Ehtiyoj qoidalari. Adolatga bo‘lgan ehtiyoj oddiy bo‘lmaydi, u keng miqyosdagi ijtimoiy-ruxiy ehtiyojdir. Boshqacha aytganda, fiziologik, ijtimoiy va ma’naviy ehtiyojlarga nisbatan olganda adolat kundalak ehtiyoj bo‘lib hisoblanmasada, ijtimoiy tartib, farobonlik va yaxlitlik ta’minlashga qaratilganligi tufayli katta ijtimoiy axamiyatga ega. SHunday xulosa qilish mumkinki, adolatga bo‘lgan ehtiyoj oziq-ovqatga, kiyim-kechakga, uy-jayga bo‘lgan yoki obro-e’tiborga bo‘lgan ehtiyoj kabi hayotiy deb olinmasligi mumkin, lekin aynan hayotiy ne’matlarning taqsimotiga va iste’molida odamlar adolati yoki adolatsizlikka nisbatan sezgir bo‘ladilar. Oqilona ehtiyojlarning shakillanishi shuning uchun ham katta ahamiyatga ega. Adolat talabi asosan extiyojlarga nisbatan emas, balki hayot darajasi, sifati va standartlariga nisbatan qo‘yiladi. Turli ijtimoyi guruhlarning hayot darajasi yoki sifatidagi farq hayot standartlariga ham bog‘laq. Standartdan og‘ish adolatsizlik ko‘rinishi dab hisoblanishi mumkin. Albatda, hayot darajasi, sifati va standarti ko‘rsatkichlari bo‘yicha aloxida turli qatlamlarida yagona o‘lcho‘v bo‘lishi mumkin emas.
Do'stlaringiz bilan baham: |