Mustaqil yechish uchun masala va mashqlar
Tana og‘irligi 85 kg bo‘lgan erkak kishining qon tomirlardagi qon miqdorini hisoblang.
Tana og‘irligi 53 kg bo‘lgan ayol kishining qon tomirlardagi qon miqdorini hisoblang.
Tana og‘irligi 77 kg bo‘lgan sportchining 1 kg tana massasiga to‘g‘ri keladigan qon miqdorini hisoblang.Qon umumiy tana massasini 7 %ini tashkil etishini hisobga olgan holda masalani ishlang.
Sportchining umumiy qon miqdori 5 1 ni tashkil etadi. 1kg tana massasiga 0.70 ml qon to‘g‘ri kkeladi. Sportchining tana og‘irligini hisoblang.
Yosh bolaning 1kg tana o‘g‘irligiga 70 ml qon to‘g‘ri keladi. Agar yosh sportchining tana og‘irligi 28 kg bo‘lsa, uning umumiy qon miqdori qancha bo‘ladi?
Agar tanadagi qonning miqdori 5.5 1 bo‘lsa gematokrit 45% ni tashkil etsa qon plazmasining miqdori qancha bo‘ladi.
Tana og‘irligi 75 kg bo‘lgan erkak kishining plazma miqdorini aniqlang. Agar 1 kg tana massasiga 75 ml qon to‘g‘ri kelib, gemotokriti 47 % ga teng bo‘Isa?
Tana og‘irligi 40 kg bo‘lgan ayol kishining qon tarkibidagi shaklli elementlar miqdorini aniqlang. Agar 1 kg tana og‘irligiga 65 ml qon to‘g‘ri kelib, gemotokriti 42% teng.
Qoni tarkibidagi plazma miqdori 750 ml bo‘lgan bolaning tana og‘irligi qancha bo‘lishini hisoblang.
Sportchining tinch holatda aylanib chiqadigan qonini miqdori 5.01 ni gematokrit 47 % tashkil etadi. Agar gematokrit 50 % ga oshsa, qon plazmasining miqdori qanchaga o‘zgaradi?
Tana og‘irligi 82 kg bo‘lgan sportchi jismoniy mashq vaqtida qon tomirlarda aylanadigan qon miqdori 600 ml ga kamaygan. Qondagi gematokrit qanday o‘zgarishga uchraydi?
Tana yuzasi 1.7 m2 sportchining qon tomirlaridagi qon miqdorini hisoblang.
Tana yuzasi 1.9 m2 sportchi ayolning qon tomirlaridagi qon miqdorini hisoblang.
no
Do'stlaringiz bilan baham: |