G'afforova Muhammad ning jahon sivilizatsiyalar tarixi fanidan tayyorlangan slaydi
Download 1.16 Mb.
|
1 2
Bog'liqG\'afforova Muhammad WPS Office
Title text addition
Title text addition The user can demonstrate on a projector or computer, or print the presentation and make it film Tarixiy taraqqiyotning barcha bosqichlarida Misr sivilizatsiyasi o’ziga xos xususiyatlarga ega bo’lgan. Ilk podsholik davrida mamlakatni birlashtirish tugallangan va taxminan m.a. 3000 yilda Nil vodiysidayagona davlat vujudga kelgan. Bu voqea birinchi sulola asoschisi bo’lgan Menes (Mina) nomi bilan bog’liq. U Yuqori va Quyi Misr tutashgan strategik muhim nuqtada yangi poytaxt mustahkamlangan shahar Memfis shahriga asos soldi. Ilk podsholik davrida Misr I va II sulolalar tomonidan boshqarilgan. Ilk podsholik davrida sun’iy sug’orishning xo’jalik madaniyati asosida Misr sivilizatsiyasining iqtisodiy va siyosiy tizimlari shakllana boshlagan. Bu davr asosiy funksiyasi Nil vodiysida sug’orish ishini tashkil etish bo’lgan umummisr davlat aparati tashkil topish davri edi. Yuqori mahsuldor bo’lgan qishloq xo’jaligi moddiy madaniyatning taraqqiy etishiga asos bo’ldi. Hunarmandchilik rivoj topdi. Ilk podsholik davridayoq misrliklar papirus tayyorlashni bilishgan. Papirusning paydo bo’lishi sivilizatsiya rivojining asosiy omillaridan biri bo’lgan yozuvning keng tarqalishiga turtki bo’ldi. Misr tabiblari butun Old Osiyoga mashhur bo’lganlar. Bizgacha 10 tibbiyot papirusi etib kelgan. Tabiblar 100 ga yaqin kasalliklarni davolash usullarini bilganlar, qon aylanishi va yurak faoliyati to’g’risida bilimga ega bo’lganlar. Qadimgi Misr san’ati misrliklarning kundalik hayoti, ularning qadriyatlari va estetik qarashlarini aks ettiradi. Piramidalar Misr sivilizatsiyasining ramziga aylandi, shaharlarning paydo bo’lishi esa varvalik va sivilizatsiyaning chegarasi bo’lib xizmat qildi. Yirik madaniy markazlar bo’lgan Memfis, Fiva kabi shaharlar nafaqat boy moddiy madaniyatni, balki sivilizatsiyalashgan jamiyatining universal ma’naviy madaniyatini ham yaratdi. Misr sivilizatsiyasining qudrat, kuch va donishmandligini aks ettiruvchi Fivadagi Luksor va Karnak ibodatxonalari bugungi kungacha etib kelgan. Me’morchilikda fir’avnlarning piramida-qabrlari, ibodatxonalar qurish ustivor ahamiyat kasb etdi. Dahmalarning ikki xili: er usti dahmalari va qoyaga o’yilgan dahmalar keng tarqaldi. Piramida va dahmalar qurish uchun I-II sulola fir’avnlari dafn qilingan mastabalar namuna bo’lib xizmat qildi. III sulola fir’avni Joser uchun balandligi 60 m bo’lgan zinapoyasimon ilk piramida mastaba o’rnida qurildi. IV sulola fir’avni Xufu, Xafra va Menkaura piramidasini qoyadan o’yib yasalgan 20 metrlik sfinks qo’riqlab turibdi. Etiboringiz uchun rahmat! Download 1.16 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
1 2
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling