G. Rafiqova F. Nishonova, O‘zbekistonda demokratik jamiyat qurish nazariyasi va amaliyoti fanidan ma’ruza matni


Evroosiyo iqtisodiy hamjamiyati (1995)


Download 1.47 Mb.
bet160/165
Sana02.01.2022
Hajmi1.47 Mb.
#198933
1   ...   157   158   159   160   161   162   163   164   165
Bog'liq
ozbekistonda demokratik jamiyat qurish nazariyasi va amaliyoti

3. Evroosiyo iqtisodiy hamjamiyati (1995). Evropa – Osiyo Iqtisodiy hamjamiyati, 2000 yil oktyabr oyida Belorussiya, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Rossiya va Tojikiston mustaqil davlatlari rahbarlari imzo chekkan SHartnoma asosida tuzilgan xalqaro takshkilot. 2005 yil 6-7 oktyabr kunlari O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti I.A.Karimov Sankt-Peterburg shahrida O‘zbekistonning EvrAzES tashkilotiga kirishi haqida kelishdi. SHu masala bo‘yicha 2005 yil 14-15 noyabrda Moskva uchrashuviga bordi. I.Karimovning taklifi bilan EvrAzES va bungacha bo‘lgan «Markaziy Osiyo hamkorligi» tashkiloti ayni bir xil maqsad hamda vazifalarni o‘z oldilariga qo‘yganini ko‘zda tutib, bu ikki tashkilot birlashtirildi, faoliyati osonlashtirildi, xarajatlar kamaytirildi. EvrAzES – iqtisodiy hamkorlikning yangi sharoitlarda yangi shakl va yangi yo‘llarini topishning ijobiy misollaridan biri ekanligi ma’lum bo‘lmoqda. Masalan, 2006 yil davomidayoq boj tariflarini unifikatsiyalash, uchinchi mamlakatlardan kiritilayotgan mahsulotlarga bosh olish masalalari hozirning o‘zidayoq 60 foizga bajarilgan. Undan tashqari, fuqarolarning davlatlararo vizasiz yurishi, oliy o‘quv yurtlariga qabul, oliy ma’lumot va ilmiy daraja hamda ilmiy unvon to‘g‘risidagi diplomlarni tenglashtirish kabi muhim masalalar hal qilindi va bu qadamlar integratsiya munosabatlarining chuqurlashishiga va tezlashishiga olib keladi. Dastlab Evroosiyoga a’zo davlatlarning manfaati, potensali bir xil emasdi: Rossiya 48, Qozog‘iston, Belorus 20 foizdan, Tojikiston, Qirg‘iziston 10 foizdan iborat ovozga ega bo‘lgan.

EvrAzESning shakllanishi, SHanxay Xamkorlik Tashkilotining faolligi, bu Tashkilotga Hindiston, Eron, Pokiston va Mongoliyaning kirishga intilishi va boshqa o‘zgarishlar Evroosiyo qt’asida integratsion jarayonlar kuchayotganidan darak beradi. Bu esa hozirgi zamonning iqtisodiy, siyosiy va madaniy-ma’naviy muammolarini echishning samarali yo‘llaridan biridir.

EvrAzES davlatlari rahbarlarining 2006 yil 25 yanvarda navbatdagi sammitida O‘zbekiston Respublikasi EvrAzES a’zoligiga rasmiy ravishda qabul qilindi.

2006 yil oktyabrida Evrosiyo iqtisodiy hamjamiyati 17-yig‘ilishi:

1) YAgona bojxona ittifoqini yaratish.

2) Evrosiyo iqtisodiy hamjamiyatining umumiy energetika bozorini shakllantirish masalalarini ko‘rib chiqdi.

2007 yil 19 noyabrda Toshkentdagi Xalqaro hamkorlik markazida Siyosiy tadqiqotlar markazi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi bilan hamkorlikda “Markaziy Osiyo taranskontinental transport ko‘prigi: salohiyat va taraqqiyot istiqboli” mavzusida xalqaro konferensiya o‘tkazildi. Bu anjumanda Markaziy, Janubiy-SHarqiy Osiyo, MDH, YAqin, O‘rta va Uzoq SHarq, Evropa mamlakatlari ekspertlari hamda BMT, SHHT, EvrAzES, ESKATO (BMTning Osiyo va Tinch okeani uchun iqtisodiy va ijtimoiy komissiyasi) kabi xalqaro tashkilotlardan vakillar qatnashdi. Rossiya, Xitoy, YAponiya, Hindiston, Pokiston, Fransiya, turkiya, Latviya, Eron, AQSH va Qozog‘istondan kelgan ekspertlar o‘z fikrlarini bildirdi.

Markaziy Osiyoning jahon jurofiyasidagi o‘rni, uning transport-tranzit salohiyati yuksak. SHu sabab mazkur konferensiyada quyidagi mulohazalar e’tiborga qaratildi. Markaziy Osiyo davlatlari uchun transport kommunikatsiyalarini rivojlantirish iqtisodiy, jug‘rofiy va strategik jihatdan muhim ahamiyatga ega. Ma’lumki, Buyuk Ipak yo‘li: Evroosiyoda SHarq-G‘arb (Osiyo va Evropa) yoki Janub-SHimol (Hind okeani, Fors ko‘rfazi, Rossiya va Boltiqbo‘yi mamlakatlari) yo‘nalishi bo‘yicha davom etadi. YAponiya hukumati «Toshguzar-Boysun-Qumqo‘rg‘on temir yo‘lini barpo etish uchun 150 million AQSH dollari miqdorida imtiyozli kredit berdi. Qurilajak «Andijon-O‘sh-Qashqar» avtomobil yo‘li Markaziy Osiyodan Xitoyga chiqish imkonini beradi. “Saraxs-Tejan-Mashhad” temir yo‘li Eronning Fors ko‘rfazidagi bandargohlariga yo‘l ochadi. 2003 yili Tehronda O‘zbekiston, Eron va Afg‘oniston Prezidentlari “Transafg‘on» yo‘lini barpo etishga qaratilgan xalqaro transport yo‘nalishlari to‘g‘risidagi bitimni imzolagan edi. Bu loyiha «Toshkent-Termiz-Mozori sharif-Hirot” yo‘nalishi bo‘ylab Erondagi Bandar Abbos va CHohbahor portlariga chiqish imkonini beradi. Buning uchun narkotrafik kabi transmilliy illatlarga birgalikda kurashish lozimligi aytildi.

Dengiz transportiga ortilgan yuk Januiy-SHarqiy Osiyodan Evropaga o‘rtacha 30-35 kunga etib boradi. Janubiy-SHarqiy Osiyodan Evropaga quruqlik orqali borish – bir manzildan ikkinchisiga vagon yoki avtomobilga ortilgan yukni etkazish uchun 10-12 kun ketadi (Bunda tashilayotgan yuk ishlab chiqaruvchidan to‘g‘ridan-to‘g‘ri iste’molchiga borib tushadi). Temir yo‘lning qulayligi vaqt va mablag‘ talab qilsada, qisqa muddatda o‘zini oqlaydi, yoqilg‘i kam sarflanadi. Hozir O‘zbekiston hududi orqali 20 ta xalqaro transport yo‘li o‘tgan. Markaziy Osiyo mamlakatlarida avtomobil yo‘lining uzunligi 320 ming, temir yo‘llariniki 20 ming, neft-gaz quvurlariniki 40 ming kilometrdan oshadi. Mintaqamiz davlatlarida yuzdan ziyod aeroport bo‘lib, ularning 20 tasi Xalqaro havo darvozasi sanaladi. Yillik yuk tashish ko‘rsatkichi 4 milliard tonnaga yaqin (Boboev A. Markaziy Osiyoning transport-tranzit salohiyati. “Xalq so‘zi”, 2007 yil 21 noyabr).


Download 1.47 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   157   158   159   160   161   162   163   164   165




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling