2. Fiskal yondashuv – (soliqlar siyosati hamdir) – ishlab chiqarishni va tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirishni rag‘batlantirishga, tarkibiy qayta tashkil qilishlarni amalga oshirishda ko‘maklashishga, iqtisodiyotda nomutanosibliklarga barham berishga asoslangan yondashuv. Bunda bir me’yorda qattiq moliyaviy va pul-kredit siyosati o‘tkaziladi, tovar bilan qoplashning iloji bo‘lmagan ortiqcha talablarni cheklash bo‘yicha tadbirlar bilan uzviy bog‘lab olib boriladi.
3. O‘zbekistonning o‘ziga xos yondashuvi: duchor bo‘lgan tanglikdan, uzoqqa cho‘zilgan chuqur tanglikdan ijtimoiy larzalarsiz va portlashlarsiz eson-omon chiqishdan iborat bo‘lib, bunga faqat ishlab chiqarishga tayangan holdagina erishish mumkin. 1999 yil 16 fevralda Vazirlar Mahkamasi yig‘ilishida islohotlar islohot uchun emas, inson manfaatlari uchun degan tamoyilni ilgari surdi. O‘zbekiston o‘ziga hos bu yondashuvda aholini ijtimoiy himoya qilish, ijtimoiy adolat, ijtimoiy muhofaza qilish masalalariga diqqat qaratdi. O‘zbekiston iqtisodiy rivojlanishning jahon tajribasini, uning ayrim xususiyatlarini o‘rganish, ularga amal qilish bilan birga uning milliy xususiyatlari, demografik belgilari, bosqichma-bosqich asosida amalga oshirishga alohida e’tibor bermoqda. Masalan, agar 1991-1994 yillarda mayda xususiylashtirilgan bo‘lsa, 1994-2000 yillarda o‘rta mulklar davlat tasarrufidanchiqarish yo‘lga qo‘yildi va h. k.
MUHOKAMA UCHUN SAVOLLAR
Bozor iqtisodiyotining mohiyati va asosiy belgilarini bayon eting?
Demokratik jamiyat iqtisodiy hayotni erkinlashtirish tushunchasi va mazmunini nimalar tashkil qiladi?
Prezident Islom Karimovning “O‘zbekiston – bozor munosabatlariga o‘tishning o‘ziga xos yo‘li” asarida qanday prinsiplar izohlab berilgan?
Iqtisodiyotni erkinlashtirish sharoitida davlat boshqaruvi qanday yo‘llar bilan nomarkazlashtiriladi?
Raqobatning demokratik jamiyatni barpo etishdagi o‘rni qanday?
Bozor infratuzilmasi qanday yo‘llar bilan shakllantiriladi?
Do'stlaringiz bilan baham: |