Ga yetadi, ba’zan undan ham ortadi
Kam namlangan loyli gruntlar
Download 23.83 Kb.
|
12-ma\'ruza (1)
Kam namlangan loyli gruntlar. Ularga odatda loyqalar, serqatlam loylar, suvga to‘yingan lyoss gruntlari va loyli gruntlarning ayrim boshqa turlari kiradi. Bunday gruntlar tabiiy holatda serg‘ovakligi, suvga to‘yinganligi, uncha mustahkam emasligi va o‘ta shakl o‘zgaruvchanligi bilan tavsiflanadi.
Mikrobiologik jarayonlar mavjud bo‘lgan holda yuzaga kelgan suv havzalarining suvga to‘yingan hozirgi cho‘kindilari loyqalar deb ataladi (dengiz, ko‘rfaz, ko‘l, daryo, botqoq loyqalari). Loyqalar namligi oquvchanlik chegarasidagi namlikdan katta bo‘ladi (w>wL), g‘ovaklik koeffitsiyenti e0,9. Loyqalar o‘z tarkibiga ko‘ra boshqa loyli gruntlardan tabiiy qoldiqlar miqdorining ko‘pligi bilan ajralib turadi. Bu qoldiqlar jinsning tabiiy mustahkamlanish jarayonida asta – sekin chiriydi, kislorod yo‘li to‘siq bo‘lgan holda bu ko‘p yillar davom etadi. Tabiiy qoldiqlar hamda ular va suv bilan ekologik jihatdan yagona tizimga birikkan mikroorganizmlar loyqalarga alohida xossalar baxsh etadi. Boshqa loyli cho‘kindilar kabi, loyqalarda ham loyli va changsimon fraksiyalar ko‘p miqdorda mavjuddir. Ba’zan ularda mayda qumli fraksiya ham mavjud bo‘lishi mumkin. Yirikroq bo‘laklar deyarli mavjud bo‘lmaydi. Har qanday loyqaning asosiy massasini tashkil etuvchi kvars, dala shpatlari va loyli minerallar bilan bir qatorda dengiz, ko‘rfaz loyqalari va ayrim boshqa loyqalarda g‘ovakdagi eritma tarkibida yoki kristall tarzida eruvchan minerallar ham mavjud bo‘ladi. Tabiiy tuzilmalar loyqalarda massaning 2...12% ni tashkil etadi. Loyqalar suv havzalari tubida, bevosita suv ostida yoki qumli cho‘kindilarning yupqa qatlami ostida yoki torf ostida joylashadi. Loyqaning qalinligi 10 m ga, ba’zan bir necha o‘n metrga yetishi mumkin. So‘nggi holda chuqurlikda loyqalarning zichlashishi va mustahkamlanishi yuz beradi. Ular 30...50 m chuqurlikda asta – sekin oquvchan–yumshoq konsistensiyali normal loyli gruntga o‘tadi. Chuqurlikda loyqa nafaqat zichlanadi, balki unda tabiiy qoldiqlar miqdori ham kamayadi. Loyqalarning o‘ziga xos xususiyati shundaki, buzilmagan holatda ularning tarkibiy mustahkamlik darajasi uncha katta bo‘lmaydi. Loyqalarga tarkibiy mustahkamlik darajasidan past bosimlar tushishi faqat grunt skeletining tarang deformatsiyalanishiga sabab bo‘ladi. Tarkibiy mustahkamlik darajasidan ortiq statik zo‘riqishlar va ayniqsa dinamik zo‘riqishlar ta’sirida loyqalar strukturasi oson buziladi. Biroq vaqt o‘tishi bilan loyqalardagi suvli–kolloid bog‘lanishlar tiklanadi va zichlangan loyqa grunt mustahkamlanadi. Download 23.83 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling