G. S. K u t u m o V a I. I. I n o g a m o V g e o d e z I ya va m a r k s h e y d e r L i k I s h I
Download 6.42 Mb. Pdf ko'rish
|
O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi
Geodezik koordinatalar. Geodezik koordinata tizimida biron nuqtaning
o’rnini aniqlashda asosiy koordinata yuzasi qilib referens-ellipsoid yuzasi, asosiy koordinata chiziqlari sifatida esa geodezik meridian va parallellar qabul qilinadi. Yer ellipsoididagi biror nuqtaning o’rnini aniqlashda shu nuqtadan o’tkazilgan meridian va parallelning kesishish nuqtasidan foydalaniladi. Biror nuqtadan o’tkazilgan meridian shu nuqtaning geodezik uzunligini, parallel esa geodezik kengligini bildiradi. Geodezik kenglik va uzunlik to’g’risida so’z yuritishdan avval ekvator, geodezik meridian va parallelni tushuntirib o’tamiz. Yer ellipsoidining kichik (qutbiy) o’qi orqali bo’ylamasiga o’tkazilgan kesma-meridianal tekislik, shu tekislikning ellipsoid yuzasi bilan kesishishidan hosil bo’lgan chiziq esa geodezik meridian deyiladi. Yer ellipsoidining biror nuqtasidan uning o’qiga perpendikulyar o’tkazilgan kesma parallel tekislik, bu tekislikning ellipsoid yuzasi bilan kesishishi natijasida hosil bo’lgan chiziq esa parallel deb ataladi. Yer ellipsoidi markazidan o’tkazilgan parallel kesma-ekvator tekisligi, 2.3-rasm.Yer ellipsoidi 18 uning ellipsoid yuzasi bilan kesishishidan hosil bo’lgan chiziq esa ekvator deyiladi.(2.3-rasmda)Yer ellipsoididagi nuqta geodezik koordinatasining geometrik mazmuni ko’rasatilgan.Yer ellipsoididagi (M) nuqtaning geodezik kengligi shu nuqtaning normal chizig’i (mn) bilan ekvator tekisligi orasidagi burchakdan iborat. Geodezikkenglik (B) bilan belgilanadi va ekvatordan qutblarga tomon 0 dan 90 o gacha hisoblanadi. Nuqta ekvatordan shimolda bo’lsa, uning geodedzik kengligi shimoliy kenglik, janubda bo’lsa, janubiy kenglik deb ataladi.Shimoliy kenglikning ishorasi musbat (+), janubiy kenglikning ishorasi manfiy (-) bo’ladi. Berilgan nuqtaning geodezik uzunligi uning geodezik meridiani bilan bosh meridian tekisligi orasidagi burchakdan iborat bo’lib,(L) bilan belgilanadi. Bosh meridian qilib, Grinvich observatoriyasi zalining markazidan o’tgan (no`l) meridian qabul qilingan. Geodezik uzunlik Grinvich meridianidan boshlab g’arbga va sharqqa tomon 0 dan 180 o gacha o’lchanadi. Nuqta Grinvich meridianidan g’arbda joylashgan bo’lsa, uning uzunligi g’arbiy (musbat), sharqda bo’lsa sharqiy (manfiy) bo’ladi. Download 6.42 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling