G. Rafiqova F. Nishonova, O‘zbekistonda demokratik jamiyat qurish nazariyasi va amaliyoti fanidan ma’ruza matni


Download 1.47 Mb.
bet155/165
Sana02.01.2022
Hajmi1.47 Mb.
#198933
1   ...   151   152   153   154   155   156   157   158   ...   165
Bog'liq
ozbekistonda demokratik jamiyat qurish nazariyasi va amaliyoti

YAdrosiz hududlar maqomi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov BMT Bosh Assombleyasining 48-sessiyasida so‘zlagan nutqida Markaziy Osiyoni yadrosiz zona, deb e’lon kilish tashabbusini ilgari surdi. «Hozirgi zamon voqeligi shundayki, bir mamlakatning xavfsizligi boshqa davlat hisobidan ta’minlanishi mumkin emas» – dedi yurtboshimiz o‘z nutqida, mintaqa xavfsizligini butun jahon xavfsizligi muammolaridan ajratgan holda ko‘rib bo‘lmaydi. SHunga asoslanib, O‘zbekiston yadro qurolining batamom tugatilishi uchun, yadro qurolini tarqatmaslik to‘g‘risidagi shartnomaning samarali harakat qilishi va uning hech bir muddatsiz uzaytirilishi uchun harakat qiladi.... O‘zbekiston Markaziy Osiyo mintaqasining yadrosiz zona, deb e’lon qilinishining qat’iy tarafdoridir».

Mazkur tashabbus Prezidentimizning 1996 yil dekabrda bo‘lib o‘tgan EXHT Lissabon uchrashuvida so‘zlagan nutqida yana bir bor yig‘ilganlar e’tiboriga havola etildi. Anjuman qatnashchilari Markaziy Osiyoni yadrosiz zona, deb e’lon qilish haqidagi fikrini katta qoniqish bilan kutib oldilar.

1997 yil aprel oyida Jeneva shaxrida Markaziy Osiyodagi besh davlat ekspertlari mintakaviy guruhining birinchi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. O‘sha yili iyun oyida O‘zbekiston hay’ati birinchi bor atom energiyasi bo‘yicha xalqaro agentlik (MAGATE) boshqaruvchilari kengashining Vena shahrida bo‘lib o‘tgan navbatdagi sessiyasida ishtirok etdi. O‘zbekiston hay’ati rahbarining rasmiy bayonotida O‘zbekiston Respublikasi va mintaqadagi boshqa davlatlarning yadrosiz zona tashkil etish borasidagi qarashlari bayon etildi.

1997 yil 14-16 sentyabr kunlari Toshkentda «Markaziy Osiyo - yadro qurolidan xoli zona» mavzuida xalqaro konferensiya bo‘lib o‘tdi. Unda 56 mamlakatdan va 16 xalqaro tashkilotdan 200 dan ortiq kishi ishtirok etdi. Islom Karimovning mazkur anjumandagi nutqida bayon etilgan yadroviy xavfsizlikni ta’minlash choralari hakidagi fikrlari anjuman qatnashchilari tomonidan to‘la ko‘llab-quvvatlandi




Download 1.47 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   151   152   153   154   155   156   157   158   ...   165




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling