Teng imkoniyatlar qoidasi. Fuqorolarning qonun oldidagi huquqiy tengligi zamonaviy jamiyat uchun asos hisoblanadi. SHu bilan birga odamlar aynan nimada tengligi va nimada teng emasligini bilishi ham zarur. Ma’lumki, odamlar teng bo‘lmagan darajadagi tug‘ma qobilyatlar va xususiyatlar bilan tug‘uladilar. Ammo, insonlar qobilyatlari va munosabatlarini ham taqozo etadi. Bu qoidalar jamiyatning barcha azolari uchun umumiyligi va bir xilda tadbiq qilinishi hususiyatiga ega bo‘lishi zarur. SHuningdek, bu qoidalar samaradorligi va amalga qo‘llashga yaroqliligiga ko‘ra ijtimoiy tartibotning zaruriy asosi bo‘lib qolishi kerak. Bu qoidalar o‘z qadr-qimmatiga ko‘ra o‘zaro bog‘liq bo‘lsada, o‘zgarib turishi mumkin.
Xizmat ko‘rsatish qoidasi. Bu qoida har qanday davrda ham ustuvor bo‘lmasada, zamonaviy jamiyatda uning ahamiyati so‘zsizdir. Bunda shaxs iste’dodi, qobilyatlari va intilishlari hayotiy zarur ne’matlar qonuniy tarzda ega bo‘lish me’yorlari sifatida maydonga chiqadi. SHundan kelib chiqqan holda rivojlangan mamlakatlarda adolat shaxsning ijtimoiy samarali intilishi uchun mukofot, unumle mexnatga majbar etish vositasi deb qaraladi.
Albatta, jamiyatda xizmat ko‘rsatish qobilyatlari orqali amalga oshadi. Ammo individlardagi qobilyatlarni ro‘yobga chiqarish uchun shart-sharoitlarni jamiyatning iloji boricha ko‘proq a’zolari uchun ozmi-ko‘pmi yaratish talab etiladi. Bu sharoitlarni hammaga teppa-teng yaratib bo‘lmaydi. Gap imkoni boricha ko‘pchilik uchun “start imkoniyatlarini” yaratish haqida borar ekan, o‘zini demokratik deb hisoblovchi jamiyat har bir indevidning iqtidori, intilishi, qobilyatlariga hayotiy ne’matlariga ega bo‘lishi me’yoriy sifatiga katta qiziqish bilan qaraydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |