Yadrosiz zona
Download 40.94 Kb.
|
9-seminargatayyorgarlik
Yadrosiz zona — xalqaro huqukda yadro qurolini qanday shaklda boʻlishidan qati nazar, joylashtirish man qilingan demilitarizatsiya zonasi. Yadrosiz zona qurolyarogʻlarni cheklash, yadroviy nizo chiqishi xavfini kamaytirish, mazkur zonaga kiradigan mamlakatlar xavfsizligini mustahkamlashga xizmat qilib, Yadro qurolini tarqatmaslik toʻgʻrisidagi shartnomani hayotga tatbiq qilish omili hisoblanadi. Yadrosiz zona da yadro qurolini sinash, ishlab chiqarish va joylashtirish, uning hududida va unga qarshi yadro qurolini qoʻllash taqiqlanadi. Hozirgi paytda Antarktidada, Lotin Amerikasi, Tinch okeanning jan. qismi va Afrikada Yadrosiz zonalar mavjud. Shuningdek, Shim. Yevropa, Markaziy va Janubiy Osiyo, Yaqin Sharqda Yadrosiz zonalar barpo etish gʻoyalari bor. Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti I.Karimov BMT Bosh Assambleyasining 48sessiyasida soʻzlagan nutqida Markaziy Osiyoni Yadrosiz zona deb eʼlon qilish tashabbusini ilgari surdi. I.Karimovning YEHXTning Lissabon uchrashuvida soʻzlagan nutqida (1996 yil dek.) bu fikr yana bir bor oʻrtaga tashlandi. 1997 yil 14—16 sentyabrda Toshkentda "Markaziy Osiyo — yadro qurolidan xoli zona" mavzuida xalqaro konferensiya boʻlib oʻtdi. Unda 56 mamlakatdan va 16 xalqaro tashkilotdan vakillar ishtirok etdi. I.Karimovning yadroviy xavfsizlikni taʼminlash choralari haqidagi fikrlarini anjuman qatnashchilari qoniqish bilan kutib oldilar. Markaziy Osiyoda Yadrosiz zona barpo etish haqidagi Oʻzbekiston tashabbusi BMT va jahon jamoatchiligi tomonidan toʻla qoʻllabquvvatlanmoqda. Bu taklif BMT Bosh Assambleyasining sessiyalarida muhokama etilib, maxsus rezolyutsiya qabul qilingan. Markaziy Osiyoda yadro qurolidan xoli hudud barpo etish faqat mintaqadagina emas, balki jahonda ham tinchlik va barqarorlikni mustahkamlashga xizmat qiladi. Markaziy Osiyo yadrodan xoli zona deb e'lon qilindi sentyabr 08, 2006 Juma kuni Qozog’iston sharqiy qismidagi Semey (sobiq Semipalatinsk) shahrida Markaziy Osiyoning besh respublikasi mintaqada yadrodan xoli zona tuzish to’g’risidagi shartnomaga qo’l qo’ydi. Unga ko’ra, mintaqa davlatlari o’z hududlarida yadro quroli va komponentlarini ishlab chiqarish, joylashtirish yoki sotib olishga qarshi chiqadilar. Shartnomaning sobiq Semipalatinskda imzolanishi ramziy ma'noga ega, chunki Sovet davrida bu yerdagi yadro poligonida 400 dan ortiq atom quroli sinovdan o'tkazilgan. Rossiya Tashqi ishlar vazirligi so’zlovchisi Mixail Kaminin va Xitoy bu qarorni olqishladi, biroq uning xalqaro kuchga ega bo'lishi uchun BMT Xavfsizlik Kengashining besh doimiy a'zosi, yadro quroliga ega davlatlar shartnomani yadro qurollarini tarqatmaslik bo'yicha protokol shaklida tasdiqlashi lozim. Download 40.94 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling