19
mazkur nuqtadan tushirilgan shovun chizig’i yo’nalishida Yer yuzasi bilan
kesishishdan hosil bo’lgan chiziq tushuniladi.
Yer yuzidagi biror nuqtaning astronomik meridiani bilan boshlang’ich deb
qabul qilingan Grinvich meridiani tekisliklari orasida hosil bo’lgan
burchak shu
nuqtaning astronomik uzunligi deyilib
,
(𝛌) bilan belgilanadi.
Yer yuzidagi biror
nuqtadan tushirilgan shovun chizig’i bilan ekvator
tekisligi orasida hosil bo’lgan
burchak shu nuqtaning
astronomik kengligi bo’lib,(𝛗)bilan belgilanadi.
Geodezik va astronomik koordinatalar tizimlari
bitta umumiy nom bilan
geografik koordinata deb
yuritiladi. Bunda nuqta koordinatasi astronomik usulda
aniqlangan deb faraz qilinadi. Geografik koordinataning
afzalligi yer yuzidagi barcha nuqtalarning o’rni
yagona
tizimda aniqlanishidir.
Do'stlaringiz bilan baham: