Gametogenez va jinsiy hujayralarning tuzilishI. Urug`lanish jarayoni. Tayanch tushunchalar


Download 73.91 Kb.
bet5/6
Sana31.01.2024
Hajmi73.91 Kb.
#1830863
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Gametogenez va jinsiy hujayralarning tuzilishI. Urug`lanish jara-www.hozir.org

Urug‘lanish
Hayvonlarda va odamlarda embrional taraqqiyotni 4 davrga bo‘lib o‘rganiladi:
1. Urug‘lanish davri– zigotaning hosil bo‘lishi bilan tugaydi.
2. Maydalanish davri – blastula yoki homila pufagining hosil bo‘lishi bilan tugaydi.
3. Gastrulyatsiya davri.
4. Organogenez va gistogenez. To‘qima va organlarni, shuningdek, homila qobiqlari yoki muvaqqat organlarning hosil bo‘lishi.
Ko‘pgina biologik omillarning birgalikdagi ta’siri erkak va urg‘ochi jinsiy hujayralarning qo‘shilishini ta’minlaydi. Har ikkala organizmda jinsiy hujayralarning hosil bo‘lishi bir vaqtda ro‘y berishi lozim. Ayrim organizmlarda kopulyatsiyaning o‘zi tuxum hujayrasining tuxumdondan chiqishi (ovulyatsiya) ni ta’minlab beradi. Tashqi urug‘lanish jarayonida ko‘pgina suv jonzotlarining urg‘ochilari tuxumlarini suvga qo‘ysa, erkagi millionlab spermatozoidlarni shu suvga sochadi. Salamandralarning erkaklari esa spermatozoidlarning to‘pini suv havzasi tubiga qo‘yadi, urg‘ochisi esa ana shu to‘plamni kloakasi bilan qabul qilib oladi. Ichki urug‘lanuvchilar (sutemizuvchilar) da o‘ta ko‘p spermatozoidlar urg‘ochi organizm jinsiy yo‘liga to‘kiladi. Spermatozoidlar sonining bunday ko‘p bo‘lishi, ularning saqlanishi uchun muhit yaratishga, ya’ni tushgan joyidagi kislotali sharoitni ishqoriy darajaga keltirishga, hamda o‘zga organizmdagi immun ta’sirning bo‘lmasligini ta’minlaydi. Bundan tashqari shu spermatozoidlardan har jihatdan mukammal bo‘lganlari tuxum hujayrasiga yetib boradi. Spermatozoidlar urg‘ochi jinsiy yo‘lining ma’lum darajadagi suyuqligiga qarshi (reotaksis) va tuxum hujayra joylashgan tuxum yo‘li tomon, tuxum hujayrasining taxassus moddasini sezgan holda (ximotaksis) 2–4 mm/min. tezlikda harakat qiladi. Spermatozoidning siljishi faqat o‘zining harakati tufayligina bo‘lmasdan, bachadon va tuxum yo‘llari mushaklarining qisqarishi hisobiga ham ro‘y beradi.
Spermatozoid ayol jinsiy yo‘lida 1–2 kunga qadar urug‘lantirish xususiyatini saqlab qoladi. Spermatozoidlarning hayotiyligi ular joylashgan muhitga bog‘liq. Muzlatilgan sharoitda spermatozoidning barcha xususiyatini saqlab kolish mumkin. Shu usulda, naslchilikda, sun’iy urug‘lantirish maksadida, spermato­zoidlar tashiladi. Muzlatish yo‘li bilan spermatozoidlarning tiriklikdagi xossalarini saqlab qolish, kriobiologiya usulini qo‘llash odam spermatozoidlarini uzoq muddatga asrash va kelajakda undan amaliy tibbiyot sohasida foydalanish imkonini yaratadi. Sutemizuvchilarda urug‘lanish bachadon nayining yuqori (1/3) qismida ro‘y beradi.
Tuxum hujayraning bitta spermatozoid bilan urug‘lanishiga monospermiya, ko‘p spermatozoidlar bilan urug‘lanishiga polispermiya deyiladi.
Polispermiya telolesital tuxum hujayrali hayvonlarda uch­raydi. Lekin polispermiya ro‘y bergan taqdirda ham tuxum hujayra bilan faqat bitta spermatozoid qo‘shiladi, qolganlari esa telolesital tuxumning vegatativ qutbiga o‘tib, sariqliqning qayta so‘rilishida (rezorbsiyada) va sariqlik endotermasining hosil bo‘lishida ishtirok etadigan merotsit hujayralarga aylanadi.
Urug‘lanish jarayonida 2 ta faza farq qilinadi: 1) urug‘lanishning tashqi fazasi; 2) urug‘lanishning ichki fazasi. Urug‘lanishning tashqi fazasi spermatozoidlarning tuxum hujayraga intilishi va tuxum hujayrada qabul qiluvchi do‘mboqchalarning hosil bo‘lishi bilan ifodalanadi. Effektiv (chaqqon) spermato­zoidlarning bittasi bu do‘mboqchaga yetib borib, unga yopishib oladi. Spermatozoid tuxum hujayraga tekkan zahoti spermatozo­id boshchasining akrosomasidagi gialuronidaza fermenti ta’sirida follikulyar hujayralar orasidagi va tuxum hujayra qobig‘idagi glikozaminoglikan erib ketadi. Spermatozoid boshchasi, bo‘yni va tanasi tuxum hujayraga kirib, dumi tashqarida qoladi.

Urug‘lanishning ketma-ket bosqichlarining sxematik tasviri. A – spermatozoidning tuxum hujayrasiga yaqinlashishi; B – spermatozodning bosh va bo‘yin qismini kirishi; V – yadrolarning qo‘shilishi; G - maydalanishni boshlanishi: 1–tuxum hujayra yadrosi; 2– spermatozoid yadrosi; 3– qo‘shilish burtiqchasi; 4–sentriolalar (hujayra markazi); 5–tuxum hujayra xromosomalari; 6- spermatozoid xromosomalari; 7 – ayol pronukleusi; 8 - erkak pronukleusi.


S permatozoid tuxum hujayraga kirgach, kortikal gra­nulalar boshqa spermatozoidlarning kirishiga to‘sqinlik qiluvchi urug‘lanish qobig‘ini hosil qiladi. Polispermiyada esa sariqlik pardasi bilan tuxum hujayra qobig‘i orasida sariqlik bo‘shlig‘i hosil bo‘lib, bu yerda sariqlik membranasidan o‘tgan spermatozoidlarning bir qismi halok bo‘ladi. Shu davrdan boshlab urug‘lanishning ichki fazasi boshlanadi va quyidagicha ta’riflanadi: hujayraning yadrosidan iborat bo‘lgan spermatozoidning boshchasi sitoplazmaga kirganidan so‘ng shishadi va tuxum hujayraning yadrosiga nisbatan 180° ga buriladi. Natijada, sperma­tozoidning sentrosomadan iborat bo‘lgan bo‘yni oldinda bo‘lib qoladi va tuxum hujayrasining yadrosi tomon harakatlanadi.
Urug‘lanish jarayonda spermatozoid o‘zidan ancha katta bo‘lgan tuxum hujayra bilan qo‘shiladi. Pronukleus deb ataladigan spermatozoid va tuxum hujayra yadralari somatik hujayralarniki kabi xromasomalarning diploid naborini tiklash maqsadida bir biriga qarab harakatlanadi va o‘zaro qo‘shiladi. So‘ng ko‘p hujayrali organizmni hosil qilish uchun diploid hujayra ko‘p marta mitoz usulida bo‘linadi.4
Sentrosoma atrofida axromatin to‘ri hosil bo‘ladi. Tuxum hujayraniig yadrosi ham shishadi va spermatozoidning yadrosi to­mon harakatlanadi, ikki yadro birlashib, zigota deb ataluvchi urug‘langan tuxum hujayra hosil bo‘ladi. Shunday qilib, urug‘lanpsh jarayonida spermatozoid tuxum hujayraga ota organizmining irsiy belgilarini saqlovchi yadrodan tashqari sentrosoma va mitoxondiyalarni ham olib kiradi. Shundan so‘ng embrional taraqqiyotning ikkinchi bosqichi – maydalanish boshlanadi.

Download 73.91 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling