Yodat kislotasining xossalari
Yodat kislotasining eritmasini tayyorlang va ikkita probirkaga quying. Ularning biriga kaliy yodid eritmasidan quying. Bunda qanday modda ajraladi? Reaksiya tenglamasini yozing.
Ikkinchi probirkaga temir (II) sulfat eritmasidan quying. Reaksiya tenglamasini yozing.
O‘tkazilgan tajribalar yodat kislotasining qanday xossasidan dalolat beradi?
Galogenlarning oksidlovchilik xossalarini solishtirish
1. Ikkita probirkaga 1 ml dan bromli va yodli suv, 2-3 ml suv quying va birnecha tomchi organik erituvchidan tomizing (uglerod tetraxlorid, xloroform, benzol va b.) va kuchli chayqating. Ustiga xlorli suvni tomchilatib soling va kuchli chayqataturib, organik erituvchi qavatidagi rangning o‘zgarishiga e’tibor bering. Reaksiya tenglamasini yozing.
2. Probirkaga bir tomchidan kaliy yodid va kaliy bromid eritmalaridan va 3-5 tomchi organik erituvchidan quying. Unga tomchilatib xlorli suv quying va chayqating. Organik erituvchi qavati rangining o‘zgarishiga e’tibor bering. Reaksiya tenglamasini yozing.
3. Ozroq bromat kislotasi eritmasini tayyorlang. Buning uchun kaliy bromatning to‘yingan eritmasidan 2-3 tomchisini 1-2 ml suyultirilgan sulfat kislotasi bilan aralashtiring. Reaksiya tenglamasini yozing.
Eritmaga kichkina yod kristallidan tashlang, probirkalarni bir necha marotaba chayqating, eritmani dekontatsiyalang (bir necha marta suv bilan yuving) va unga bir necha tomchi organik erituvchi quying. Nimani kuzatdingiz? Reaksiya tenglamasini yozing.
Galogenlarni galogenvodorodlardan, ularning tuzlaridan, kislorodli birikmalaridan bir-birlarini siqib chiqarish qatoriga joylashtiring va bu hodisalarni ularning elektronga moyilligiga ko‘ra tushuntiring. Galogenlarning elektronga moyilligi ularning atom massalarini ortishi bilan qanday o‘zgaradi?
Do'stlaringiz bilan baham: |