Jaxon savdo tashqiloti(jst) va xalqaro savdo


Download 5.2 Kb.
Sana18.11.2023
Hajmi5.2 Kb.
#1785254
Bog'liq
Jaxon savdo tashqiloti(jst) va xalqaro savdo-genderi.org


Jaxon savdo tashqiloti(jst) va xalqaro savdo

Jaxon savdo tashqiloti(JST) va xalqaro savdo


  • Tarif va savdo buyicha bosh kelishuv (GATT): tashqil topishi va faoliyat kursatish tamoyillari.

  • GATT doirasida amalga oshirilgan muzokaralar evalyusiyasi. GATT raundlari va ularning mazmuni.

  • JST ga a’zo bulish boskichlari. JST faoliyatining zamonaviy tendensiyalari.

  • O’zbekiston va JST munosabatlari O’zbekitonning JSTga a’zo bo’lish jarayonlaridagi iqtisodiy oqibatlar tavsifi. O’zbekiston tashqi savdosini erkinlashtirish yunalishlari.

Tarif va savdo buyicha bosh kelishuv (GATT): tashqil topishi va faoliyat kursatish tamoyillari.

Xalqaro savdoni umumiy norma va qoidalar orqali tartibga solishga bo‘lgan obyektiv

ehtiyoj XX asrning 30-yillarida milliy hukumatlarning proteksionistik tashqi savdo siyosati faoliyati tufayli xalqaro savdo imkoniyatlarini keskin to‘sib qo‘ygan

vaqtlarda sezila boshlagan edi.

Ikkinchi jahon urushidan so‘ng savdo strategiyasining global muvofiqlashtirishni ta’minlashga yo‘naltirilgan xalqaro savdo tashkilotlarini yaratish uchun harakatlar


boshlandi. Bu harakatdan hammadan ko‘ra xalqaro savdodagi ulushi 40 % atrofida bo‘lgan AQSh manfaatdor edi, tashqi savdodagi normal holatlarning buzilishidan,xususan, ular jiddiy zarar ko‘rar edi.
Xalqaro savdo tashkilotini yaratish bo'yicha munozaralar ikkinchi jahon urushidan so‘ng AQSh va Yevropa mamlakatlari o‘rtasidagi keskin tortishuvlar sharoitida bo‘lib o‘tdi. Bu tortishuvlar, xususan, ishtirokchi davlatlar beradigan ovozlar miqdori bilan ham bog‘liq edi. «Bir mamlakat — bir ovoz» tamoyilini yoqlovchi yevropacha yondashuvga teskari ravishda AQSh ko‘proq ovozga ega bo‘lish g‘oyasini ko‘tarib chiqdi.

GATT doirasida amalga oshirilgan muzokaralar evalyusiyasi. GATT raundlari va ularning mazmuni.

Xalqaro savdo tashkilotini tashkil etish to‘g‘risidagi shartnomaning tarif masalalariga bag‘ishlangan bo‘limini tashkil qilish bo‘yicha maxsus munazaralar Jenevada bo‘lib o‘tdi. Natijada 1948-yil 30-iyunda tarif va savdo masalalari bo‘yicha vaqtinchalik shartnoma — GATT (General of Trade and Tariff) 23 mamlakat tomonidan imzolandi. Shu sababli 1948-yil 30 iyun GATT tashkil topgan kun deb e’tirof etiladi.

1948-yil 24-martda esa ushbu mamlakatlarning aksariyat qismi XST nizomini imzoladi, ammo bu hujjatning milliy qonunchilik organlari tomonidan ratifikatsiya


qilinishi ancha qiyin kechdi. Deyarli hamma mamlakatlar nizomning AQSh kongressi tomonidan ratifikatsiya qilinishini kutishdi. Ammo 1950-yilning dekabr oyida AQSh kongressi 3 marta XST nizomini qaytargandan keyin AQSh prezidenti apparati bu hujjatni boshqa ratifikatsiya qilishga harakat qilmasligini e’lon qildi.
Tokio raundi jarayonida qator masalalar hal etilmadi. Jumladan, qishloq xo'jalik mahsulotlari savdosi, tashqi savdodagi himoya choralari bo‘yicha kelishuvlar qabul qilinmadi. Ko‘pchilik hollarda qabul qilingan kodekslarni yetakchi taraqqiy etgan mamlakatlar imzolashdi. Yuqoridagi sabablarga ko‘ra hal qilinmagan masalalar Urugvay raundiga qoldirildi.

JST ga a’zo bulish boskichlari. JST faoliyatining zamonaviy tendensiyalari.

GATT doirasida bo‘lib o‘tgan sakkizinchi Urugvay raundi davomiyligi va ishtirokchilari soni jihatidan avvalgi raundlardan katta bo‘ldi. Urugvay raundi 1986-1994-yillarda bo‘lib o‘tdi va unda 123 ta mamlakat qatnashdi. Urugvay raundida xalqaro xizmatlar savdosi, intellektual mulk huquqiga amal qilish, savdodagi nizolarni hal etish qoidalari, azo mamlakatlar tashqi savdo siyosati to‘g‘risida axborot berish, qishloq xo'jalik mahsulotlari savdosi kabi masalalar muhokama qilindi

GATT da ko'plab qarorlar qabul qilinishi AQSh, Yel, Kanada va Yaponiyadan


iborat «kvarro guruhi»ning o‘zaro kelishib olishiga ustun darajada bog‘liq edi.
1993-yilda kvarro guruhi qishloq xo‘jalik mahsulotlarining savdosi bo'yicha yagona
qarorga kelganini e’lon qildi. Ushbu sababga ko‘ra Urugvay raundi 1994-yil
15-aprelda Marokashda o‘z nihoyasiga yetdi.

O’zbekiston va JST munosabatlari O’zbekitonning JSTga a’zo bo’lish jarayonlaridagi iqtisodiy oqibatlar tavsifi.

Urugvay raundida erishilgan muhim yutuqlardan biri — JST ni tuzish to'g'risidagi kelishuvning qabul qilinishi bo'ldi. JST 1995-yil 1-yanvardan mustaqil xalqaro tashkilot sifatida o'z faoliyatini boshladi. 2011-yil dekabriga kelib JST a’zolari soni 157 ta bo‘lib, 26 ta davlat kuzatuvchi maqomiga ega. A’zo bo‘lgan mamlakatlar hissasiga Jahon savdo aylanmasining 97 % to‘g‘ri keldi va 14,85 trln. dollargateng bo‘ldi'.

Xalqaro savdoning hamma ishtirokchilari uchun yagona qoidalar va joriy qilingan yangi me’yorlarni nazarda tutuvchi savdo tashkilotining tashkil qilinilishi xalqaro savdo to‘siqlarini bartaraf etishda muhim ahamiyat kasb etdi.


http://genderi.org
Download 5.2 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling