G shaxmurova, I. Azimov, U. Raxmatov


Download 1.29 Mb.
bet62/77
Sana26.02.2023
Hajmi1.29 Mb.
#1233011
1   ...   58   59   60   61   62   63   64   65   ...   77
Bog'liq
G. shaxmurova, I. Azimov, U. Raxmatov

360000
Mustaqil yechish uchun masala va mashqlar

  1. RNK dagi nukleotidlaming tarkibi adenin-27 %, guanin-35 %, sitozin-18 %, uratsil-20 %. Ushbu i-RNK matrisa rolini o‘ynagan DNK molekulasi (gen) tarkibidagi nukleotidlar foizini toping.

  1. DNK molekulasi reduplikatsiyaga uchrab ikkita zanjir hosil qildi, ulardan biridagi nukleotidlar izchilligi quyidagicha TAG AST GGT ASA SGT GGT. Ushbu nukleotidlar izchilligi ikkinchi zanjimi hosil qilgandan so‘ng undagi nukleotidlar izchilligi qanday bo'ladi?

  2. Agar DNK fragmentidagi tripletlar izchilligi ASA ATA AAA GTT SGTga mos keladigan oqsilning birlamchi stmkturasidagi aminokislotalar ketma-ketligini toping.

  3. Ma’lumki RNKning barcha turlari matritsa asosida DNKdan sintezlanadi. DNK fragmentidan nukleotidlar izchilligi quyidagicha -ATAGSTGAASGTAST-. bunga mos holda sintezlanadigan t-RNK halqasidagi nukleotidlar izchilligi va ushbu t-RNK tashib beradigan aminokislotalar ketma-ketligini. Uchinchi tripletga to‘g‘ri keladigan t-RNKning antikodonini toping. Javobingizni izohlang.

  4. Genning ma’lum bir uchastkasi: SGG SGS SAAAASGTTT nukleotidlar ketma-ketligidan iborat. Bu gen uchastkasida saqlanadigan oqsil uchastkasini toping. Agar gendagi 4 - nukleotid yo'qolsa oqsil molekulasida qanday o‘zgarish ketishi mumkin?

  5. DNKdagi nukleotidlar ketma-ketligi quyidagicha - AATGSAG GSASSATG. Mutatsiya natijasida 2 va 5 - nukleotidlar bir vaqtda yo'qolgan. Mutatsiyadan so‘ng hosil bo‘lgan DNK zanjiridagi nukleotidlar ketma-ketligini toping. Unga asoslanib i-RNK dagi nukleotidlar va u asosida sintezlanadigan aminokislotalar ketma- ketligini toping.

  6. DNK fragmentidagi nukleotidlar ketma-ketligi quyidagicha: - ATA AGT ATG SST-Bu asosida i-RNK dagi nukleotidlar ketma-ketligi va polipeptid zanjiridagi aminokislotalar ketma-ketligini toping. Agar mutatsiya natijasida ikkinchi triplet nukleotidlari tushib qolsa oqsil sintezida qanday o‘zgarish yuz beradi?

  7. Mioglobin oqsili 155 ta aminokislotadan iborat. Bu oqsilni sintezlaydigan DNK uchaskasini uzunligi qancha? Agar bitta nukleotid DNK zanjirida 0.34 nm masofani egallasa.

  8. Polipeptid zanjirining birlamchi strukturasini o‘zida kodlagan DNKning ma’lum bir uchastkasi 15 nukleotiddan iborat. Bunga mos aminokislotalami kodlaydigan i-RNK nukleotidlar sonini, nechta aminokislota ekanligi va t-RNK sonini toping. Javobingizni tushuntiring.

  9. Translyatsiya jarayonida 50 molekula t-RNK ishtirok etgan. Oqsil molekulasi o‘zi sintezlanadigan i-RNK molekulasidan necha marta yengil. Aminokislotning o‘rtacha molekulyar massasi 100, nukleotidniki - 345 ga teng. Javobingizni izohlang.

  1. .DNK molekulasini bir qismining uzunligi 850 nm. DNKning bir zanjiridagi nukleotidlar miqdorini aniqlang.

  1. DNK molekulasi 1200 juft nukleotidlardan iborat. Ushbu molekuladigi to‘liq spiral bo‘lib buralishlar sonini va unda kodlangan aminokislotalar soni hamda genning og‘irligini toping.

  2. Gipofizning oldingi bo‘lagidan ajraladigan adrenokortikot- rop gormoni uchastkasi: - Ser - Tir - Ser — Met- aminokislotalardan iborat. Berilgan aminokislotalarga mos t-RNK antikodonini toping.

  3. Quyida berilgan aminokislotalami i-RNKdagi qaysi tripletlar ketma-ketligi kodlaydi.? i-RNK bo‘yicha tripletlar ketma-ketligini toping.

  1. fenilalanin - prolin- prolin - serin

  2. treonin - triptofan - tirozin- valin

v) treonin - triptofan - valin - serin
g) alanin - asparagin - glutamin kislota - gistidin
d) leytsin - prolin - gistidin - fenilalanin.

  1. RNKning ma’lum uchaskasidagi nukleotidlar ketma- ketligi quyidagicha

  1. SSS GSS ASS UGS GGG AUS SAS

  2. AGS AGU AGA LTUS UUU TSUU GAS v) GSS USS ASS GGG SGS AGA AGU

g) SGG GGS UUS UAG AAS GAUGAG d) SGS SAS SAG GAS GAG AGA AGU bu tripletlar qanday aminokislotalami kodlaydi? Genetik kod asosida aminokislotalar ketma-ketligini toping.

  1. Oqsil molekulasi 178 ta aminokislotadan tashkil topgan, ushbu oqsil moleklusini sinteziga javobgar gen uzunligini toping. Nukleotidlar orasida mavofa 3.4A ga teng.

  2. 1100 aminokislotadan iborat oqsilning molekulyar massasi kattami yoki genning molekulyar massasimi? Agar aminokislotalar molekulyar massasi 120, nukleotidlar molekulyar massasi 300 ga tengligini inobaqtga olgan holda javobingizni izohlang


Download 1.29 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   58   59   60   61   62   63   64   65   ...   77




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling