G. Rafiqova F. Nishonova, O‘zbekistonda demokratik jamiyat qurish nazariyasi va amaliyoti fanidan ma’ruza matni
O‘zbekistonning Markaziy Osiyodagi davlatlar bilan ikki tomonlama va ko‘p tomonlama aloqalari
Download 1.47 Mb.
|
ozbekistonda demokratik jamiyat qurish nazariyasi va amaliyoti
O‘zbekistonning Markaziy Osiyodagi davlatlar bilan ikki tomonlama va ko‘p tomonlama aloqalari. O‘zbekiston tashqi siyosatining asosiy yo‘nalishlaridan biri Markaziy Osiyodagi yosh mustaqil davlatlar: Qozog‘iston, Qirg‘iston, Tojikiston, Turkma-niston bilan hamkorlik, do‘stlik aloqalarini mustahkamlashga qaratilgan. Bu 5 davlat tarixi, madaniyati, tili va dilining birligidan, tomirlarining tutashib ketganligidan kelib chiquvchi jiddiy siyosat, iqtisodiy va ijtimoiy taraqqiyot yo‘lidir. 1991 yil 13 dekabrda Ashxabodda O‘rta Osiyo va Qozog‘iston davlat boshliqlarining uchrashuvida Tajan-Seraxo temir yo‘l qurilishi bo‘yicha bitim imzolandi. 1993 yil yanvarida Toshkentdagi uchrashuvda Markaziy Osiyo Xamdo‘stligiga asos solindi. SHu tariqa "Markazyy Osiyo" degan yangi atama paylo bo‘ldi.
1993 yil martida Qizil O‘rdada Markaziy Osiyo davlatlarining Rossiya davlat vakillari ishtirokida "Orol muammosi bo‘yicha" birgalikdagi harakatlar bitimi imzolandi. Orolni qutqarish xalqaro jamg‘armasi ta’sis etildi. 2 yilga uning raisi qilib N.Nazarboev saylandi. 1994 yil 10 yanvarda Qozog‘iston Respublikasi bilan yagona iqtisodiy makonni tashkil etish haqida shartnoma imzolandi. 1994 yil 16 yanvarda Qirg‘iston bilan yagona iqtisodiy makon to‘g‘risida bitim imzolandi. 1995 yil 14 aprelda CHimkentda O‘zbekiston, Qozog‘iston, Qirg‘iston Prezidentlarining uchrashuvida Tojikiston va Avg‘oniston chegarasidagi vaziyat haqida kelishildi. 1994 yil 8 iyulda Almatida mazkur 3 davlat rahbarlari uchrashuvda murojaatnoma qabul qildilar. 1994 yili O‘zbekistonda Qozog‘iston Respublikasi Kunlari o‘tkazildi va unda O‘zbekiston-Qozog‘iston Markazini tuzish kelishib olindi. O‘zbekistonda 605 ta qozoq maktabi bo‘lib, unda 15 ming bola o‘qiydi. O‘zbekiston Qozog‘iston bilan ikki tomonlama aloqalarni keng yo‘lga qo‘yib bormoqda. Markaziy Osiyo davlat rahbarlari 1993 yil 26 martda Qozog‘iston Raisining Qizil O‘rda shahrida, 1994 yil 11 yanvarda Nukus shahrida, 1995 yil 3 martda Toshovuz shahrida, 1995 yil 20 sentyabrda yana Nukus shahrida Orol dengizi muamosiga bag‘ishlab amaliy uchrashuvlar o‘tkazildi. SHuningdek 1997 yil 28 fevralda Almatida, 1999 yilda Toshovushda Orol masalasiga bag‘ishlab uchrashuvlar o‘tkazildi. 1994 yil 23 mayda O‘zbekistonda Qozog‘iston kunlarining ochilishiga bag‘ishlangan tantanali yig‘ilishida Prezidentimiz I.Karimov "Tariximiz ham, kelajagimiz ham mushtarak" mavzusida nutq so‘zladi. Xuddi, shuningek Prezidentimiz Islom Karimov 1995 yil 20 mayda Qozog‘istonda O‘zbekiston kunlarining tantanali yig‘ilishida "Do‘stligimiz quyoshi ming yilliklar qa’ridan nur sachadi" mavzusida nutq so‘zlab, "Turkiston -umumiy uyimiz” g‘oyasini ilgari surgan edi. 1995 yil 5 mayda 2-sessiyada ham shu g‘oya, shior ilgari surildi, bular mintaqaviy barqarorlikni ta’minlashga xizmat qildi. Prezidentimiz ta’kidlaganidek, "Markaziy Osiyo davlatlari bilan har tomonlama o‘zaro hamkorlik milliy xavfsizlikning asosiy shartlaridan biridir. Demak, ko‘p tomonlama aloqalarni o‘rnatish 1) dan Markaziy Osiyo respublikalari-ning iqtisodiy integratsiyasi bilan chambarchas bog‘liq. Bu uchrashuvlarda mintaqaviy muammolar echimi yuzasidan o‘tkazilib kelindi. 2000 yil 14-15 iyun kunlari Dushanbeda, 2001 yil 9 yanvarda Olmati sammitlari O‘rta Osiyoning iqtisodiy-siyosiy va ijtimoiy vaziyatiga tegishli qator takliflarni ilgari surdi. 2) dan, O‘zbekiston tashqi siyosatining asosiy yo‘nalishlaridan biri O‘rta Osiyodagi yaqin mustaqil davlatlar bilan o‘zaro madaniyat kunlarini o‘tkazish, do‘stlik aloqalarini mustahkamlashga, bu davlatlar o‘rtasida Orol muammolarini sog‘lomlashtirish, norkobiznes, qirg‘in qurollarini olib kelish, tayyorlash va harbiy qurollarni joylashtirish masalalariga qarshi faqat mintaqamizda emas, balki jahon xalqaro tashkilotlari ham unga e’tibor berayotganligidir. Download 1.47 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling