Gafur gulom hayoti va ijodi
XX asr o’zbek she’riyati antologiyasi. G’afur G’ulom
Download 84.12 Kb.
|
g`ofir
XX asr o’zbek she’riyati antologiyasi. G’afur G’ulomO‘zbek adabiyotining mashhur namoyandalaridan biri G‘afur G‘ulom 1903 yil 10 mayda Toshkent shahrining Qo‘rg‘ontegi mahallasida tavallud topdi. To‘qqiz yoshida otasidan, o‘n besh yoshida onasidan yetim qolgan G‘afur avval eski maktabda, so‘ngra rus-tuzem maktabida ta’lim oldi. U Oktyabr to‘ntarishidan keyingi yillarda muallimlar tayyorlov kursini bitirib, yangi maktablarda o‘qituvchilik qildi. 1923 yildan bolalar uyida mudir va tarbiyachi, so‘ng «Kambag‘al dehqon», «Qizil O‘zbekiston», «Sharq haqiqati» gazetalari tahririyatlarida ishladi. Gazeta uning uchun dorilfunun rolini o‘tadi, xalq hayotini o‘rganish, unga faol aralashish yo‘lida muhim vosita bo‘ldi. 30-yillarda G‘afur G‘ulom hikoya, ocherk, fel’etonlar qatori «Netay», «Yodgor», «Tirilgan murda» kabi qissalarini ham yaratdi. Urush yillarida shoir o‘z ijodining butun haroratini fashist bosqinchilariga qarshi kurashayotgan xalqqa bag‘ishladi, uning muqarrar g‘alabasiga ishonch ruhi bilan sug‘orilgan she’rlar yaratdi. U «Sen yetim emassan», «Kuzatish», «Vaqt», «Sog‘inish» kabi she’rlar, publitsistik ocherk va maqolalar yozib, xalqni jang va mehnat g‘alabasiga otlantirdi. G‘afur G‘ulom o‘zbek tarjima maktabining maydonga kelishiga ham ulkan hissa qo‘shgan. U «Otello», «Qirol Lir» singari jahon adabiyoti durdonalarini ^o‘zbek tiliga katta mahorat bilan o‘girgan. G‘afur G‘ulom O‘zbekiston Fanlar akademiyasining haqiqiy a’zosi (1943) edi. U 60 yillik yubileyi munosabati bilan «O‘zbekiston xalq shoiri» faxriy unvoniga sazovor bo‘lgan (1963). 2000 yilda esa Vatan oldidagi unutilmas xizmatlari uchun unga «Buyuk xizmatlari uchun» ordeni berildi. O‘zbek she’riyatining otashin jarchisi, ulkan so‘z san’atkori G‘afur G‘ulom milliy adabiyotimizning rivojiga katta hissa qo‘shgan adibdir. Adib 1966 yilda vafot ettan. SOG‘INISh Zo‘r karvon yo‘lida yetim bo‘tadek, Intizor ko‘zlarda halqa-halqa yosh. Eng kichik zarradan Yupitergacha O‘zing murabbiysan, xabar ber, Quyosh! Uzilgan bir kiprik abad yo‘qolmas, Shunchalar mustahkam xonai xurshid. Bugun sabza bo‘ldi qishdagi nafas, Hozir qonda kezar ertagi umid. Xoki anjir tugab, qovun g‘arq pishgan Baxtli tong otar chog‘ uni kuzatdim, Bir mal’un gulshanga qadam qo‘ymishkan, Joni bir jondoshlar qolarmidi jim! Unda yetuk edi meros mard g‘urur, Ostonani o‘pib, qasamyod qildi. Ukalarin erkalab, o‘zimday mag‘rur, Ya’ni obod uyimni u dilshod qildi… Iblisning g‘arazi bo‘lgan bu urush Albatta, yetadi o‘zin boshiga. O‘g‘lim omon kelar, g‘olib, muzaffar, Gard ham qo‘ndirmasdan qora qoshiga. Ne qilsa otamen, meros hissiyot… Jondan sog‘inishga uning haqqi bor, Kutaman, uzoqdan ko‘rinsa bir ot, Kelayapti, deyman ko‘rinsa g‘ubor. Bahor novdasida bo‘rtgan har kurtak Sog‘ingan ko‘ngilga berar tasalli. Ko‘chatlar qomatin eslatganidek, Nafasin ufurar tong otar yeli. Kechqurun osh suzsak bir nasiba kam, Qo‘msayman birovni — allakimimni, Doimo umidim bardam bo‘lsa ham, Ba’zan vasvasalar bosar dilimni. Balki bir g‘alat o‘q yo xavfu xatar Xazinai umrimdan yo‘qotdi olmos… Yo‘q, u o‘lmas, qadami olam yaratar, Hayotiy bu olam sizu bizga xos. Tong otar chogida juda sog‘inib, Bedil o‘qir edim, chikdi oftob. Loyqa xayolotlar chashmaday tindi, Pok-pokiza yurak bir qatra simob. O‘rog‘u gulqaychi, istak ko‘tarib, Hovrimni bosishga boqqa jo‘nadim. Hasharchi qo‘shni qiz — uning sevgani, Ma’yus bosar edi orqamdan odim. Bog‘da sarvinozim yo‘q edi garchand, Ko‘makchim arg‘uvon yoring Nafisa, Seni sog‘inganda qildim gul payvand — Bu bahordan hayot olardi bo‘sa. Dur bo‘lib taqilur yoring bo‘yniga, Sadafday ko‘zimda, behuda bu yosh. Ikkoving ikki yosh, labing labiga Qo‘yar, vasvasamdan kuladi quyosh. Asaldan ajragan mumday sarg‘ayib, Ini yo‘q aridek to‘zg‘iganim yo‘q. Ulug‘ e’tiqodda o‘laman qarib, Abaddir mendagi padariy huquq. Sizlarni keldi, deb eshitgan kuni — O‘zing to‘qib ketgan katta savatda To‘latib shaftoli uzib chiqaman, G‘alaba kunlari yaqin, albatta. Yayov, ko‘ksim ochiq, boshda shaftolu, Xuddi mo‘ylabingdek mayin tuki bor, Har bitta shaftolu misoli kulgu, Shafaqday nim pushti, sarin, beg‘ubor. Suyganing labida reza ter kabi Unda titrab turar sabuhiy shabnam. Munchalik mazani topa olmaydi Uyquda tamshangan chaqaloqlar ham. Yo o‘g‘lim, jonginang salomat bo‘lsin, O‘z bog‘ing, o‘z mevang, danagin saqla. Shu meros bog‘ingni o‘z qo‘lingga ol, Menga topshirilgan merosiy haq-la. Bog‘da tovus kabi xiromon bo‘lib, Umid danagini birga ekingiz, G‘olib kelajakni sayr qilaylik Mushfiq onaginang bilan ikkimiz. VAQT G‘uncha ochilguncha o‘tgan fursatni Kapalak umriga qiyos etgulik, Ba’zida bir nafas olg‘ulik muddat — Ming yulduz so‘nishi uchun yetgulik. Yashash soatining oltin kapgiri Har borib kelishi bir olam zamon. Koinot shu damda o‘z kurrasidan Yasab chiqa olur yangidan jahon. Yarim soat ichida tug‘ilib, o‘sib, Yashab, umr ko‘rib o‘tguvchilar bor; Ko‘z ochib yumguncha o‘tgan dam — qimmat, Bir lahza mazmuni bir butun bahor. Bir onning bahosin o‘lchamoq uchun Oltindan tarozu, olmosdan tosh oz. Nurlar qadami-la chopgan sekundning Barini tutolmas ay(yu)hannos ovoz. Yigit termiladi qizning ko‘ziga, Kiprik suzilishi, mayin tabassum… Qo‘sha qarimoqqa muhr bo‘ladi Hayotda ikki lab qovushgan bir zum. Yashash darbozasi ostonasidan Zarhal kitob kabi ochilur olam, Tiriklik ko‘rkidir mehnat, muhabbat, Fursatdir qilguvchi aziz, mukarram. Bebaho damlarning tirik joni biz, Har oni o‘tmishning yuz yiliga teng. O‘zbekning barhayot avlodlarimiz, Har nafas mazmuni fazolardan keng. Qatrada osmon aks etganidek Jahonday ma’nodor qorachig‘imiz. G‘olib asrimizga kuyoshdan mash’al, Zamon ko‘rasining so‘nmas cho‘g‘imiz. Zamona soati zang urar mudom, Minglab hodisalar minutlarga qayd, Qahramon tug‘ildi, shahar olindi, Bir gigant qurildi sharafli bu payt. Reyxstag ustiga g‘alaba tug‘in Qadashda otilgan adolat o‘qi — Yalt etgan umri-la barqaror qildi Basharning muqaddas, oliy huquqin. G‘alaba amri-la, mag‘lub nemisning Generali qo‘l qo‘ydi. Uch sekund faqat… Shu mal’un imzoda odamlar o‘qir Million yil fashistning umriga lan’at. Aziz asrimizning aziz onlari Aziz odamlardan so‘raydi qadrin. Fursat g‘animatdir, shoh satrlar-la Bezamoq chog‘idir umr daftarin. Shuhrat qoldirmoqqa Gerostratdek Diana ma’badin yoqmoq shart emas. Ko‘plarning baxtiga o‘zlikni jamlab, Shu ulug‘ binoga bir g‘isht qo‘ysak bas. Har lahza zamonlar umridek uzun, Asrlar taqdiri lahzalarda hal, Umrdan o‘tajak har lahza uchun Qudratli qo‘l bilan qo‘yaylik haykal. Hayot sharobidan bir qultum yutay, Damlar g‘animatdir, umrzoq soqiy. Quyosh-ku falakda kezib yuribdi, Umrimiz boqiydir, umrimiz boqiy. Download 84.12 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling