Barqarorlashtirish siyosati – bu avvalo makroiqtisodiyotda muvozanatni saqlash, ishlab chiqarishning keskin pasayishiga va ommaviy ishsizlikka yo‘l qo‘ymaslik.
Barqarorlashtirish siyosatining maqsadi – boshqarib bo‘lmaydigan, iqtisodiy pasayishga olib kelishi mumkin bo‘lgan ichki va tashqi muvozanatsizlikdan chetlab o‘tish, zarur bo‘lgan taqdirda uni to‘g‘rilashdan iborat.
Makroiqtisodiy barqarorlikni ta’minlashning jahon tajribasidagi xilma-xil yondashuvlar quyidagilardan iborat:
1. Monetar yondashuv – deb atalib, chuqur iqtisodiy o‘zgarishlarni ta’minlaydi. Monetar yondashuv deb bunda pulning qadrsizlanish darajasini pasaytirib turishga, pul masalasini hamda to‘lovga qodir bo‘lgan jami talabni keskin kamaytirish hisobiga pul muomalasini barqarorlashtirishga asoslangan. Bu xil yondashuv chuqur iqtisodiy qayta o‘zgartirishlarni ta’minlamaydi, aksincha, ko‘pincha ishlab chiqarishning moddiy xajmlari kamayishiga, investitsiya faoliyati to‘xtab qolishga olib keladi. Monetar hech qachon ishlab chiqarishni tanglikdan olib chiqishga qodir bo‘lgan yagona yo‘naltiruvchi va hal qiluvchi kuch bo‘lgan emas. Barqarorlashtirish dasturini ishlab chiqarishda ana shu qattiq monetarizmga tayanmaslik kerak. Balki muvazanatga keltirgan monetar siyosatning asosiy tarmoqlarni, ishlab chiqarishni tarkiban qayta tashkil qilshni yo‘lga qo‘yish kerak.
Do'stlaringiz bilan baham: |