G. Rafiqova F. Nishonova, O‘zbekistonda demokratik jamiyat qurish nazariyasi va amaliyoti fanidan ma’ruza matni


MDHning asosiy maqsadlarini amalga oshirish uchun hamdo‘stlik davlatlari o‘zaro munosabatlarida quyidagi qoidalarga rioya qiladilar


Download 1.47 Mb.
bet158/165
Sana02.01.2022
Hajmi1.47 Mb.
#198933
1   ...   154   155   156   157   158   159   160   161   ...   165
Bog'liq
ozbekistonda demokratik jamiyat qurish nazariyasi va amaliyoti

MDHning asosiy maqsadlarini amalga oshirish uchun hamdo‘stlik davlatlari o‘zaro munosabatlarida quyidagi qoidalarga rioya qiladilar:

  1. davlat suverenitetini o‘zaro tan olish va hurmat qilish;

  2. teng huquqlilik va bir-birlarining ichki ishlariga aralashmaslik;

  3. iqtisodiy kuch yoki boshqa tazyiq uslublarini qo‘llashdan voz kechish;

  4. bahsli muammolarni kelishtiruvchi vositalar va xalqaro huquqning boshqa hamma e’tirof qilgan tamoyil va normalari asosida hal qilish.

SHu bilan bir qatorda, MDH a’zolari hamkorlikning boshqa yo‘llarini topib, SHanxay Hamkorlik Tashkiloti (SHHT) va EvrAzES kabi xalqaro uyushmalarda qatnashmoqdalar.

O‘zbekiston MDHning Kollektiv Xavfsizlik shartnomasida 1992-1999 yillarda qatnashdi. 2005 yildan boshlab yana KXSHda qatnashmoqda.

MDH faoliyatining dastlabki yillarida (1991-1994 yillarda) Hamdustlikka a’zo mamlakatlarda milliy manfaatlar ustuvor o‘ringa ega bo‘ldi. Buning natijasida o‘zaro tashqi savdo aloqalari sezilarli darajada zaiflashdi. MDH mamlakatlarining aksariyati uzoq xorij mamlakatlari bilan iqtisodiy hamkorlik munosabatlarini rivojlantirishga ustuvorlik berdilar. Ekspertlar fikricha, Sobiq Ittifoq respublikalari o‘rtasidagi xo‘jalik aloqalarining buzilishi natijasida pirovard mahsulot ishlab chiqarish hajmi 35-40 foizga kamaydi.

MDH doirasida qabul kilingan dastlabki eng muhim hujjat Iqtisodiy ittifoq to‘g‘risidagi SHartnoma hisoblanadi (1993 yil sentyabr). Mazkur hujjatda iqtisodiy integratsiya jarayonlarini chuqurlashtirishning quyidagi asosiy bosqichlari belgilab berildi:



  1. davlatlararo (ko‘p tomonlama) erkin savdo uyushmasi;

  2. bojxona ittifoqi;

  3. tovarlar, xizmatlar, kapitallar va ishchi kuchi bozori;

  4. valyuta (pul) ittifoqi.

1994 yilning aprelida erkin savdo zonasi, 1994 yilning oktyabrida to‘lov ittifoqi va Iqtisodiy ittifoqning doimiy faoliyat ko‘rsatuvchi organi sifatida Davlatlararo iqtisodiy qo‘mita (DIQ) tashqil etish to‘g‘risidagi bitim imzolandi.

Uzoq tarixiy rivojlanish mobaynida yuzaga kelgan chuqur integratsion aloqalar, ishlab chiqarishning mamlakatlar bo‘yicha ixtisoslashuvi, korxona va tarmokdar darajasidagi keng tarmoqli kooperatsiya, umumiy infratuzilmaning majudligi MDH tashqil topishining ob’ektiv asosi hisoblanadi.

MDH doirasida qabul qilingan bitimlar va shartnomalarni muvaffaqiyatli amalga oshirish uchun quyidagi tamoyillarga amal qilinmokda:


  1. integratsion aloqalarni rivojlantirish ixtiyoriylik asosida ham ikki yoqlama, ham ko‘p tomonlama shartnomalardan foydalanish yordamida bosqichma-bosqich amalga oshirilmoqda;

  2. huquqiy integratsiya o‘zaro manfaatdorlikka asoslanmoqda va hamkor davlatlarga ziyon etkazmaslikka alohida e’tibor qaratilmokda;

  3. zaruriyat tug‘ilganda, MDH a’zolariga ularning mas’uliyati ostida va aniq iqtisodiy natijalarni ko‘zda tutib jamoaviy yordam ko‘rsatilmoqda;

  4. hamkor mamlakatlardagi iqtisodiy islohotlar rag‘batlantirilmoqda va ularga har tomonlama yordam ko‘rsatilmokda;

  5. mamlakatlararo munosabatlarda bozor sub’ektlari orasidagi gorizontal aloqalarga ustuvorlik berilmoqda, mikrodarajadagi integratsion aloqalarni, iqtisodiy hamkorlikning yangi-yangi shakllarini keng ko‘lamda rivojlantirish ko‘zda tutilmokda.

MDH doirasida iqtisodiy integratsiyaga to‘sqinlik qilayotgan asosiy muammo tashkiliy-huquqiy asos va hamkorlikka a’zo mamlakatlar o‘zaro harakat mexanizmining takomillashmaganligi hisoblanadi. SHuningdek, MDHga a’zo mamlakatlar iqtisodiy salohiyatining turli darajada ekanligi, alohida mamlakatlar ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish darajasi o‘rtasidagi tafovut, milliy qonunchilik hujjatlarining muvofiqlashtirilmaganligi kabi omillar ham integratsion imkoniyatlarning cheklanishiga olib kelmoqda.

Erkin savdo zonalarini tashqil etish, to‘lov ittifoqini shakllantirish, yagona kommunikatsiya va axborot makonini barpo etish, ilmiy-texnika va texnologik hamkorlikni takomillashtirish asosida umumiy iqtisodiy makonni shakllantirish orqali MDHga a’zo mamlakatlar o‘rtasidagi integratsion aloqalarni yanada rivojlantirish mumkin. A’zo mamlakatlarning investitsiya salohiyatlari integratsiyasi va hamdo‘stlik doirasida kapital oqimini samarali yo‘lga ko‘yish eng muhim vazifalardan hisoblanadi.




Download 1.47 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   154   155   156   157   158   159   160   161   ...   165




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling