuniy hisoblanmagan, balki axloqsizlik sanalgan. Umuman, xalq pedagogikasida oila tarbiyasiga juda yuqori baho beradi. Masalan: Qush uyasida ko‘rganini qilar, Erka tutsa onasi, Taltayadi bolasi. To‘g‘ri tutsa onasi, Yurtga ega bolasi. «Qazisan, qartasan, asli naslingga tortasan» va hokazo… Sharq allomalari ham oila tarbiyasining ahamiyatini alohida ta’kidlashadi. Masalan: Ibn Sino: «Bola tug‘ilganda ota –ona avvalo unga yaxshi nom qo‘yishi, so‘ngra esa uni yaxshilab tarbiya qilishi 18 kerak» - deb ta’kidlaydi. Agar oilada tarbiyaning yaxshi usullaridan to‘g‘ri foydalanilsa oila baxtli bo‘ladi. Xotin kishi bilimli bo‘lishi, dinga ishonishi, uyatchan, sharm – hayoli, tabiatan jasur, o‘z erini qattiq sevishi, kamtar va fazilatli bo‘lishi, u hech vaqt o‘z shaniga dog‘ tushurmasligi, eri bilan ehtiyotkor bo‘lib, uning hurmatini joyiga qo‘yib muomala qilishi shart. O‘z vazifasini va burchini yaxshi bilishi, xotin oila xo‘jaligidagi narsalardan to‘g‘ri, tejab foydalana bilishi, u o‘zining harakteri va yaxshi tomonlari bilan eridagi kamchiliklarni yo‘qotishi kerak. Alisher Navoiyning ta’lim - tarbiya haqida, oila tarbiyasi hakidagi fikri ibratlidir: «Har bir oila farzand qurmog‘i va uni tarbiyalab voyaga yetkazmog‘i kerak. Farzand ota-onaning o‘rinbosari. Farzand ko‘rmoq, uni tarbiyalab o‘stirmoq har bir ota va har bir onaning burchidir. Inson uchun kelajak avlodni yaratishdan, uni tarbiyalab, kelajak uchun foydali kishi qilib yetishtirishdan ko‘ra xayrli va lazzatli narsa yo‘qdir». Sharqning buyuk allomalaridan biri Sa’diy Sheroziy bolani tarbiyalash vazifasini ularning ota-onalariga, ayniqsa otaga yuklaydi, ota-onalarga har bir farzandning xulq- atvorini xisobga olgan holda bolalarni qobiliyatli qilib o‘stirishni, axloqiy tarbiyani yoshligidan boshlashni tavsiya etadi. U mehnat tarbiyasiga katta e’tibor beradi va har bir yosh avlod oiladagi axvolidan qat’iy nazar, hunar o‘rganishi kerakligini aytadi. Sa’diy oilada ayollarning mavqei haqida to‘xtalib, ayollar hayotda erlari uchun do‘stdurlar. Ayollar nafaqat tashqi ko‘rinishdan, balki ma’naviy jihatdan ham go‘zal, rostgo‘y, itoatkor o‘z eriga sodiq, shirinso‘z, bo‘lishi va oilaning baxti, mustahkamligi uchun kurashmog‘i lozim deydi. Onalarni insonga hayot baxsh etgan ulug‘ zot sifatida ulug‘laydi. Oila bolaning baxti, kelajagi uchun zamin yaratishini ta’kidlab o‘tadi. Qadimiy muqaddas kitobimiz «Avesto»da esa qarindoshlarning o‘zaro oila qurishi man qilingan. Qavm va urug‘ qonini toza, avlodni benuqson saqlash uchun shunday qilingan. Ko‘p bolali oilalarga davlat hisobidan nafaqa tayinlash lozimligi qayd etilgan. Unda bir yo‘la 2-3 ta tuqqan ayollar mukofot olishga sazovor deb uqtiriladi. Islom dinining muqaddas kitobi Qur’oni karimda eng avvalo, ollohning o‘zigagina ibodat qilishga, so‘ngra bevosita ota-onani rozi qilish buyuriladi. Ota-ona bilan muloqotda bo‘ladigan farzand besh narsani bilishi kerak. 19 1. Ota-onalari qattiq gapirib yuborganda ham ularga malol kelib «uff» demaslik. 2. Ota-onanini xafa qiladigan so‘z so‘zlamaslik. 3. Ota-onaga doim ehtirom bilan yaxshi so‘zlarni so‘zlash. 4. Ota-onaga doimo rahm-shavqatli bo‘lishi, o‘zini kamtar tutishi. 5. Ollohdan ota-onalarga rahmat tilab duo qilishlari. Ota-onalar bolani dunyoga keltirishga sabab bo‘lganlari uchun emas, balki uni odobli, hayoli, axloqli qilib voyaga etkazganliklari uchun olqishga sazovordirlar. Payg‘ambarimiz «Kishi o‘z bolasiga odobdan ko‘ra afzalroq narsa ato etolmaydi»- deydilar. Yusuf Xos Hojibning uqtirishicha har bir kishi jamiyatga munosib bo‘lib kamol topmog‘i kerak. Tug‘ilgan kundan boshlab zarur tarbiyani olmog‘i lozim. Yusuf Xos Hojib o‘gil va qizning tarbiyasi haqida fikr yuritar ekan, o‘g‘il-u qizga bilim ham odob o‘rgatish zarurligini, ikki olam uniki, manfaati yetarli bo‘lishligi, ularning o‘zlariga xos xususiyatlariga e’tibor berish kerak ekanligini ta’kidlaydi. Bunda, turkiy xalqlarning an’anaviy tarbiyasiga, oila muhitidagi tarbiyaga alohida e’tibor qaratilgan. Uning ta’kidlashicha, bola tug‘ilgandan boshlab, oila muhitida yashaydi. Shu oilaga xos bo‘lgan an’analar, qadriyatlar, urf-odatlar bolaning ma’naviy dunyosiga singadi. Oila jamiyatning bir bo‘lagidir. Demak, bola oilaviy hayot maktabi orqali jamiyat talablarini anglaydi, his qiladi. Farzandlar tarbiyasi nihoyatda erta boshlanmog‘i shart. Shundagina ularning noo‘rin xatti-harakatlarga berilishining oldi olinadi. Ota farzandlari tarbiyasiga e’tiborsizlik bilan qarasa, ularning yurish-turishlari, axloq- odobini kuzatib bormasa, oqibati fojiali bo‘lishi mumkin. Yusuf Xos Hojib ota-onalarni bola tarbiyasiga e’tibor berishga da’vat etar ekan, jamiyat farzandlar xulq - atvoriga qarab ota-onalarga baho berishini aytadi, ularni ogohlantiradi: Kimning o‘gil qizi erka bo‘lsa, unga shu kishining o‘zi munglig‘ bo‘lib yashaydi. Ota bolani kichikligidan boshlab bebosh qilib qo‘ysa, bolada gunoh yo‘q, barcha jafo otaning o‘zida. O‘g‘il-qizning xulq-atvori yaramas bo‘lsa, bu yaramas ishni ota qilgan bo‘ladi, undan boshqa emas. Umuman, o‘zbek xalqi oiladagi bola tarbiyasiga alohida e’tibor berib kelgan. O‘zbek xalqining faqat o‘ziga xos an’analari borki, ana 20 shu an’analarning o‘zi oilaviy tarbiyadir. Bu an’analar nimalardan iborat? O‘zbek oilasida azaldan ota oila boshlig‘i hisoblangan va uning hurmati beqiyos bo‘lgan. Ota - oilani moddiy jihatdan ta’minlovchi uning sha’nini himoya qiluvchidir. Uyda otaning o‘z o‘rni bo‘lgan ya’ni to‘rda. Dasturxon yozilganda ham birinchi bo‘lib ota qo‘l cho‘zgan, keyin qolganlar qo‘l uzatishgan. Shuning uchun dono xalqimiz ota rozi xudo rozi degan. O‘g‘il bolalarning tarbiyasi bilan asosan ota shug‘ullangan. Qizlar tarbiyasi uchun esa ona mas’ul hisoblangan. Qizlarni onasi kelajakka, oilaviy hayotga tayyorlagan. O‘g‘il bolalar yoshlikdan hunarga, mehnatga o‘rgatilgan. Download 1.63 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling