6. Ustuvor vazifa – bank-moliya tizimida olib borilayotgan islohotlarni yanada chuqurlashtirish va ko‘lamini kengaytirishdan iborat.
7. Ustuvor yo‘nalish – bu kommunal xo‘jalik sohasida islohotlarni yanada chuqurlashtirishdir81.
Prezident Islom Karimovning «Mamlakatimiz taraqqiyoti va xalqimizning hayot darajasini yuksaltirish – barcha demokratik yangilanish va iqtisodiy islohotlarimizning pirovard maqsadidir” nomli kitobida Vatanimiz taraqqiyoti va xalqimiz farovonligini yuksaltirish bo‘yicha ustuvor yo‘nalishlar va islohotlarni amalga oshirish dasturi ishlab chiqildi (“Xalq so‘zi”, 2007 yil 26 may).. Prezidentimiz bunda quyidagi masalalarga e’tibor qaratdi:
1. Dasturda belgilangan vazifalarni, belgilab olingan ustuvor (7 ta) yo‘nalishlarni hayotga joriy qilish uchun ularning ma’no-mazmuniga etib borish, davlat rahbarlaridan tortib har bir fuqarogacha uni amalga oshirishni burch va vazifa deb bilish.
2. Ongli fikrlar asosida astoydil mehnat qilish.
3. Biz hech kimdan kam bo‘lmagan erkin va farovon hayotni barpo qilish uchun mehr-oqibatli, fidoyi, oliyjanob bo‘lishimiz kerak.
4. Erishgan yutuqlarimizdan g‘ururlanish bilan birga hushyor bo‘lishimiz lozim.
5. Ma’naviy kuch-quvvat beradigan milliy qadriyatlarimizdan bahra olib, amaliy ishimizda ularni yanada mustahkamlab borishdan iborat.
(5.3)
O‘zbekistonda demakratik o‘zgarishlarni yanada chuqurlashtirish va fuqarolik jamiyati asoslarini shakllantirishning iqtisodiy ustuvor yo‘nalishining
Do'stlaringiz bilan baham: |