G. Rafiqova F. Nishonova, O‘zbekistonda demokratik jamiyat qurish nazariyasi va amaliyoti fanidan ma’ruza matni


Download 1.47 Mb.
bet123/165
Sana02.01.2022
Hajmi1.47 Mb.
#198933
1   ...   119   120   121   122   123   124   125   126   ...   165
Bog'liq
ozbekistonda demokratik jamiyat qurish nazariyasi va amaliyoti

Talab va taklif qoidalari. Musobaqalanish uchun keng imkoniyatlar yaratish bozordagi talab va taklifga binoan, o‘zaro muvofiqlik asosidagi munosabatlarga bog‘liq. SHuni ham etirof etish zarurki, bozor munosabatlari sharoitida ularga xos tarzda axloq normalari, qiziqish omillari va tushunchalar ham shakillanadi. Bozorda hamma narsa talab va taklif asosiga qo‘yilgani bois insonlar ongiga iztirobli kechirmalar uyg‘otishi mumkin. Bu kishilarda shakillangan odatiy tushunchalarning o‘zgarishi bilan ham bog‘liq. Bozor munosabatlari sharoitida kishilarning yangicha xususiyatlari bo‘yicha teng bo‘lmasalarda, yashashga bo‘lgan huquqlari bo‘yicha, qadr-qimmatlari bo‘yicha tengdirlar. Barchaning asosiy xuquq va majburiyatlar to‘plamiga ega bo‘lishlarida ham tenglik zarur. Bu mavjut ijtimoiy-iqtisodiy tengsizliklarni tartibga keltiradi.

Ammo “teng imkoniyatlar” qoidasi “natijalar tengligi” qoidasidan farq qilishi lozim. YUqori maqomga ega bo‘lgan ish joylariga ega bo‘lish, oliy o‘quv yurtlariga kirish kabi yutuqlar teng imkoniyatlar asosida amalga oshiriladi. SHunda ko‘pgina standart holatlar katta rol o‘ynaydi. Demokratik jamiyatlarda teng imkoniyatlar qoidasi guruxlar va indivitlarning hayotd omadga erishish uchun erkin musobaqada teng huquqlik asosidagi ishtiroki sifatida tushuniladi. Dastavval bu qoida bozordagi erkin raqobat qoidasi sifatida ilgari surilgan edi. Bu qobiliyatlarning halol musaboqasida uddaburon, aqilliy shaxslargina yutiqqa erishadi deb talqin etiladi. Buni ko‘pgina sotsiolog va ruhshunoslar individning omadga erishish o‘ylida sotsial muxitga nisbatan tug‘ma reaksiyasi deb boholaydilar.

Umuman, “teng imkoniyatlar” qoidasi ikki narsaga – raqobot va individualizmga asoslanadi. Kishilar o‘z maqsadlariga erishish yo‘lini turli xil sharoitda boshlaydilar, shuning guchun adolatga natijalar tengligi muvofiqroqdir. Bu avvalo jamiyat a’zolarining yagona me’yorlariga bo‘ysinish zarurligi, hech kimning qonun oldida yaxshiroq holatga ega bo‘lishi joyiz emasligini bildiradi. Bir so‘z bilan aytganda, nomaqbul tarzdagi “adolatsiz tenglik (cun’iy tenglashtirish) adolatsiz tengsizlik noqonuniy imtiyozlar” tizimi o‘rniga “adolatli tenglik – adolatli tengsizlik” qoidasi o‘rnatilishi zarur.

Adolat tenglikka nisbatan doimo afzal ekalligini aytib o‘tdik. Ijtimoiy taraqqiyot manfatlari shuni taqozo etadi. Ammo barcha tafakkuri shakillanmoqda. Demak, muvaffaqiyatga intilish sog‘lom jarayon bo‘lib, yaratuvchanlik g‘ururi, faollik intiluvchan faoliyat asosiga aylanishi zarur.




Download 1.47 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   119   120   121   122   123   124   125   126   ...   165




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling