G. Rafiqova F. Nishonova, O‘zbekistonda demokratik jamiyat qurish nazariyasi va amaliyoti fanidan ma’ruza matni
Download 1.47 Mb.
|
ozbekistonda demokratik jamiyat qurish nazariyasi va amaliyoti
- Bu sahifa navigatsiya:
- 5.3. Tadbirkorlik va iqtisodiy faoliyat erkinligini ta’minlash – demokratik jamiyat rivojining zarur sharti
- «Tadbirkorlik to‘g‘risida»
- Birinchi asosiy masala”
mazmuni va vazifalari
Iqtisodiy ustuvor yo’nalish Mazmuni
Kuchli bozor infrotuzil- masini yaratish Bozor islohotlarini yanada chuqurlashtirish Erkin iktisodiy tamoiylarni joriy etish .
V a z i f a l a r Xususiy sektorlar mavkeini yanada oshirish Kichik tadbir-korlikni yanada rivojlatirish Milliy valyutaning joriy operatsiyalar buyicha erkin almashuvnii ta’minlash . Ichki va tashqi insvestitsiya-larni jalb qilishni kuchaytirishni Jahon savdo tashkilotiga a’zo bo’lish uchun sharoitlar yaratish . 5.3. Tadbirkorlik va iqtisodiy faoliyat erkinligini ta’minlash – demokratik jamiyat rivojining zarur sharti Iqtisodiy hayotni erkinlashtirish sharoitida kichik, xususiy biznes va tadbirkorlikni rag‘batlantirish uchun soliq imtiyozlari kengaytirilmoqda, daromad solig‘i stavkalari qisqartirilib, soliq yuki engillashtirish yo‘liga qo‘yilmoqda. O‘zRsining “Tadbirkorlik faoliyati erkinligining kafolatlari to‘g‘risida”gi 2000 yilda qonun qabul qilinib, amaliyotga tadbiq etilishi natijasida tadbirkorlarning huquq va manfaatlarini muhofaza qilish va kafolatlash kuchaymoqda. Bunday ijobiy ishlar ta’sirida kichik biznes va tadbirkorlik sub’ektlarining soni 2003 y. 1 yanvar xolatiga ko‘ra 240 mingtaga etdi. Ular yalpi ichki mahsulotdagi ulushi 35 foizdan oshdi. Xususiy sektorda iqtisodiyotda band bo‘lgan aholining qariyb 52 foizidan ortig‘i faoliyat ko‘rsatmoqda. Aslida Prezidentimiz Islom Karimov “O‘zbekiston XXI asrga intilmoqda”asarida xalq farovonligi g‘oyasini ilgari sura turib, farovon turmush asosi – erkinlik, tadbirkorlik va tashabbuskorlikdan iborat bo‘lishini bayon etgan edi. Demak, tadbirkorlik – farovon turmush asosi. 1997 yil 16 dekkabrda Prezidentimiz “Tadbirkorlik – iqtisodiyot haqidagi ma’ruzasida 1)dan mulkni davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish; 2) dan, iqtisodimiz tarkibini keskin o‘zgartirish, ya’ni xom ashyo emas, tayyor mahsulot ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yish; 3) dan milliy pulimiz qadrini mustaxkamlashdan iborat vazifalarni belgilab bergan edi. Hozirgi vaqtda tadbirkorlik faoliyatining turlari quyidagilardan borat: 1. Ishlab chiqarish faoliyatini yo‘lga qo‘yish. 2. Tijorat (oldi-sotdi). 3. Moliyaviy tadbirkorlik. 4. Vositachilik. 5. Sug‘urta. 1999 yil 14 aprelda “Tadbirkorlik va tadbirkorlar faoliyatining kafolatlari to‘g‘risida”gi qonun bilan birga O‘zR Prezidentining “Iqtisodiy islohatlarni yanada chuqurlashtirish, xususiy mulk manfaatlarini himoya qilish va tadbirkorlikni rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi farmoni va boshqa bir qator qonun hujjatlari xo‘jalik yurituvchi sub’etlarning yangi huquqiy maqomini yaratishga xizmat qildi. Umuman, «Tadbirkorlik to‘g‘risida»gi (1995) qonunda ta’kidlanganidek, «Tadbirkorlik – mulkchilik sub’ektlarining harakatdagi qonunchilik doirasida tovar ishlab chiqarishga, xizmat ko‘rsatishga hamda daromad va foyda olishga qaratilgan tashabbuskorlik faoliyati»dir. Tadbirkorlikning quyidagi shakllari ham mavjud: 1) shaxsiy (xususiy) faoliyat; 2) yollanma mehnatga jalb qilish amalga oshiriladigan tadbirkorlik; 3) fuqarolar va yuridik shaxslar tomonidan amalga oshiriladigan jamoa yoki qo‘shma tadbirkorlik. Demokratik jamiyatga xos bo‘lgan tadbirkorlikning rivojlantirilishi, iqtisodiyot tarkibiy o‘zgarishlarning birgalikda amalga oshirilishi tufayli O‘zbekiston 1996 yildan boshlab iqtisodiy o‘sish yo‘liga o‘tdi. Bugungi kunda kichik tadbirkorlik sub’ektlari faoliyatiga davlat va nazorat organlarining noqonuniy aralashuviga barham berilmoqda. Prezident Islom Karimov 2005 yil 28 yanvarda «Bizning bosh maqsadimiz-jamiyatni demokratlashtirish va yangilash, mamlakatni modernizatsiya va islox etishdir» ma’ruzasida iqtisodiyotni yanada erkinlashtirish xususida gapirib, xususiy tadbirkorlikka zarur resurslarni sotib olish uchun bozorlarga chiqish imkoniyatlarini kengaytirish kerakligini aytib o‘tdi. Xususiy tadbirkorlariga qo‘shimcha soliq imtiyozlari berish zarurligi ta’kidlab o‘tildi. 2005 yilga kelib xususiy tadbirkorlikni rivojlantirish hisobiga 425 mingdan ziyod yangi ish o‘rinlari barpo qilindi. Kichik biznesning yalpi ichki mahsulotdagi ulushi ortdi va 2004 yilda 35,6 foizni tashkil qildi. Demak, farovon turmush asosi. Prezidentimiz Islom Karimov 1994 yil 16 dekabrda Prezident huzuridagi Iqtisodiy islohot, tadbirkorlik va xorijiy sarmoyalar bo‘yicha idoralararo Kengashning navbatdagi majlisida “Tadbirkorlik - iqtisodiyot kelajagi” mavzuida mazkur masala yuzasidan o‘z fikr-mulohazalarini bayon etgan edi. Unda bozor munosabatlariga o‘tishning keyingi bosqichida quyidagi 3 ta ustuvor yo‘nalishni belgilab berdi: “Birinchi asosiy masala” - mulkni davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish borasidagi ishlarni oxiriga etkazishdan iborat. Islohotning asosiy ma’nosi va kerak bo‘lsa, negizi bu - mulkni haqiqiy egasiga topshirish, tadbirkorlikka keng imkoniyat ochib berishdir82. Download 1.47 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling