Ga teng bo’lgan segment ajratadi. Kvadratning yuzini toping
Download 18.68 Kb.
|
QUDRATBEK.TEST
10.124 . 10.125. Katetlari a va b bo’lgan to’g’ri burchakli uchburchakka kvadrat ichki chizilgan bo’lib, u uchburchak bilan umumiy to’g’ri burchakka ega (yani kvadratning ikkita tomoni uchburchakning katetlarida , bir uchi esa gipotenuzada yotadi). Kvadratning yuzini toping. 10.126.Yarim doiraning diametrida tomonlari diametrga teng bo’lgan muntazam uchburchak chizilgan. Uchburchakning yarim doira tashqarisidagi va ichidagi bo’laklarining yuzlari qanday nisbatda bo’ladi. 10.127. Tomoni a ga teng bo’lgan muntazam uchburchakka aylana ichki chizilgan bo’lib, bu aylanaga muntazam oltiburchak ichki chizilgan. Oltiburchakning yuzini toping. 10.128. Tomoni a ga teng bo’lgan kvadratga aylana tashqi chizilgan, aylanaga esa muntazam oltiburchak tashqi chizilgan. Oltiburchakning yuzini aniqlang. 10.129.Teng yonli trapetsiyaga doira ichki chizilgan. Uning yon tomonlaridan biri urinish nuqtasida uzunligi m va n bo’lgan kesmalarga bo’linadi. Trapetsiyaning yuzini aniqlang. 10.130. Aylanaga ichki chizilgan kvadratning tomoni aylanadan yuzi (2 -4) sm2 ga teng bo’lgan segment ajratadi. Kvadratning yuzini toping. 10.131. o’tkir burchagi 30 bo’lgan rombga doira ichki chizilgan. Doiraning yuzi Q ga teng. Rombning yuzini toping. 10.132. Yoyi 60 bo’lgan doraviy sektorga doira ichki chizilgan. Bu doira yuzining sektor yuziga nisbatini toping. 10.133. Aylanadanm a uzoqlikdagi M nuqtadan shu aylana uzunligi 2a ga teng bo’lgan urinma o’tkazilgan. Bu aylanaga ichki chizilgan muntazam oltiburchakning yuzini aniqlang. 10.134. Teng yonli trapetsiyaning pastki asosi 40 sm ga, ustki asosi esa 24 sm ga teng. Bu trapetsiyaning dioganallari o’zaro perpendikulyar. Uning yuzini toping. 10.135. Uchburchakning asosi 30sm ga teng , yon tomonlari esa 26 sm va 28 sm . Balandlik 2:3 kabi nisbatda (uchburchakning uchidan boshlab xisoblaganda) bo’lingan va bo’linish nuqtasidan asosga parallel to’g’ri chiziq o’tkazilgan. Bunda hosil bo’lgan trapetsiyaning yuzini aniqlang. 10.136. To’g’ri burchakli uchburchak o’tkir burchagining bissiktrisasi qarshisidagi katetni 4 sm 5 sm uzunlikdagi kesmlarga bo’ladi. Uchburchakning yuzini aniqlang. 10.137. Uzunligi o’zgarmas bo’lgan AB vatar R radiusli aylanada o’zining uchlari bilan sirpanadi. VAtarda yotgan C nuqta bu vatarning A va B uchlaridan a va b masofalarda bo’lib , u to’liq aylanganda ichki aylana chizadi. Berilgan aylana va C nuqta chizgan aylana bilan chegaralangan xalqaning yuzini xisoblang. 10.138. r radiusli uchta teng aylana bir-biriga juft-juft bo’lib urinadi. Aylanalar tashqarisida yotgan xamda ularning urinish nuqtalari orasidagi yoylari bilan chegaralangan figurani yuzini xisoblang. 10.139. Rombning tomonlarida, ularni diametrlar qilib, yarim aylanalar ichkariga qaratib chizilgan . Agar rombning dioganallari a va b ga teng bo’lsa xosil qilingan figuraning yuzini aniqlang. 10.140.Agar to’rtburchakning uchlaridan uning dioganallariga parallel to’g’ri chiziqlar o’tkazilsa, u holda bu to’g’ri chiziqlardan hosil bo’lgan paralelogramning yuzi berilgan to’rtburchakning yuzidan ikki marta katta ekanligini isbot qiling. 10.141. Agar teng yonli trapetsiyaning asoslari va yuzi mos ravishda 8 sm ,14 sm va 44 sm2 ga teng bo’lsa, uning yon tomonlarini aniqlang. 10.142. Muntazam uchburchakka aylana ichki chizilgan , ung esa muntazam oltiburchak ichki chizilgan . Uchburchak va oltiburchak yuzlarining nisbatini toping. 10.143. Ikkita doiraning umumiy vatari 60 va 120 li yoylarni tortib turadi. Bu doiralar yuzlarining nisbatini toping. 10.144. To’g’ri to’rtburchakning katta tomoniga yondoshgan ikkita burchagining bissiktrisalari o’tkazilgan. Agar to’g’ri to’rtburchakning tomonlari 2m va 4m ga teng bo’lsa , shu bissiktrisalar bilan to’g’ri to’rtburchak qanday bo’laklarga bo’linishini aniqlang. 10.145. Rombning balandligi 12 sm ga teng , uning diaganallaridan biri esa 15 sm ga teng . Rombning yuzini toping. 10.146. Uchburchakning ikkita tomoni 13 sm va 14 sm ga, uning yuzi esa 84 sm2 ga teng. Uchinchi tomonni toping. 10.147. Bir xil R radiusli kesishuvchi ikkita aylananing markazlari orasidagi masofa ularning radiusiga teng. Doiralarning umumiy bo’lagining yuzini aniqlang. 10.148. Agar teng yonli trapetsiyaning balandligi H ga teng yon tomoni tashqi chizilgan aylananing markazidan 60 li burchak ostida ko’rinadigon bo’lsa , uning yuzini toping. 10.149. Radiusi R ga teng bo’lgan doira , unga ichki chizilgan kvadratning tomoniga teng bo’lgan vatar bilan ikkita segmentga bo’lingan. Bu segmentlardan kichigini yuzini aniqlang. 10.150. Uzunliklari C1 va C2 (C1>C2) ga teng bo’lgan ikkita konsentirik aylanalar orasida yotgan doiraviy xalqaning yuzini aniqlang. 10.151. Doira unga ichki chizilgan muntazam uchburchak tomoniga teng bo’lgan vatar bilan ikkita segmentga bo’lingan.Xosil bo’lgan segmentlar yuzlarining nisbatini aniqlang. 10.152. Tomoni a ga teng bo’lgan muntazam oltiburchakka ichki aylana chizilgan , xamda uning o’ziga tashqi aylana chizilgan. Bu aylanalar orasida yotgan doiraviy xalqaning yuzini aniqlang. 10.153. R radiusli doiraning yuzi ikkita konsentrik aylana bilan uchta teng bo’lakka bo’lingan. Bu aylanalarning radiuslarini aniqlang. 10.154. Doiraviy halqaning yuzi S ga teng . Katta aylananing radiusi kichik aylananing uzunligiga teng . Kichik aylananing radiusini toping. 10.155. R radiusli doiraga markazdan turli tomonda ikkita parallel vatarlar o’tkazilgan bo’lib,ulardan biri ichki chizilgan muntazam uchburchakning tomoniga, ikkinchisi esa ichki chizilgan muntazam oltiburchakning tomoniga teng . Doiraning bu vatarlar orasidagi joylashgan bo’lagining yuzini aniqlang. 10.156. R radiusli doiraga ikkita muntazam uchburchak shunday ichki chizilganki , uning tomonlari o’zaro kesishib , kesishish nuqtalarida har bir tomon teng uch bo’lakka bo’linadi. Tomonlari uchburchak tomonlarining o’rtadagi kesmalaridan iborat bo’lgan ko’pburchakning yuzini aniqlang. 10.157. ABCD paralelogramning AB va AD tomonlariga AR=2/3AB va AE=1/3AD kesmalar qo’yilgan xamda R va E nuqtalar RE to’g’ri chiziq bilan tutashtirilgan .Parlelogram yuzining uchburchak yuziga nisbatini toping. 10.158. Radiuslari R1=6 sm ,R Download 18.68 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling