G shaxmurova, I. Azimov, U. Raxmatov
Qon aylanish vaqti, qon aylanish tezligiga oid masalar yechish metodikasi
Download 1.29 Mb.
|
G. shaxmurova, I. Azimov, U. Raxmatov
- Bu sahifa navigatsiya:
- Javob
Qon aylanish vaqti, qon aylanish tezligiga oid masalar yechish metodikasi
Umidining qon tomirlarida aylanadigan qonining miqdori 5400 ml. Minutlik ventilyatsiyasi 4500 ml/min bo‘Isa. Umidning tanasi bo‘ylab barcha qonini qanchada aylanib chiqishini hisoblang? Yechilishi: Masalani yechish uchun proporsiya tuzamiz: 4500 ml. - 60 s. 5400 ml. - x x =5400 • 60 : 4500 = 72 s. Javob: sportchining qoni 72 s. da to‘liq aylanib chiqadi. Agar qon tomirlaming ko‘ndalang kesimini maydoni 6 sm2 bo‘lib, oqish tezligi 84 1/s bo‘lsa, qonning tomirlar bo‘ylab harakatlanish tezligi qancha? Yechilishi: Qonning chiziqli harakati quyidagi formula bilan hisoblanadi: U= Q:A; U= 84 ml/s:6 sm2 = 14 sm/s Javob: 14 sm/s Mustaqil yechish uchun masalalar. Kuzatilayotgan odamning tana og‘irligi 72 kg. Yuragi minu- tiga 64 marta urmoqda, chap qorincha har qisqarganda 70 ml qonni qon tomirlarga haydab beradi. Butun tanani barcha qon qancha vaqtda aylanib chiqish vaqtini toping. Qon butun tanani 30 sekundda aylanib chiqadi. Yurak sikli minutiga 100 niarta, yurakning minutlik ventilyatsiyasi 7000 ml. Yurakning bir sistolik hajmini toping. Qon butun tanani 27 sekundda aylanib chiqadi. Yurak sikli minutiga 58 marta, yurakning minutlik ventilyatsiyasi 7500 ml. Yurakning bir sistolik hajmini toping. Agar qon aylanish 20 sekundni o‘z ichiga olsa. Ya’ni qon 20 sekundda butun tanani aylanib chiqsa, katta odamning aorta yoyidagi qonning oqish tezligini toping. Muhammadning tana masasi 70 kg, qonning minutlik ventilyatsiyasi minutiga 4500 ml.ni tashkil etgan. Uning barcha qoni qancha vaqtda aylanib chiqishini hisoblang. Tana massasi 82 kg bo‘lgan odamning yurak urushlar soni minutiga 70 ta, sistolik hajmi 70 ml, arterial qon tarkibida 22 % kislorod, venoz qonida 6 % karbonat angidrid bo‘lsa, uning minutlik ventilyatsiyasi, qancha vaqtda qon tanani aylanib chiqishini, pulsini, qondagi kislorod va gemoglobin miqdorini aniqlang. Aortada qonning oqish tezligi sekundiga 500 mm, uning oqish maydonining ko‘ndalang kesimi 4 sm2 ni tashkil etadi. Vena qon tomirlarda qonning oqish tezligi sekundiga 25 mm ni tashkil etsa, venaning ko‘ndalang kesimidagi qonmng oqish maydoni qancha? Agar qonmng oqish tezligi sekundiga 50 mm bo‘lib, vena tomirlaming ko‘ndalang kesmi 20 sm2 bo‘lgan qon tomirlardagi qonning oqish tezligini hisoblang. Aortada qonning oqish tezligi sekundiga 500 mm bo‘lib, AB = 120/80 aortaning uzunligi AD = 4 sm ni tashkil etsa, qonning yopishqoqligi qancha bo‘ladi? Qon arteriyadan kapillyarga undan vena qon tomirlarga o‘tishi natajasida oqish tezligi qanday o‘zgaradi? Agar qonning oqish tezligi sekundiga 150 ml boTsa uning minutlik ventilyatsiyasi qancha bo'ladi? Agar qonning minutlik ventilyatsiyasi 6 litmi tashkil etsa, uning oqish tezligi qancha bo‘ladi? Agar odam yuragi minutiga 100 marta urib, sistolik hajmi 90 ml ni tashkil etsa, aortada qon qaflday tezlikda oqishini aniqlang. Agar tinch holatdagi yurak minutiga 65 marta urib sistolik hajmi 88 mini tashkil etgan, yugurish vaqtida 108 marta minutiga urib, har qisqarganda 94 ml qonning tomirlarga haydab bersa, necha marta tinch holatdagiga nisbatan qonning oqish tezligi ortishini toping? Rasmda berilgan yurak qismlariga mos raqamlami yozing aniqlang.
Download 1.29 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling