7.2. O‘zbekiston Respublikasining diplomatik aloqalarida
demokratik tamoyillar
Istiqlolning dastlabki yillaridanoq bevosita mamlakatimiz Prezidenti Islom Karimov rahbarligida tashqi siyosatning ustuvor yo‘nalishlari va asosiy tamoyillari belgilandi hamda og‘ishmay amalga oshirila boshlandi.
O‘zbekiston Respublikasi tashqi diplomatik aloqalarda amalga oshirilayotgan demokratik siyosatining asosiy tamoyillari quyidagilardan iborat:
1) mafkuraviy qarashlardan qat’iy nazar, hamkorlik uchun ochiqlik, umuminsoniy qadriyatlarga, tinchlik va xavfsizlikni saqlashga sodiqlik;
2) davlatlarning suveren tengligi va chegaralar daxlsizligini hurmat qilish;
3) nizolarni tinch yo‘l bilan hal etish;
4) kuch ishlatmaslik va kuch bilan tahdid qilmaslik;
5) inson huquqlari va erkinliklarini hurmatlash;
6) ichki milliy qonunlar va huquqiy normalardan xalqaro huquqning umume’tirof etilgan qoidalari va normalarining ustuvorligi;
7) tajovuzkor harbiy bloklar va uyushmalarga kirmaslik;
8) davlatlararo aloqalarda teng huquqlilik va o‘zaro manfaatdorlik ustunligi;
9) tashqi aloqalarni ham ikki tomonlama, ham ko‘p tomonlama kelishuvlar asosida rivojlantirish, bir davlat bilan yaqinlashish hisobiga boshqasidan uzoqlashmaslik va boshqalar.
Bu tamoyillarga davlatlarning suveren tengligi, kuch ishlatmaslik yoki kuch bilan tahdid qilmaslik, chegaralarning daxlsizligi, nizolarni tinch yo‘l bilan hal etish, boshqa davlatlarning ichki ishlariga aralashmaslik kabi xalqaro huquqning umume’tirof etilgan qoidalari asos qilib olinadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |