Gap bo‘laklari. Gap kengaytiruvchilari haqidagi nazariy qarashlar tahlili
Download 17,33 Kb.
|
3 Gap bo‘laklari. Gap kengaytiruvchilari haqidagi nazariy qarashlar tahlili
- Bu sahifa navigatsiya:
- Topshiriq.
- Gap bo‘laklari tahlili tartibi
- NAMUNA .
Gap bo‘laklari. Gap kengaytiruvchilari haqidagi nazariy qarashlar tahlili Quyidagi nazorat savollari asosida mavzu bo‘yicha egallagan bilimlaringizni yodga oling hamda umumlashma xulosalar chiqaring. 1-variant.
2-variant.
3-variant.
Quyidagi nazorat savollari asosida mavzu bo‘yicha egallagan bilimlaringizni yodga oling hamda umumlashma xulosalar chiqaring. 1-variant.
2-variant.
3-variant.
Topshiriq. Berilgan gaplarni gap bo‘laklari bo‘yicha sintaktik tahlil qiling: 1-variant. 1. Bir mahal tayoq ko‘tarib asta-sekin chiqib kelayotgan oyimga ko‘zim tushib qolsa bo‘ladimi? (X.To‘xtaboyev) 2. Navkar aytilgan joyga borib otdan tushdi va jiyron qashqasini sekin yetakladi. (P.Qodirov) 3. Bu suv yerning sho‘rini oshirib yuborishiga shubha yo‘q. (O.Yoqubov) 4. Men do‘konga yugura kirib voqeani aytdim. (A.Qahhor) 2-variant. 1. Oilam bo‘lsaki, oldimga bir kosa iliq qo‘ysa! (O‘.Hoshimov) 2. Birortasining nomini aytsa ekan, sovchilikka borsam. (S.Ahmad) 3. Ularning nimaga aqli yetibdiki, bu ishga aqli yetadi. (O.Yoqubov) 4. Ot oldingi oyoqlarini loyga botirib tumshug‘ini suvga tiqdi. (S.Ahmad) 3-variant. 1. Felyeton yozish-yozmaslik har kimning shaxsiy ishi. (O‘.Hoshimov) 2. Bir to‘p otliqlar mashqni chinor soyasida turib kuzatmoqda edilar. (P.Qodirov) 3. Domla eshikni qarsillatib yopdi-da, boshi aylanganday bo‘lib devorga suyandi. (O.Yoqubov) 4. Quyosh botib, poyonsiz cho‘l birdan huvillab qoldi. (S.Ahmad) Gap bo‘laklari tahlili tartibi: 1.Gapning bosh bo‘laklari aniqlanadi: a) kesim, uning ifodalanishi, grammatik shakli, so‘rog‘i, ma’nosi, turi: fe’l-kesim (sodda, murakkab), ot-kesim (sodda, sostavli, murakkab) ko‘rsatiladi; b) ega, uning ifodalanishi, grammatik shakli, so‘rog‘i, tuzilishi (sodda, murakkab) qayd etiladi.
a) hol, uning ifodalanishi, grammatik shakli, so‘rog‘i, turlari, (ravish, o‘rin, payt, sabab, maqsad, miqdor-daraja hollari), tuzilishi (sodda, murakkab), qaysi gap bo‘lagiga bog‘langanligi ko‘rsatiladi; b) to‘ldiruvchi va uning ifodalanishi, grammatik shakli, so‘rog‘i, qaysi gap bo‘lagiga bog‘langanligi, turi: kelishikli yoki ko‘makchili; vositali yoki vositasiz to‘ldiruvchiligi, vositasiz to‘ldiruvchilarning belgili yoki belgisiz kelishik shaklida bo‘lishi, tuzilishiga ko‘ra turi (sodda yoki murakkab) belgilanadi; s) aniqlovchi, uning ifodalanishi, grammatik shakli, so‘rog‘i, belgi yoki qarashlilik bildirishiga ko‘ra turi (sifatlovchi yoki qaratqich aniqlovchi ekanligi, qaratqich aniqlovchilarning belgili yoki belgisiz kelishikli shaklda bo‘lishi, ularning moslashishi, grammatik holati), aniqlovchining qaysi gap bo‘lagiga bog‘langanligi, tuzilishiga ko‘ra turi (sodda yoki murakkab) ko‘rsatiladi. NAMUNA. Oilam bo‘lsaki, oldimga bir kosa iliq qo‘ysa! (O‘.Hoshimov) bo‘lsaki – kesim, nima bo‘lsa? so‘rog‘iga javob bo‘ladi, fe’l bilan ifodalangan, hozirgi zamon, 3-shaxs, birlik shaklida, sodda fe’l kesim; oilam – ega, kim? so‘rog‘iga javob bo‘ladi, ot bilan ifodalangan, bosh kelishik, 1-shaxs egalik affiksini olgan, birlikda, kesimga tobelangan, sodda ega; qo‘ysa – kesim, nima qilsa? so‘rog‘iga javob bo‘ladi, fe’l bilan ifodalangan, hozirgi zamon, 3-shaxs, birlik shaklida, sodda fe’l kesim; iliq – ega, nima? so‘rog‘iga javob bo‘ladi, otlashgan sifat bilan ifodalangan, kesimga tobelangan, sodda ega; bir kosa – aniqlovchi, qancha? so‘rog‘iga javob bo‘ladi, son + hisob so‘z bilan ifodalangan, egaga tobelangan, birikmali sifatlovchi aniqlovchi; oldimga – hol, qayerga? so‘rog‘iga javob bo‘ladi, ot bilan ifodalangan, 1-shaxs egalik affiksini qabul qilgan, birlik shaklda, o‘rin holi, kesimga tobelangan, sodda hol. Download 17,33 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling