1997 yil 19-20 iyul kunlari «6+2» guruhining Toshkentda dastlabki uchrashuvi bo‘lib o‘tdi. Unda birinchi bor muxolif tomonlarning yuzma-yuz muzokara olib borishlari uchun imkon yaratilganligini andjuman yakunida «Afg‘oniston mojarosini tinch yo‘l bilan hal etishning asosiy prinsiplari» haqida Deklaratsiyaning qabul qilinishini xalqaro jamoatchilik afg‘on zaminida tinchlik o‘rnatish borasida tashlangan jiddiy qadam sifatida baholadi.
Mazkur anjuman O‘zbekiston rahbariyatining ko‘p yillik sa’yi-harakatlari natijasi bo‘ldi. Afg‘onistondagi urushning o‘z vaqtida tinch yo‘l bilan hal etilmasligi mintaqaviy va global xavfsizlikka tahdid solishi mumkinligini oldindan ko‘ra bilgan O‘zbekiston Prezidenti Islom Karimov BMT Bosh Assambleyasining 1993 va 1995 yilllardagi sessiyalarida, Evropada Xavfsizlik va Hamkorlik Tashkiloti sammiti va boshqa qator muhim anjumanlarda xalqaro hamjamiyat diqqat e’tiborini afg‘on xalqini urush dahshatlaridan xalos etish, mojarolarni tinch yo‘l bilan hal qilish masalalariga jalb etgan edi.
1999 yil 19-20 iyulda Toshkent anjumanida «Afg‘onistondagi mojaroni tinch yo‘l bilan bartaraf etishning asosiy tamoyillari to‘g‘risida»gi Toshkent Dekloratsiyasi imzolandi. Bu hujjatda Afg‘onistonda yangi hukumat tuzish, mojaroni tinch yo‘l bilan hal etish, qachoqlarni qaytarish, minalardan tozalash, umumiy bitim imzolash, moliyaviy yordam kabi mintaqabiy dolzarb g‘oyalar ko‘tarilgan edi. Lekin 2001 yil 11 sentyabrda Umarshayx boshchiligidagi tolibon qo‘shinlari, islom ekstremistlari AQSHga terroristik xurujidan so‘ng NATO blokiga a’zo davlatlarning harbiy kuchlari Afg‘onistonga kiritilib, islomiy tolibon qo‘shinlari tor-mor bo‘lgach «6+2» guruhi o‘z-o‘zidan barham topdi.
Do'stlaringiz bilan baham: |