G. S. K u t u m o V a I. I. I n o g a m o V g e o d e z I ya va m a r k s h e y d e r L i k I s h I


 Geodeziyani xalq xo`jaligidagi o`rni


Download 6.42 Mb.
Pdf ko'rish
bet9/199
Sana30.10.2023
Hajmi6.42 Mb.
#1735273
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   199
Bog'liq
O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi

1.3. Geodeziyani xalq xo`jaligidagi o`rni 
Bizga ma`lumki,insoniyatning asosiy xo‘jalik faoliyati yer usti va yer osti 
qazilma boyliklaridan oqilona foydalanish bilan bog‘liqdir. Bu masalalarni ilmiy, 
maqsadli tarzda, reja asosida bosqichma-bosqich amalga oshirish uchun, dastlab, 
Yer yuzasida ma'lum topografik - geodezik ishlari bajariladi. 
O`lchashlar va hisoblashlar natijasida tayyor qilingan plan,karta va profillar 
geodezik ishlarning asosiy mahsuloti bo‘lib, ulardan xalq xo‘jaligining turli 
sohalarida keng foydalaniladi. Ular turli korxonalarni, binolarni, ish olib borilgan 
karyer va shaxtalarni yer yuzasini bosh planlarini tuzish, kerakli bo`lgan maydonlar 


12 
chegaralraini aniqlash, ular yuzasini hisoblash, konchilik korxonalarini qurishda eng
zarur bo`lgan ishlardan hisoblanadi. 
Konchilik korxonlarni binolarini qurish jarayonida konchi geodezist 
marksheyderlar geodezik uslublar yordamida devorlar tikligi, ustunlar vertikalligi 
va gorizontalligi, uskunularni loyihaviy holatiga o‘rnatish, hamda muhandislik
inshootlardan foydalanish jarayonida ular deformatsiyasi va cho‘kishlarini kuzatish 
amalga oshiriladi.Avtomobil va temir yo‘llar, ko‘priklar, tunnellarni loyihalash va 
qurishni geodezik ishlarsiz umuman tasavvur qilib bo‘lmaydi. 
Hozirgi zamon geodezik asboblar yani elektron teodolitlar, raqamli nivelirlar, 
elektron taxeometr,yer ustilazerskanerlar,lazer ruletkalar va boshqa texnikalarlardan 
foydalanib, turli murakkab geodezik ishlarni bajarish yo‘lga qo‘yilmoqda. Berilgan 
yer bo‘lagining plan, karta va profillarini tuzishda Yerning sun'iy yo‘ldoshi 
yordamida yer nuqtalari koordinatalarini tez va kam mehnat sarflab aniqlash, 
topografik syomka natijalarini maxsus yodlash kartasiga yozib olib, kompyuterda 
ishlab chiqish va joyning elektron kartasi yoki joyning raqamli modelini tuzish 
texnologiyasi qo‘llanilmoqda. 
Tayanchso’zlar: yer,karta,ellipsoid, geodeziya, kartografuya, fototopografiya
aerofototopografiya, topografiya,geodezik asboblar, geologiya, matematika, 
chizmachilik, fizika, geografiya. 

Download 6.42 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   199




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling