Gap bo'iaklari


Kesimning ega bilan moslashuvi


Download 95.5 Kb.
bet3/9
Sana20.09.2023
Hajmi95.5 Kb.
#1682242
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
gap bo\'laklarining tartibi

Kesimning ega bilan moslashuvi


Kesim egaga tobe bo'lak bo'lgani uchun ko'p hollarda shaxs va sonda moslashadi. Masalan: Biz huquqiy demokratik jamiyat qurmoqdamiz. U anchagacha jim o'tirdi . Birinchi gapda kesim egaga tobe muvofiq 1 shaxs birlikda, ikkinchisida esa III shaxs birlikda ishlatilgan. Ammo o'zbek tilida kesimning ega bilan son jihatidan mos bo'lishi III shaxsning ko'pligida shart emas, ega III shaxsning ko'plik shaklida bo'lib, kesim III shaxsning birlik shaklida ham keladi. Masalan: Hamma chapak chalib yubordi. (M. Is.) Talabalar ta 'tilga chiqdi.
Ba'zan ega birlik shaklda kesim esa hurmat ma'nosini bildirish uchun ko'plik shaklda bo'lishi ham mumkin. Masalan: Oyim keldilar. Dadang aytdilar.
Kesim sifat, son, kabi turkumlar bilan ifodalanganda ega ko'plik shaklda bo'lsa ham, kesim birlik shaklda bo'ladi. Masalan: Ular she'ri uchdi ko'p yiroq(A. 0.)
Agar ega jamlik ma'nosini bildiruvchi so'z bilan ifodalansa. kesim odatda birlik shaklda keladi. Masalan: Jamoa yig'ildi. Studentlar darsga kirdi.
Takrorlash uchun savol va topshiriqlar

  1. Gap bo'laklari deb nimaga aytiladi?

  2. Gapning bosh bo'laklari qaysilar?

  3. Egani ta'riflang? Uning grammatik ma'nosi nima?

  4. Ega qanday so'zlar bilan ifodalanadi?

  5. Kesim deb nimaga aytiladi?

  6. Kesim qaysi so'z turkumlari bilan ifodalanadi?

Amaliy mashqlar
1. Gap egasini topish va uning qaysi so'z turkumi bilanifodalanishini ko'rsatish.

  1. Kesimni topib, turini ifodalanishini aniqlash.

  2. Ega bilan kesimning mosligini ko'rsatish.

Masalan: U bahorni kutdi intizor. (U.A.) U—ega, olmosh bilan ifodalangan, kutdi—kesim, fe'l bilan ifodalangan, fe'l kesim. ega bilan kesim III shaxs, birlik sonda moslashgan.
46-mashq. O'qing.Har bir gapdagi egani aniqlang, so'rog'i qaysi so'z turkumi bilan ifodalanganini ayting.
Bulut ko'kda urar charx,
Maysalar nish otar.
Quyosh tansiq nurini,
Sochib- sochib botadi.
2. Holi polvon ko'zlarini ochib. quloq'larini dikkaytirib, boygaquloq solmoqda edi. (S.A.) 3. Samovar senga yoqdimi, axir? (A.Q.)4. Tinchlik xalqlarimizning azaliy orzusidir. (Gazetadan.) 5. G'oya - inson tafakkurming mahsuli. (Milliy istiqlol g'oyasi kitobidan.) 6.0smonlarni to'ldirib samolyot uchib o'tdi. (Qo'shiq.) V.Yigitining-sarasi mard bo'lur. (Maqol.) 8. Har kimki yomon bo'lsa, jazo topqusidur. (Bobur.) 9. Tirishgan tog'dan oshar. (Maqol.) 10. Qi-mirlagan qir oshar. (Maqol.)
47-mashq. O'qing. Kesimlarni aniqlang, so'rog'I, turini ko'rsating. 1. Hali bugun ro'yi jahon she'r bo'lajak (U.A.) 2. Yo'l-chi oshxonaga kirdi (0.) 3.Yaxshining gapi moy, yomonning gapi loy (Maqol.) 4. Yer suygan - elda aziz (Maqol.) 5.Bu vatanning sevgan o'g'li -biz. (Gazetadan.) 6. Talabalar som - yigirmata. 7. Kurashmoq - o'rnak bo'lib yashamoq (M.)
48-mashq. Ushbu she'riy parchadagi bosh bo'laklarni aniqlang?
Farzand guldir ona bir bo'ston,
Shuning bilan olam guliston.
Naylayki ilojim yo'q, har go'shada yig'larman,
Tor o'ldi Xaziniyga Farg'ona tong otguncha.
(Xaziniy)

Download 95.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling