G‘alaba uchun yillar davomida harakat qilish lozim, ammo mag‘lubiyatga birgina g‘aflatning o‘zi kifoya
Amir Temurning Chin yurti tomon yurishi
Download 22.93 Kb.
|
temur
- Bu sahifa navigatsiya:
- Amir Temurning so‘nggi vasiyati
Amir Temurning Chin yurti tomon yurishi
Sohibqiron Amir Temur 1405 yilning 8 yanvarida 200 ming kishilik lashkar bilan Xitoy sari otlandi. O‘sha yili qish qattiq kelgan edi. Shunga qaramay, Sohibqiron qo‘shinga to‘xtovsiz harakat qilishni buyuradi. Amir Temur muzlab qolgan Sayhun (Sirdaryo) daryosidan o‘tayotganida, qishning sovuqligi shu darajada kuchli bo‘lganki, tarixchi Sharofiddin Al-Yazdiyning yozishicha, daryo ustidagi muzning qalinligi 2-3 tirsakka teng edi. Sovuqdan ko‘plab askarlarning quloq-yuz va burunlarini sovuq urib ketadi, ko‘plari esa sovuqdan halok bo‘ladilar. Amir Temur izg‘irinli sovuqda qo‘shiniga ruhiy dalda berish uchun sochini oldirib ustidan suv quyadi. Bu esa oxir-oqibat Sohibqironing qattiq shamollashiga olib keladi. Amir Temurning so‘nggi vasiyati 1405 yil 14 yanvar kuni Sohibqiron O‘tror shahriga yetib keladi va kutilmaganda betob bo‘lib, to‘shakda yotib qoldi. O‘limi yaqinlashayotganini sezgan Sohibqiron lashkar boshilarni va sultonlarni huzuriga chorlab shunday deydi. “Anglab turibmanki, ruh qushi qalb qafasidan parvoz qilmoqchi. Tangri taoloning dargohiga jonimni baxsh etyotibman. Sizlarni uning lutf-u marhamatiga topshirdim. Obi diyda qilib o‘tirmanglar, oh-u nola chekmanglar, chunki bundan foyda yo‘q. Ruhimni fotiha va takbir bilan shod etinglar”. 1992 yil nashr etilgan “Amir Temur o‘gitlari” to‘plamida Sohibqironing so‘nggi vasiyati keltiriladi. “Alhamdulilloh, Tangri taoloning yordamila ma’murayi olamni shunday zabt etdimki, bugun tamoman Eron-u Turonda biron kishining boshqalarning ishiga aralashish yoki jabr-u bepok qo‘lini bechoralarga ozor berish uchun ko‘tarishga majoli yo‘qdir. Gunohim qancha ko‘p bo‘lsa ham kechiringlar. Tangri taoloning mulkini beqiyos saxiylik bilan qo‘riqladim, zolimlarning taaruzli qo‘lini mazlumlarning hayot etagidan yulub tashladim. Saltanat qurib o‘ltirganimda, zo‘ravonning zaif ustidan zo‘ravonlik qilishiga yo‘l qo‘ymadim. Shunday bo‘lsa-da, dunyo menga vafo qilmadi, sizlarga ham vafo qilmaydi. Lekin zo‘ravonlikka monelik qilish, ishini kechiktirish mamlakatni xavf-u g‘avg‘o ostida qoldiradi, jumlayi xaloyiqning huzur-halovatini buzib, maslag-u tariqatning buzulishiga olib keladi. Qiyomat kuni buni bizdan so‘raydilar, surishtiradilar. Shu kundan e’tiboran farzandim Muhammad Jahongir Mirzoning o‘g‘li Pirmuhammadni o‘zimga valiahd va toj-u taxt vorisi etib tayinladikkim, Samarqand taxti uning amr-farmonida bulg‘ay. Tamkinlik va istiqlol bilan mulk-u millat, lashkar va raiyatning muhim yumushlari bilan mashg‘ul bo‘lsin. Sizlar esa unga tobe’lik va bo‘ysunish marosimini o‘rniga qo‘yinglar, uni birgalikda qo‘llab-qo‘ltiqlanglar, toki olam buzilmasin. O‘g‘illarim! Millatning ulug‘ martabasini, saodatini saqlamoq uchun sizlarga qoldirayotgan vasiyat va tuzuklarimni yaxshi o‘qing, aslo unutmang va tatbiq eting. Millatning dardlariga darmon bo‘lmoq vazifangizdir. Zaifalarni va yo‘qsillarni zolimlar zulmiga tashlamang. Adolat va ozodlik rahbaringiz bo‘lsin. Men kabi uzun saltanat surmak istasangiz, qilichingizni o‘ylab chekingiz. Bir daf’a chekgandan so‘ngra, uni ustalik ila qo‘llangiz. Orangizga nifoq tuxumlari ekilmasligi uchun ko‘p diqqatli bo‘ling. Ba’zi nodimlaringiz va dushmanlaringiz nifoq tuxumlarini sochib, bundan foydalanmakka shoshilajakdurlar. Faqat vasiyatimda sizga idora shaklini, uning ilkurlarini ko‘rsatdim. Bularga sodiq qolsangiz tosh boshingizga tushmas. Mendan so‘ng xoqon Pirmuhammad bo‘lajakdur. Onga, menga itoat etar kabi itoat etingiz”. Saroyda hozir bo‘lganlar nomidan amir Shohmalik va Shayx Nuriddin ulug‘ Amir Temurni so‘nggi oxirat yo‘liga jo‘natish oldidan uning vasiyatlarini so‘zsiz bajarish va unga amal qilishga va’da beradilar. 1405 yil 18 fevral kuni kechqurun buyuk saltanat sohibi Amir Temurning yuragi urushdan to‘xtaydi. Uning jasadi Samarqandga olib kelinib, o‘z vasiyatnomasiga ko‘ra pir-u ustozi Shayx Said Baraka xokining oyoq tomoniga dafn etiladi. Download 22.93 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling