Ga yetadi, ba’zan undan ham ortadi


Muzlagan va abadiy muzlagan gruntlar


Download 23.83 Kb.
bet2/3
Sana18.06.2023
Hajmi23.83 Kb.
#1556830
1   2   3
Bog'liq
12-ma\'ruza (1)

Muzlagan va abadiy muzlagan gruntlar. 0C dan past temperaturada, odatda, g‘ovakdagi suvning bir qismi qattiq faza – muzga o‘tishi munosabati bilan gruntlar o‘z xossalarini butunlay o‘zgartiradi.
Barcha turdagi gruntlar, agar ular manfiy temperaturaga ega va tarkibida muz mavjud bo‘lsa, muzlagan gruntlar qatoriga kiradi. Tabiiy sharoitda ko‘p (uch va undan ortiq) yillar mobaynida muzlagan holatda uzluksiz (erimasdan) turgan gruntlar abadiy muzlagan gruntlar deb ataladi.
Muzlagan va abadiy muzlagan gruntlar ularda muz bilan birikish bog‘lanishlari mavjudligi tufayli manfiy temperaturada juda mustahkam va kam deformatsiyalanuvchi tabiiy tuzilmalar hisoblanadi. Biroq temperatura ko‘tarilgan yoki pasaygan taqdirda (hatto temperaturaning manfiy qiymatlari sohasida ham) muzning bir qismi erishi yoki g‘ovaklardagi suvning bir qismining muzlashi hisobiga ularning xossalari o‘zgarishi mumkin. G‘ovaklardagi muz eriganida muz bilan birikish tarkibiy bog‘lanishlari juda tez buziladi va kuchli deformatsiyalanish yuz beradi. Bunda abadiy muzlagan gruntlarning ko‘pgina turlari, ayniqsa o‘ta muzlagan changsimon-loyli gruntlar suyuq holatga o‘tishi mumkin.
Muzlagan gruntlar temperatura holatining o‘zgarishi ularning fizik xossalarida, binobarin, mexanik xossalarida ham jiddiy o‘zgarishlar yuz berishiga olib keladi.
Muz eriganida o‘ta cho‘kuvchanlik muzlagan gruntlarning muhim xususiyati bo‘lib, bu mazkur gruntlarda inshootlar qurilganida kuchli deformatsiyalanish yuz berishiga sabab bo‘lishi mumkin.
Ko‘pchuvchan gruntlar. Ko‘pchuvchan gruntlar Volgabo‘yi, Kavkazorti, Qozog‘iston va Qrim hududlarida uchraydi. Ular Misr, Janubiy Afrika Respublikasi, Manyam, AQSH va boshqa mamlakatlarda keng tarqalgan. Hindistonda, masalan, mamlakat hududining taxminan 30% ko‘pchuvchan gruntlardan tarkib topgan.
Ko‘pchuvchan gruntlar qatoriga gidrofil loyli minerallar (montmorillonit, kaolinit, gidroslyudlar) miqdori ko‘p va tabiiy holatda namlik darajasi past (w<wp) bo‘lgan loyli gruntlar kiradi.
Oquvchanlik va qotish chegarasida namlik qiymatlari bu gruntlarda ancha katta. Ko‘pchuvchan gruntlarga keluvchi nam loyli zarralar sirtida adsorbsiyalanib, gidrat qobiqlar hosil qiladi. Zarralarning dastlabki nisbatan yaqin joylashuvida gidrat qobiqlar ta’sirida ular siljib, grunt hajmining ortishiga sabab bo‘ladi. Suvning bir qismi loyli minerallarning kristallari ichiga kirib, u ham grunt hajmining ko‘payishiga olib keladi. Ko‘pchuvchan gruntlar namligi kamayganida ularning kirishishi yuz berib, keng deformatsiyalanishga sabab bo‘ladi.
Shunday qilib, ko‘pchuvchan gruntlar namlanganida ko‘pchishi (hajmining ko‘payishi) va quriganida kirishishi (hajmining qisqarishi) bilan ajralib turadi.
Gruntlarning namlanishiga sizot suvlar sathining ko‘tarilishi, gruntdan suvning bug‘lanish tabiiy sharoitlari buzilishi tufayli inshoot ostiga qo‘shimcha suv to‘planishi va hokazolar sabab bo‘lishi mumkin. Grunt namligining kamayishi odatda texnologik omillar yoki iqlim omillari bilan belgilanadi.
Ko‘pchish qobiliyatiga ega bo‘lmagan ayrim gruntlar tabiiy suv tushib namlanganida suv tarkibida kimyo, metallurgiya korxonalari va boshqa korxonalarning texnologik chiqindilaridan iborat tuz eritmalari mavjud bo‘lgan holda ko‘pchish xossasini kasb etadi. Bu hodisa ko‘pincha «kimyoviy ko‘pchish» deb ataladi.
Ko‘pchuvchan gruntlar namligining ortishi ularning ustida joylashgan poydevorlar ko‘tarilishi va qoziqli poydevorlarda manfiy (salbiy) ishqalanishning rivojlanishiga olib keladi. E.A.Sorochan zamin gruntlari ko‘pchiganida ayrim qurilmalarning ko‘tarilishi 580 mm ga yetgan hollarga misollar keltiradi. Grunt quriganidan so‘ng uning kirishishi inshootlar cho‘kishiga sabab bo‘ladi. Ayrim hollarda ko‘pchishning gorizontal bosimi ham qurilmalarning yer osti elementlariga xavf soladi.

Download 23.83 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling