Gap bo'iaklari


Bo‘laklarga ajratilmaydigan gaplar


Download 182.69 Kb.
bet13/14
Sana30.01.2024
Hajmi182.69 Kb.
#1815879
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14
Bog'liq
Gap bo‘laklari

Bo‘laklarga ajratilmaydigan gaplar


Avvalo, sodda gaplar bo‘laklarga ajralish-ajralmasligiga ko‘ra ikki turli: bo‘laklarga ajraladigan gaplar va bo‘laklarga ajratilmaydigan gaplar bo‘ladi.
Bosh va ikkinchi darajali bo‘laklarga ajraladigan gaplar bo‘laklarga ajratiladigan gap deyiladi. Tarkibidagi ega va kesim bo‘laklarni ajratib bo‘lmaydigan gaplar bo‘laklarga ajratilmaydigan gaplar deyiladi.
Bo‘laklarga ajratilmaydigan gaplar dialogik nutqda qo‘llanadi va ko‘rinishi quyidagicha:

  1. Tasdiq yo inkorni: Mayli, xo‘p, yaxshi, yo‘q.

  2. So‘roqni: Rostmi? Bo‘ptirni?.

  3. Rasm-odatni: Omonlik. Sog‘lik. Assalom.

  4. Tahsinni: Balli. Ofarin. Rahmat.

  5. Buyruqni: Bas. Jim.

  6. His-hayajon: Eh. Uf. Voydod.

Atov gaplar o‘ziga xos ohang bilan aytiladi va yozuvda atov gaplardan keyin nuqta qo‘yiladi. Kuz izg‘irin shabada hushtak chalib turibdi. (I. R.)
Agar atov gapda his-hayajon kuchli bo‘lsa unda atov gaplardan keyin undov belgisi qo‘yiladi. Tog‘lar! Purvuqor tog‘lar.24

So‘z—gaplar haqida tushuncha


Og‘zaki nutqda ha, yo‘q so‘zlari va undovlar bilan ifodalangan so‘z-gaplar ham uchraydi. Bunday gaplar sodda gaplarning alohida bir ko‘rinishi sanaladi.
Ha so‘z-gapi tasdiqni. yo‘q so‘z-gapi esa inkorni bildiradi. Yozuvda bunday, so‘z-gaplarning oxiriga ohangiga qarab nuqta, undov yoki ko‘p nuqta qo‘yiladi. Masalan:
—Bugun darsga keldingmi?
—Ha. —Yo‘q. Kechqurun teatrga borasanmi?
—Ha! —Yo‘q! —Ha,—boraman.

To‘liq va to‘liqsiz gaplar


Zarur bo‘laklarning to‘la ifoda etilishi yoki tushib qolishiga qarab sodda gaplar ikkiga bo‘linadi.
Ifoda qilinayotgan fikrni bayon qilish uchun zarur bo‘lgan bo‘laklarning barchasi qatnashgan gap to‘liq gap deyiladi. Masalan:
Biz bu yil universitetni tugatamiz. Bu gapda hamma zaruriy -ega, kesim va ikkinchi darajali bo‘laklar mavjud.
Aytilayotgan fikrni ifoda qilish uchun kerakli bo‘lgan bo‘laklarning bir qismi tushirilgan gap to‘liqsiz gap deyiladi. Lekin bu tushirilgan bo‘lak oldingi gapdan anglashtirilib turadi.25
Ilgari qaerda ishlagan edilar? (To‘liq gap.)
—Dastavval Surxondaryoda. (To‘liqsiz gap.)
Kecha ishga bordingmi? (To‘liq gap.)
—Bordim. (To‘liqsiz gap.)
Siz bu yerlarda oldin ham bo‘lganmisiz? (To‘liq gap.)
—Yo‘q. (To‘liqsiz gap.)
To‘liqsiz gaplar dialogik nutqda ko‘p uchraydi.
Xulosa
Darhaqiqat, o‘zbek tiliga davlat tili maqomining berilishi, uning hamma sohalarda mustaqilligining ta‘minlanishi bilan o‘zbek tiliga qiziqqan barcha kishilarning tilning ichki tomoni – fonetik, leksik, frazeologik, grammatik xususiyatlarini o‘rganish bilan birgalikda, uning amaliy tomoni, til birliklaridan qanday foydalanish masalasini o‘rganish ham muhim ahamiyatga egaligi o‘z isbotini ko‘rsatmoqda. Tilda so‘zlovchining tinglovchiga bo‘lgan ekspressiv munosabatini ifoda etuvchi bir talay vositalar mavjud. Frazeologizmlar nominativ va qo‘shimcha (kesatish, jirkanish, nafrat, so‘kish, qarg‘ish singari salbiy; erkalash, hazil, rag‘batlantirish kabi ijobiy) ma‘no – munosabat aks ettiruvchi nutqiy birliklardir.
Gapning ham asosida, avvalo, so‘z yotadi. Zero, gapning asosidagi atov birligi voqelangan leksemalardir. Leksemalarning guruhlanishida ham yetakchi omillardan biri sifatida ularning sintaktik imkoniyatlari yotishi bejiz emas. Shu boisdan tilshunoslikda gap bo‘laklari va so‘z tushunchalari munosabati ustuvor masalalardan bir sifatida qaraladi. Gap bo‘laklari turli mustaqil so‘z turkumlari bilan ifodalanaveradi. Biroq har bir gap bo‘lagi uchun ma‘lum bir so‘z turkumi ko‘proq xoslangan bo‘ladi - semantik va grammatik xossalari bilan ma‘lum bir gap bo‘lagi vazifasiga mos so‘zlar bor. Masalan, «kesim vazifasida kelish uchun ko‘proq fe‘l xoslangan»(I.I. Meshchaninov.) Ega, to‘ldiruvchi vazifasiga, asosan, ot va ot vazifasidagi so‘zlar keladi. Bu so‘z turkumlarining umumiy ma‘noviy tabiati va grammatik xususiyatlari bilan belgilanadi. Masalan, ot turkumi ko‘proq tobe bo‘lak (ega, to‘ldiruvchi, aniqlovchi) vazifasida kelganligi bois tobelvchi vosita bo‘lgan kelishik qo‘shimchalari faqat otga, kesim vazifasida ko‘proq fe‘l kelganligi bois kesimlik shakllari faqat unga xosdek tasavvur uyg‘otadi. Bu turkumlarning qaysidir vazifaga ko‘proq xoslanganligi bilan belgilanadigan «aldamchi» tasavvurlardir.
Aytilganlar asosida shunday pirovard xulosaga kelish mumkin: har bir so‘z turkumi muayyan gap bo‘lagi vazifasiga ko‘proq hoslangan bo‘lsa-da, bu vazifada boshqa turkum so‘zlari ham kelaverganligi kabi, ma‘lum vazifaga xoslanganlik uni nutqda boshqa mavqe egallashdan mahrum qilmaydi. Shu boisdan so‘zning qaysi turkumga xosligini belgilashda uning qaysi gap bulagi vazifasida kelishi nisbiy, barqaror bo‘lmagan asos vazifasini o‘taydi.
Gapning shakllanishida morfologik omil. Gapni so‘z, so‘z birikmasidan farqlovchi belgi uning maxsus morfologik ko‘rsatkich - kesimlik qo‘shimchalari bilan shakllanganligidir. Zero, eng «kichik» gap morfologik shakllangan atov birligidir. Misollar: O‘qituvchiman. Ishladim. Bu «kichik» gaplar atov birligi (o‘qituvchi, ishla) dan mahrum etilsa, bu o‘z holicha hech qanday qiymat kasb etmaydigan morfologik shakl - (-dim) qoladi. So‘z birikmasida shu hol yuz beradi. Biroq mazkur gaplar morfologik shakldan ajratilsa, tilning boshqa sathi birliklari (so‘z, SB) dan farqlanmay qoladi. Demak, kesimlik shakli bamisoli qaratqich va tushum kelishiklari ravishdagi qo‘shimchalari kabi gapda asosiy sintaktik vazifa - kesimni shakllantirishga ixtisoslashgan shakldir. Vositasiz to‘ldiruvchi vazifasidagina kelish tushum kelishigi shakli uchun qanchalik qat‘iy va xususiy bo‘lsa, «kelay», «o‘qituvchiman» kabi nutqiy birliklaridagi morfologik shakllar uchun kesimni shakllantirish shunchalik qat‘iy va xususiydir.


Download 182.69 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling