G. Rafiqova F. Nishonova, O‘zbekistonda demokratik jamiyat qurish nazariyasi va amaliyoti fanidan ma’ruza matni
Download 1.47 Mb.
|
ozbekistonda demokratik jamiyat qurish nazariyasi va amaliyoti
To‘rtinchidan, Prezidentlik boshqaruvining asosiy tamoyili o‘zi boshqarayotgan davlatning dunyo davlatlari orasida teng huquqliligini, milliy manfaatlar ustuvorligi, respublika suvereniteti, xavfsizligi va hududiy yaxlitligini ta’minlash, fuqarolarning huquqlari va erkinliklariga kafolatlangan Konstitutsiya normalari va qonunlarining to‘g‘ri va qat’iy rioya etilishini ta’minlaydi va boshqaradi.
Umuman, mamlakatimizda Prezidentlik institutining ta’sis etilishi milliy davlatchiligimizni shakllantirishdagi qarashlarimizning ma’no va mazmunini tubdan o‘zgartirib yuboradi. Buning isbotini Prezidentimizning mamlakatimizda o‘tkazilayotgan islohotlarning bosh tashabbuskori hamda ularni muvofiqlashtiruvchi asosiy etakchi bo‘lib qolayotganligini hayotning o‘zi tasdiqlamoqda. Davlatchilik g‘oyalarining nazariy asoslari va ularning shakllanishini O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining ikkinchi sessiyasi (1990 yil 20 iyun) kunida qabul qilingan «Mustaqillik deklaratsiyasi»siz tasavvur etib bo‘lmaydi. Negaki, aynan ushbu Deklaratsiyasining birinchi moddasida: «O‘zbekiston SSRning davlat mustaqilligi O‘zbekiston SSR demokratik davlatining o‘z hududida barcha tarkibiy qismlarini belgilashda va barcha tashqi munosabatlarda tanho hokimligidir» deb belgilab qo‘yilishi davlatchiligimiz g‘oyalarining huquqiy asoslarini tashkil etgan edi. «Mustaqillik deklaratsiyasi»ning qabul qilinishi mamlakatimizning mustaqillikka erishish yo‘lidagi yana bir muhim tarixiy ahamiyatga ega bo‘lgan qadami edi. Aynan ushbu Deklaratsiya e’lon qilinishidan boshlab, mamlakatimizning iqtisodiy va siyosiy hayotiga doir masalalarni mustaqil tarzda hal qilishga kirishildi. Davlatchilik g‘oyalarining nazariy va huquqiy asoslarini shakllantirishda O‘zbekiston Prezidentining 1991 yil 25 avgustdagi Farmoniga binoan51 Respublika Ichki Ishlar Vazirligi va Davlat Xavfsizligi Qo‘mitasining qonuniy ravishda O‘zbekiston tasarrufiga o‘tishi alohida o‘ringa ega bo‘ldi. Ushbu Farmonga binoan Respublika hududida joylashgan SSSR Ichki Ishlar Vazirligining ichki qo‘shinlari ham bevosita O‘zbekiston Prezidentiga bo‘ysundirildi. Ayniqsa, Respublika Ichki Ishlar Vazirligi va Davlat xavfsizligi qo‘mitasi, prokuraturasi, Adliya organlari, ichki qo‘shinlar, Turkiston harbiy okrugi qismlari va qo‘shilmalari siyosiy partiyadan butunlay holi qilinganligi milliy davlatchiligimiz shakllanishidagi yangi bosqichning boshlanishi edi. MUHOKAMA UCHUN SAVOLLAR «O‘zbekistonda demokratik jamiyat qurish nazariyasi va amaliyoti» fanining maqsad va vazifalari nimalardan iborat? «Fuqaro – jamiyat davlat» o‘rtasidagi o‘zaro munosabatni bayon eting? O‘zbekistonda demokratik jamiyat qurishning asosiy tushunchalari, uning o‘ziga xos xususiyatlarini izohlang? O‘zbekistonda demokratik jamiyat qurishning umumjahon e’tirof etgan qonuniyatlari va uning o‘ziga xos taraqqiyot yo‘li mavjudmi? Demokratik jamiyatni barpo etishda siyosiy institutlarning qanday roli mavjud? “Avesto”da adolatli jamiyat to‘g‘risidagi dastlabki qarashlarni bayon eting? To‘maris, SHiroq, Spitamen, Najmiddin Kubro kabi ozodlik kurashchilarining bosqinchilarga qarshi mardona kurashi haqida nimalarni bilasiz? YUNESKO bilan hamkorlikda Amir Temurning 660, Jaloliddin Manguberdi tavalludining 800 yilligi nishonlanishi bilan bog‘liq bo‘lgan yubileylari haqida hikoya qilib bering? O‘tmishda milliy davlatchilik negizlaridan mahrum bo‘lishning sabablari nimalarda edi? Markazlashgan ma’muriy boshqaruv va totalitar tuzumning salbiy oqibatlari haqida gapirib bering? O‘zbekistonda Prezidentlik boshqaruvi qachon joriy qilindi? Download 1.47 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling