Ekvivalit kafolat qoidasi. Bu qoida, u yoki bu hatti-xarakatga uning oqibatiga nisbatan teng qiymatdagi aks ta’sir ko‘lamini anglatadi. Masalan, mehnatga yarasha xaq to‘lash, u yoki bu jinoyatga nisbatan munosib jazo va h.k.
Ijtimoiy kafolat qoidasi. Ijtimoiy kafolat timimining mavjudligi, u yoki bu jamiyatda ijtimoiy adolat mavjutligidan dalolat beradi. Ko‘pgina mutaxasislar, jahon sotsiolizm tizimi inqirozidan so‘ng ijtomoiy kafolat g‘oyasi va amaliyotiga qarshi chiqa boshladilar. SHunisi g‘alatiki, Bunday “nazariyotchilar” ijtimoiy kafolatlar va ximoya tizimidan vos kechishni targ‘ib qilayotgan bir vaqtda g‘arbning ba’zi mutafakkirlari butunlay aksincha fikr bildira boshladilar. Masalan, mashxur amerikalik iqtisodchi J.K.Gelbreyt asosiy muammoni tizimning barcha a’zolariga kafolatlangan daromat bilan ta’minlashda deb biladi. Uning fikricha, taraqqiyot jamiyatda to‘la huquqli o‘rin bilan ta’minlangan odamlar miqdori bilan baholanish kerak. Bu olim g‘arbning ko‘pgina yirik shaxarlarida ko‘plab odamlar ish jaylaridan va yashash uchun zarur vositalaridan mahrumligini adolatsizlik deb baholaydi. Darhaqiqat, kafolatni daromatga ega bo‘lmagan, ertangi kunga ishonmaydigan kishilardan iborat jamiyatda adolat o‘rnatish juda qiyin.
Do'stlaringiz bilan baham: |