Galogenlar
Download 88.5 Kb.
|
Galogenlar
- Bu sahifa navigatsiya:
- 3. Xlorning vodorodli va kislorodli birikmalari
6KCl + K2Cr2O7 +7H2SO4 = 3Cl2 +Cr2(SO4 )3 + 4K2SO4 +7H2O
Xlor sarg’ish- yashil, o’tkir hidli, zaharli gazdir. Havodan 2,5 marta og’ir, 1 hajm suvda 2,3 hajm xlor eriydi. 00Сda, 400 kPa bosimda suyuqlanadi, ρ=1,57 g/sm3, tsuyuq=-340С, tqay=-1010C. Xlorli suv sovitilsa Cl2·6H2O, Cl2·8H2O tarkibli kristallogidratlar hosil bo’ladi. Xlor kimyoviy faol bo’lgani uchun metallar va metallmaslar bilan reaksiyaga kirishadi. Masalan: 2Al + 3Cl2 = 2AlCl3 + 1405 kDж 2Fe + 3Cl2 = 2FeCl3 + 804 kDж 2P + 3Cl2 = 2PCl3, 2P + 5Cl2 = 2PCl5 Si + 2Cl2 = SiCl4 + 185 kDж, H2 + Cl2 = 2HCl + 185kDж Xlor kislorod, azot va inert gazlar bilan reaksiyaga kirishmaydi, lekin xlor ko’pchilik murakkab moddalar bilan reaksiyaga kirishadi. Masalan: CH3 -CH3 +Cl2 ↦ CH3 -CH2Cl + HCl CH2 = CH2 +Cl2 ↦ CH2Cl -CH2Cl Xlor qizdirilganda o’zidan keyingi turgan galogenlarni birikmalaridan siqib chiqaradi: Cl2 + 2HBr = 2HCl + Br2 Cl2 + 2NaBr = 2NaCl + Br2 Cl2 + 2HJ = 2HCl + J 2 Cl2 + 2KJ = 2KCl + J 2 Xlor suv bilan reaksiyaga kirishib, xlorid va gipoxlorit kislotalarni hosil qiladi: Cl2 + H2O ↔ HCl+ HClO-25kDж 3. Xlorning vodorodli va kislorodli birikmalariVodorod xlorid laboratoriya sharoitida osh tuziga konsentrlangan H2SO4 ta'sir ettirib olinadi: NaCl + H2SO4 = HCl + NaHSO4 NaHSO4 + NaCl = HCl + Na2SO4 Sanoatda esa xlor va vodorod gazlarini yoqib olinadi: H2+Cl2 =2HCl. Vodorod xlorid o’tkir hidli rangsiz gazdir, havodan 1,3 marta og’ir, 00С da 1 hajm suvda 500 hajm vodorod xlorid erib, xlorid kislotani hosil qiladi. Xlorid kislota rangsiz suyuqlik bo’lib, nam havoda tutaydi, konsentrlangan eritmasi 37% -li bo’lib, zichligi 1,19 g/ sm3ga tengdir. Xlorid kislota kuchli kislota bo’lgani uchun metallar, asosli oksidlar, asoslar va ba'zi tuzlar hamda gazlar bilan reaksiyaga kirishib, xlorid kislota tuzlarini hosil qiladi. Xlorid kislota tuzlari. Xlorid kislota me'da shirasi tarkibida bo’lib, u ovqat hazm qilish, fermentlar faoliyatini me'yorida ushlab turishga xizmat qiladi. Natriy xlorid- NaCl osh tuzi qonning osmotik bosimi doimiy bo’lishini hamda eritrotsitlar faoliyatining me'yorida saqlanishini ta'minlaydi. Kaliy xlorid-KCl kaliyli o’g’it, bariy xlorid- BaCl2∙2H2O qishloq xo’jaligida insektitsid (zararli hashoratlarga ishlatiladigan kimyoviy moddalar) modda sifatida, simob (II)- xlorid- HgCl2- urug’larni dorilashda, rux xlorid- ZnCl2 -yog’och materiallarini dizenfeksiya qilishda, alyuminiy xlorid- AlCl3 Fridel-Krafts reaktsiyasi uchun katalizator sifatida, kumush xlorid- AgCl fotografiyada, kalsiy xlorid- CaCl2 tibbiyotda ishlatiladi. Xlorning kislorodli birikmalari. Xlor bilan kislorod bevosita birikmaydi, lekin bilvosita yo’llar bilan xlorning Cl2O(I)- oksid, ClO2- xlor (IV)- oksid, Cl2O6-xlor (VI), Cl2O7-xlor (VII)-oksidlari olingan. Xlor(I)- oksidi yoki gipoxlorit angidridi, sarg’ish - jigar rang, qo’lansa xidli, gazdir. U salgina isitilsa yoki biror moddaga tegib ketsa darxol portlaydi. Simob (II)- oksidiga 00С haroratda xlor ta'sir ettirib olinadi, xona haroratida esa parchalanib ketadi: Xlor (I)- oksidi ishqorlar, suv bilan reaksiyaga kirishib gipoxlorit kislotasini va uning tuzlarini hosil qiladi: Download 88.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling